Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun

Oylik doirasida Oqqoʻrgʻon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholi xonadonlari, ishlab chiqarish korxonalari, yoqilg'i quyish shoxobchalari, qurilish obyektlari bozorlar va savdo do'konlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining sozligi, evakuatsiya yo‘llarining ochiqligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta'minlanganligi holati nazoratdan o‘tkazilib, ishchi xodimlarga maxsus o't o'chirish moslamalaridan foydalanish bo'yicha yo'riqnomalar berilmoqda.


@Oqqorgon_hokimligi
Mehnat yarmarkasi

Oqqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi” va "Karyera kuni" o‘tkazildi. Bunda jami 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar 565 tadan ortiq bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi.

Yarmarkada jami 150 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etgan bo‘lib, bo‘lim tomonidan 32 nafariga o‘zlarini qiziqtirgan kasblari bo‘yicha o‘qishga yo‘llanmalar berildi, 17 nafari doimiy ishga, 7 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 70 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.

@oqqorgon_hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ДИҚҚАТ
🛵Скутерларни бошқаришда ҳайдовчилик гувоҳномаси
керакми

@oqqorgon_hokimligi
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz hududida noqonuniy faoliyat olib borgan totalitar sektalarning aldovlariga uchgan shaxslarning ayanchli qismati
———
Мамлакатимиз ҳудудида ноқонуний фаолият олиб борган тоталитар секталарнинг алдовларига учган шахсларнинг аянчли қисмати

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Viloyatda I-yarim yillik natijalari va II-yarim yillikdagi ustuvor vazifalar tahlili

👉 Batafsil
______________________________

Analysis of the Region's First Half-Year Results and Priorities for the Second Half-Year  

👉 In detail
_______________________________
Анализ результатов экономических показателей за первое и прерогативные задачи на второе полугодия в масштабах области

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
330 ўринли қўшимча бино қурилмоқда

Оққўрғон тумани Гулистон МФЙда жойлашган 4-умумий ўрта таълим мактаби ҳамда Бирлик МФЙ ҳудудида жойлашган 49-ихтисослашган Давлат умумтаълим мактабларида синф хоналари етишмаслиги туфайли ўқувчилар 2 сменада ўқишга мажбур бўлар эдилар. Бу эса, табиийки ўқувчилар, уларнинг устозлари ва ота-оналари учун ҳам кўплаб ноқулайликлар туғдирар эди.

Айни пайтда ушбу мактабларда қўшимча 330 ўринга мўлжалланган янги ўқув биноларини қуриш ишлари амалга оширилмоқда.

Ушбу қурилиш ишларини сифатли ва ўз вақтида бажарилишини назорат қилиш мақсадида туман ҳокими ўринбосари З.Норматов, туман прокурори ёрдамчиси Р.Халиловлар томонидан ўрганиш ишлари олиб борилди.

Масъуллар қурилиш жараёнини кўздан кечирар экан қурилиш ишларини сифатли бажариш бўйича ўз тавсия ва кўрсатмаларини бериб ўтишди.


@Oqqorgon_hokimligi