Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.7K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#yashil_makon

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasidagi “Yashil makon” umummilliy loyihaga barcha oʻz hissasini qoʻshish harakatida. Jumaladan, bugun tumanimiz markazidagi “Jagʻalbayli” MFY oqila ayollari mahalladagi Farovon va Sofdillik koʻchalariga 150 tup archa koʻchatlarini oʻtkazdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Etakchining_ish_kuni

🎞Yoshlar ishlari agentligi Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimining mahallalardagi vakili “Hosildor” MFY yoshlar yetakchisi Tohirjon Nishonovning ish jarayonidan tayyorlagan videoroligi
#kun_tartibi

Yana sifatsiz qurilishlar muhokamasi: kasbning barakasi — halollikda emasmi?

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Talimda_hamkorlik

Oqqo‘rg‘on tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 11-sonli IDUMda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi, ta`lim menejmenti kofedrasi dotsenti Sh.P.Po‘latov hamda ushbu oliygoh ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i B.I.Xoldarov, Oqqo‘rg‘on tumani Xalq ta`limi bo‘limi mudiri M.Tojiboyev ishtirokida "Ta`lim menejmenti yohud ta`lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishga innovatsion yo‘ndashuv " mavzusida dotsent Sh.P.Po‘latov yozgan o‘quv qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda tuman XTBga qarashli maktab direktorlari hamda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashdi.

Tadbir yakunida muallif dotsent Sh.P.Po‘latov mazkur o‘quv qo‘llanmani Xalq ta`limi bo‘limi xodimlariga hamda barcha maktab direktorlariga ish faoliyati davomida doimiy ravishda foydalanishlari uchun sovg‘a qildi.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2022_yil_1_dekabrdan

❗️Subsidiya olish uchun arizani tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko'rib chiqish bekor qilinadi

☑️ Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan YOshlar ishlari agentligi bo'lim boshlig'i va aholi bandligiga ko'maklashish markazi direktorlari chiqariladi.

🏢 SHuningdek, subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko'maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, YOshlar ishlari agentligi bo'limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko'rib chiqish tartibi bekor qilinadi.

➡️ Bunda mazkur tashkilotlarning ma'lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:

▫️yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

▫️olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Dayjest yoshlar kundaligi (2)
<unknown>
#дайжест

25 ноябрь ҳафтанинг жума куни. Вилоятимиз ёшлари ҳаётида қандай янгиликлар бўлди?

🏢Тошкент давлат аграр университети. Маданият саройида “Қувноқлар ва зукколар” ўйинининг вилоят минтақавий босқичи бўлиб ўтди. Унда 1-ўринни Қибрай тумани “Янги Қибрай юлдузлари” жамоаси қўлга киритди.

🏢Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети. Олийгоҳда паралимпия ўйинларининг 13 карра ғолиби, 18 карра жаҳон чемпиони, 43 карра Европа ғолиби,Россияда хизмат кўрсатган спорт устаси Рима Баталова меҳмон бўлди.

📍Нурафшон шаҳри. Президент мактабида  "Заковат" интеллектуал ўйини ташкил этилди.  Унда ихтисослаштирилган мактаблар  жамоалари билимини синовдан ўтказди.

📍Тошкент тумани. ИИБ ходимлари мактабларда  пиёдалар иштирокидаги ЙТҲнинг олдини олиш, ҳаракатланиш маданиятини шакллантиришга қаратилган тарғибот ишларини ўтказди.

📍Оққўрғон тумани. Халқ таълими бўлимига қарашли 11-сонли ИДУМда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг  доценти "Таълим менежменти ёҳуд таълим муассасасини илмий-методик бошқаришга инновацион ёндашуви " мавзусидаги ўқув қўлланмасининг тақдимоти бўлиб ўтди.

📍Қибрай тумани. ЙПХ ва ИИБ ходимлари томонидан 2- ва 10-умумтаълим мактаблари ўқувчилари билан профилактик суҳбатлар ўтказилди.

📍Бекобод шаҳри. "Баркамол авлод" болалар мактабида "Халқ таълими соврини" кўрик-танловининг шаҳар босқичи ўтказилди. Якунда "Бичиш-тикиш" тўгараги аъзоси Д.Салоҳиддинова ғолиб деб топилиб, вилоят босқичига йўлланма олди.

📍Бўка тумани. Туман ҳокимлиги ташаббуси билан ногиронлиги бўлган оила фарзандларининг 14 нафарига суннат тўйи ўтказиб берилди.

📍Олмалиқ шаҳри. 8-сон Болалар мусиқа ва санъат мактабида “Санъатим сенга, обод юртим!” деб номланган ҳисобот концерт дастури бўлиб ўтди.

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2022_yil_1_dekabrdan

🏫 Taekvondoni ta'lim muassasalari hamda yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqish ishlari amalga oshiriladi.

☑️ Shuningdek, ta'lim muassasalari, mahallalarda taekvondo bo'yicha to'garaklarni tashkil qilinib, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug'ullanish xarajatlarini qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Toshkent viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanali ishga tushdi.

Mazkur kanalda:

– Ko‘p kvartirali uylarda xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalarini (BSK) bugungi kunda amalga oshirilayotgan rejali ishlari;

– Issiqlik taʼminoti sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar yoritib boriladi.

Toshkent viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatiga oid muhim xabarlarni mazkur kanalda kuzatib boring:

👉 @toshvil_jko
Айни дам, Тошкент вилоятининг деярли барча ҳудудларида об-ҳаво ўзгариши ва йўлларда кўриниш чекланиб, қуюқ туман тушганлиги кузатилмоқда.

Барча ҳайдовчиларни огоҳликка, пиёдаларни эса автомобиль йўлларидан ўтишда ҳушёрликка чақирамиз.

Транспорт бошқаришда
, ҳозирги об-ҳаво шароитини ҳисобга олиб, атрофингиздаги автомобиллар билан оралиқ масофани сақлаш, тезликни меъёрдан оширмаслик ва эҳтиёткорлик тавсия этилади.


@BB_Tulyaganov
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк