Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#oqqo'rg'on_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results

⚡️Agentligimiz tizimidagi Oqqo'rg'on tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar 8 va 10-sinf o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 6,5- 7.0 ballarni qo‘lga kiritishdi.

Ular:
10-sinf o'quvchisi Saidaxmatova Durdona - 7 ball
10-sinf o'quvchisi Xudoyberdiyeva Malika - 7 ball
10-sinf o'quvchisi Bosimov Xusan - 6.5 ball
10-sinf o'quvchisi Abdurashidova Shabbona - 6.5 ball
10-sinf o'quvchisi Siddiqova Hushnoza - 6.5 ball
8-sinf o'quvchisi Damirova Go'zal - 6.5 ball

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani

Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari M.Rustamov o‘ziga biriktirilgan "Qo‘rg‘oncha" mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilindi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida muhim vazifalar belgilab olindi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani

Bugun Oqqo‘rg‘on tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh. Mirzayev o‘ziga biriktirilgan "Hosildor" mahalla yoshlari taklif, fikr va muammolarini o‘rganish maqsadida xonodonmabay yurib  uchrashdi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha muhim  vazifalar belgilab olindi.

@oqqorgon_hokimligi
#Shoshiling#Oqqo'rg'on#Ixtisoslashtirilgan #Maktab#Ota_onalarni_Diqqatiga

Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari:

Chet el universitetlariga o'qishga kira olishadi
Davlat ОТМlariga muddatidan oldin talaba bo'lish imkoniyatiga ega
Darslardan so'ng turli hil fan to'garaklarida qatnashadilar
O'quvchilar til bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishadi


🔥Bu hali hammasi emas !

💫Sizni farzandingiz ham ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi bo'lishi mumkin

🙋🙋‍♀ Faqat bilimga chanqoq o'quvchilar uchun

📣Ixtisoslashtirilgan maktabga o'qishga kirish uchun maktab hayoti bilan yaqindan tanishishingiz uchun 2024-yil 10-may sanasida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI "ga taklif etamiz !

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Ochiq_eshiklar_kuni

Ushbu tadbir davomida maktabga o'qishga qabul qilinadigan 5-sinf o'quvchilari va ularning usozlari ,ota-onalari ishtirok etdilar. Yig'ilganlarga maktabda yaratilgan sharoitlar, o'quvchilar amal qilishi lozim bo'lgan qoidalar va o'qitish tizimi batafsil tushuntirildi.

📍Shuningdek, maktab ma'muriyati tomonidan o'quvchilar uchun maktab bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ular muassasa hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani

Bugun RMMM tuman bo‘linmasi, tuman Adliya bo‘limi hamda AT "Xalq banki" Oqqo‘rg‘on tuman filiali hamkorligida bank xodimlari ishtirokida Sud huquq sohasidagi islohotlarni aholiga etkazish, mahalliychilik, korrupsiyaga qarshi kurashish madsadida “Oqqo‘rg‘on tumanini korrupsiyadan holi hudud” ga aylantirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman Adliya bo‘limi rahbari I.Xatamov, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari O‘.Botirova, AT "Xalq banki" Oqqo‘rg‘on tuman filiali boshqaruvchisi O.Kalamboyevalar ishtirok etib, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo‘lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to‘siqlardan biri ekanligi, bu illatga qarshi nafaqat soha xodimlari balki barcha barobar kurashishi kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️OQQO‘RG‘ON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
4-sinfni tugatgan oʻquvchilar aniq fanlar yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan 5-sinfga qabul qilinadi.

🏢 Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul kvotasi quyidagicha:

Boʻsh oʻrinlar uchun kvota:
5-sinf aniq fanlar-24 nafar
6-sinf aniq fanlar-0
7-sinf aniq fanlar-3 nafar
8-sinf aniq fanlar - 6 nafar
9-sinf aniq fanlar - 6 nafar
10-sinf aniq fanlar - 6nafar


Murojaat uchun telefon:

☎️ +998901123034
☎️+998998095163

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. 👇

Telegram | Facebook
#Oqqo'rg'on_IM
#Talaba_2024

Sifatli ta'lim — Yangi O'zbekiston taraqqiyotining poydevori

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan shakllantirilgan joriy yil bitiruvchilarining o'rtacha ballari natijalariga ko‘ra
Oqqo‘rg‘on tuman IM 109,3 ball bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar reytingida 4-o‘rinda, viloyatdagi ta'lim muassasalari reytingida 8-o‘rinni egallab ,kuchli TOP-10 dan munosib o‘rin egalladi.

💫
OQQO'RG'ON TUMAN IMning 21nafar BITIRUVCHILARI OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA KIRISHDA 100% NATIJAGA ERISHDILAR.

@oqqorgon_hokimligi
#Toshkent_viloyati
#Oqqo'rg'on_tumani


🔰Joriy yilning 22- avgust kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi hamda  Din ishlari bo'yicha qo'mita hamkorligida "Ma'naviyat maskani"da "Yangi O'zbekiston fidoyisi bo'lib ma'naviyat targʻibotchisiga aylanamiz" nomli ilmiy uslubiy qoʻllanmaning taqdimoti hamda targ'ibot tarbiri boʻlib oʻtdi.

🔰Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi rahbari O'.Botirova, Din ishlari bo'yicha qo'mita vakili M.O'razov, "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi rahbari S.Ahmedov va tuman Tarix va o'lkashunoslik muzeyi direktori A.Qurbonovlar so'z chiqib,  Yurtboshimizning muborak Xaj va Umra safariga borgan nuroniy xoji otalarimiz va xoji onalarimizga yo'llagan fikrlari haqida alohida ta'kidlab o'tdilar.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on_tumani
#“Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi va tuman Axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini, “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!” degan bosh g‘oyani ostida "Yangi uyg‘onish davri-kitob va kutubxonadan boshlanadi" shiori ostida Xamid Olimjon mahallaisdan joylashgan kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚Tadbirda mahalla kutubxonasining yosh kitobxon o‘g‘il-qizlari tomonidan Vatanni madx etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.Bunday tadbirlar tuman miqiyosida davom etmoqda.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Men ham harbiy bo'laman


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Ona Vatan taraqiyyotiga xissa qo'shuvchi munosib farzand bo'lib yetishishlarini ta'minlash maqsadida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi tashabbusi bilan Chirchiq Oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti, tuman  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida 3-umumta'lim maktabining «Men ham harbiy bo‘laman» kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda tumandagi 3-umumta'lim maktabining o'quvchi-yoshlar orasida «Men ham harbiy bo‘laman» kitobi asosida qiziqarli ma'lumotlar hamda  bugungi kunda yurtimizda harbiy sohada amalga oshirilgan islohatlar bo'yicha fikr bildirildi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Qatag'on qurbonlari xotirasini yod etib


Oqqo'rg'on tumanida mustaqil Vatan taraqqiyoti uchun siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini targ‘ib etish maqsadida “Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning xotirasi barhayot!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi, Chirchiq Oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti, tuman Mudofaa bo'limi, "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi, Oqqo'rg'on tumani 11-maktabida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya–Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida "Qatag'on qurbonlari xotirasini yod etib" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni davomida yoshlarga jadidchilik xarakati namoyondalarini hayoti, ilmiy, ijodiy faoliyati haqida ma'lumotlar berdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Ibratli nuroniylar bilan uchrashuv

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Ona Vatan taraqiyyotiga xissa qo'shuvchi munosib farzand bo'lib yetishishlarini ta'minlash hamda keksa-nuroniylar ibratli hayot yo'lini yosh avlodga yetkazish maqsadida tuman Mudofaa bo'limi tashabbusi bilan Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, CHirchiq Oliy Tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti Oqqo'rg'on tuman shtabi a'zosi, 12-umumta'lim "Vatan tayanchi" ortryadi a'zolari hamkorligida 2-Jahon urushi qatnashchisi 105 yoshli Nurmatov Fayzulla Ota xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Fayzulla ota urush davridagi bo'lib o'tgan vaziyatlar haqida xotirlab so'zlab berdi va bugungi tinchlik- osudalik, farovonlik uchun shukuronalik aytib, yoshlarga ezgu tilaklarni bildirib duo qildi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Keksalar so’zi ibrat

Keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom koʻrsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabr kunidagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 816-sonli qarori ham yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashni asosiy maqsaddir.

Joriy yilning 24-oktabr kuni Ma'naviyat va ma'rifat markazi tumani bo'linmasi, tuman Nuroniy jamg'armasi, Chirchiq Oliy Tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti ofitseri, tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda 44-umumta’lim maktabida “Keksalar so’zi ibrat” mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Keksalar suhbat davomida o‘quvchilarga hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on tuman 1-son kasb-hunar maktabi
#DOLZARB_TADBIR
        
📌Joriy yilning 28-noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabida dolzarb va jiddiy bo‘lgan masala – Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha turkum tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda Oqqo‘rg‘on tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, mayor D.Fayzullayeva, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Z.Omonov va kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Bu o‘tkazilayotgan turkum tadbirlar ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.

Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#targ‘ibot_tadbiri

Joriy yilning 28-noyabr kuni “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” goyasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari O‘. Botirova hamda tuman Mudofaa bo‘limi xodimi Sh.Alimov hamda tuman "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari ishtirok etishib, yoshlarga ta’lim-tarbiyaning hayotimizdagi tutgan o‘rni shuningdek, yoshlarning bilim va kasb-hunar olishlari uchun yurtimizda barcha sharoitlar mavjudligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.


@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

📘📘📘📘📘📘📘📘

🏢
Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  "Konstitutsiya-kelajagim mash'ali" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktab direktori E.T.Mirzayev Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - kelajagim mash'ali" mavzusida bag‘ishlangan tadbirda bayram bilan barchani tabrikladi.
📚O‘quvchilarga yangi qomusimizning tuzilishi va mohiyati haqida tushunchalar berdi, shu bilan birgalikda o‘quvchilarning yurtimiz qonunlari haqidagi bilimlari yana bir bor mustahkamlandi.
Tadbirga o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she'r va raqslar o'zgacha ruh bag‘ishladi.

@oqqorgon_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#Madhiya_32_yilligi
#Yurakni_madh_etgan_sado

"10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan tumanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun erta tongdan Oqqo‘rg‘on tumanidagi barcha bo‘lim, korxona tashkilotlarda ish kuni, shuningdek, ta’lim muassasalarida bugungi kun darslari bayramona kayfiyatda davlatimiz madhiyasini jonli ijro etish bilan  boshlandi.

Mazkur sana munosabati bilan "Yurakni zabt etgan sado" shiori ostida tadbirlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

@oqqorgon_hokimligi
#OQQO'RG'ON_IM
#CEFR_NATIJA

🏆BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR !

❗️XUSHXABAR❗️

📣ITMA tizimidagi Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
NAVBATDAGI_SERTIFIKATLAR
8 nafar o'quvchimiz CEFR sertifikatni qo'lga kiritishdi.
💫Yo'ldoshev Toxirjon. B2
💫Nurbuvayeva Sevinch. B2
💫Qo'shmatov Mirjalol. B2
💫Abdumalikova Farangis. B2
💫Sadullayev Asadbek. B2
💫Abdusattorova Muharram B2
💫Ismoilova Aliya. B1
💫Tolibjonova Sarvinoz. B1

Ma'lumot uchun, Tillar boʻyicha umumiy Yevropa maʼlumot tizimi: oʻrganish, oʻqitish, baholash (Common European Framework of Reference, CEFR) Yevropa Ittifoqida qoʻllaniladigan chet tilini bilish darajalari tizimidir

Bundan tashqari, ushbu sertifikat egasiga Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida tegishli fanidan  ball taqdim etadi.

Ingliz tili fani ustozi Yulduz Gulyamovnaga maktab jamoasi nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

@oqqorgon_hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#Harbiy_vatanparvarlik_oyligi

Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida ta'lim muassasalarida "Yangi Oʻzbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.

Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasi o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagi manzili Oqqo‘rg‘on tumanidagi 11-IDUM bo‘ldi.

Tadbirda Chirchiq Oliy Tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti ofitseri A.Janobiddinov, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari O‘.Botirova, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari hamda tuman "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari ishtirok etib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, 11-IDUMning o‘quvchi-yoshlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olindi.

@oqqorgon_hokimligi