Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.19K subscribers
29.6K photos
1.86K videos
50 files
3.79K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Jarayon

MINGTA MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN TRILLION SOʻMLIK QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BOSHLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati mahallalarda boʻlib oʻtayotgan ana shunday muloqotlardan turkum lavhalarni havola qiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Oqqoʻrgʻon tuman 3-sektor rahbari I.T.Turgʻunov boshchiligida daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

⚡️ Joriy yil 11-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha koʻchat ekish boʻyicha dolzarb 40 kunlik eʼlon qilingan edi.

📌 Mazkur topshiriq asosida Oqqoʻrgʻon tuman 3-sektor koʻchalariga turli manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekish ishlari qizgʻin davom etmoqda. Jumladan, bugun sektor rahbari boshchiligida barcha MFY koʻchalariga 1645 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Финляндия таълим тажрибаларини апробациядан ўтказиш учун танлаб олинган мактаб жамоаси аъзолари учун малака ошириш курслари бошланган.

Курсларнинг мақсади ва биринчи кун тавсилотлари билан
А.Авлоний миллий-тадқиқот институти томонидан тайёрлаган видеодан танишиш мумкин.
#Qaror_va_ijro
#ayni_dam

Barchasi el roziligi uchun

Oqqo‘rg‘on hokimi Alisher Karimdjanov boshchiligidagi tuman sektorlar, tashkilotlar rahbarlari va deputatlardan tarkibiga olgan targ‘ibot guruhining navbatdagi manzili “Guluston” mahalla fuqarolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda ushbu mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Prezidentning 408-sonli qarori asosida mazkur mahallasida amalga oshirilishi ishlar haqida fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi. Aholi bilan muloqotga tumanimizga biriktirilgan vakil Toshkent viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i U.Shoumarov ham ishtirok etmoqda.

Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#Qaror_va_ijro
#ayni_dam
#inson_qadri_uchun

“Sobir Rahimov” va “Sulton Segizboyev” mahallalari infratuzilmasi yaxshilanadi

Oqqo‘rg‘on tumani 3-sektor rahbari I.Turg‘unov va Toshkent viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i U.Shoumarov boshchiligidagi korxona-tashkilotlar rahbarlari va deputatlardan tarkibiga olgan targ‘ibot guruhi “Sobir Rahimov” va “Sulton Segizboyev” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda ushbu mahallalalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi borasida so‘z bordi.

Uchrashuvda Prezidentning 408-sonli qarori asosida mazkur mahallalarda amalga oshirilishi ishlar haqida fuqarolarga batafsil ma’lumot berishdilar.

Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
Diqqat yoʻl yopildi.

Yangiyoʻl tumani va Quyi chirchiq tumanini bogʻlovchi 4r 22 davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlining 54 km da joylaygan ( Qoʻshyogʻoch mfy) Chirchiq daryosi ustidan oʻtgan koʻprik ta’mirlanayotgani sababli yoʻl vaqtincha yopildi.

Chinoz hamda Zangiota hududlaridan yoʻl vaqtincha aylanib oʻtiladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site