Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#xush_xabar

“Yoshlik” MFY hududidagi “Usta-Paxtakor Abduvali” Fermer xo‘jaligi bugun o‘z hududida birinchilardan bo‘lib belgilangan 116.6 tonna davlat rejasini birinchi terimdanoq bajarishga erishdi.

Shu munosabat bilan terimchilar, nuroniylarga dasturxon yozib, shukronalik keltirildi. Fermer xo‘jaligi rahbari terimda faol ishtirok etgan 80 nafar terimchiga esdalik sovg‘alar topshirdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

💥«Uzbekistan Airways» 27 sentabr “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan kechadan respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi qatnovlar joriy etilganini ma‘lum qildi.
#Bildirish

Assalomu alaykum, hurmatli OAV xodimlari va blogerlar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Men Behzod Qobulov bugun, shu daqiqadan eʼtiboran Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi lavozimiga toʻlaqonli kirishdim.

Tayinlovdan keyingi oʻtgan toʻrt kun ichida Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan blogerlar, ayrim markaziy nashrlarning rahbarlari, muxbirlik punkti mutasaddilari, muxbirlari, viloyat boshqarma, tashkilot va korxonalarining matbuot kotiblari, hududiy bosma nashrlarning muharrirlari, shahar va tumanlar hokimlarining axborot siyosati boʻyicha maslahatchilari bilan alohida-alohida gaplashib oldik.

Bu muloqotlar davomida hamkorlik mexanizmi kelishildi, ish uslubimizni tahlil qildik. Yangi ishimizni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha takliflar olindi.

Oʻz navbatida, AOKA Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati jamoasi bilan muloqot qilib, oldimizda turgan vazifalarni birgalikda muhokama qildik.

Dastlab ish uslubimizga bugundan eʼtiboran ikkita muhim oʻzgarish kiritdik:

1) Hokimliklar faoliyati, sohalar va tarmoqlar boʻyicha eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga bundan buyon viloyat hokimligi axborot xizmati jamoasi shaxsan joyiga chiqqan holda video munosabat bildiradi. Bundan buyon har qanday OAV va blogingda eʼlon qilingan tanqidiy materiallar tegishliligaga koʻra, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda fuqarolar manfaati nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Shu maqsadda axborot xizmati negizida uchta mobil guruh tashkil etildi.

2) Toshkent viloyati hokimligi matbuot oilasi oʻz kontentlarini lotin grafigiga asoslangan oʻzbek alifbosida uzatishni boshlaydi. Bunday qarorga kelishimizga sabab, aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar rasmiy axborotlarni oʻziga qulay yozuvda oʻqiydi. Yoshlar auditoriyasi kengroq qamrab olinadi. Oʻz navbatida, 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran majburiy tarzda barcha davlat tashkilotlari lotin yozuviga oʻtkazilishi ham inobatga olindi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda viloyat hokimi raisligida matbuot sohasiga oid kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtadi. Unda tizimning barcha muammolariga eʼtibor qaratiladi. Ayni paytda yigʻilish kun tartibi shakllantirildi, muloqotlar davomida olingan takliflar umumlashtirilmoqda.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#Viloyat_sardorlari_saylovi
#Sardorlar_forumi_2022

#Saralar_ichra_saralanganlar
#Oqqo'rg'on_tumani_Kengashi


Oqqo'rg'on tumani kamalak sardori Shavkatova E’zoza Anvarovna viloyat kamalak sardori etib saylandi.

E’zozaning kelgusi ishlariga omad tilaymiz!..
#Xon_atlas_chelendj

Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahallalardagi ayollar faollari hamda Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi vakilalari opa-singillarimizni chelendjda faol ishtirok etishga chorlaydi

Eslatma ushbu chelendj 30 sentabrgacha davom etadi.
#xush_xabar

Toshkent viloyatining yoshlar yetakchilari 57 million soʻm mukofotni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Yoshlar kundaligi telegram kanali.

Xabarda aytilishicha, Respublika miqyosida 2-chorak yakunlari boʻyicha yoshlar muammolarini eng samarali hal etgan yetakchilarning kuchli 100 taligi aniqlangan. Quvonarlisi, 100 talikdan Toshkent viloyatining 9 nafar yoshlari ham oʻrin olgan! Ular umumiy hisobda 57 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, muvafaaqiyatga erishganlar orasida Oqqo‘rg‘ondan “Guliston” MFY yoshlar etakchisi Azamat Nomozov ham bor.

Yoshlar yetakchisining kelgusi ishlariga ham omad tilaymiz.

Olg‘a yoshlar!!!