Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.4K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Aholi_murojaatlari_organilmoqda

Oqqo‘rg‘on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sherzod Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam berish maqsadida  “Zarbdor”MFY fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Fuqarolarga bugungi kundagi sohadagi yangiliklar va imkoniyatlar haqida yetarlicha tushuntirishlar berildi.

Qolaversa, sayyor qabul davomida yurish imkoniyati cheklangan, oilaviy sharoiti sababli ishtirok etolmagan fuqarolar murojaatlari manzilli davom etdi. 

Ayni damda aholidan tushgan murojaatlar mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, ijobiy yechimi ishlab chiqilmoqda.

@oqqorgon_hokimligi
🚦"YASHIL CHIROQ-2024"
📍Oqqo‘rg‘on tumani
🔴Musobaqaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi


🚦Mazkur musobaqa o‘quvchi yoshlarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🚦“Yashil chiroq” musobaqasi Oqqo‘rg‘on tuman bosqichida ishtirokchilar “Safda yurish”, “Yosh velosipedchilar musobaqasi”, “Avtomobil bilimdoni ” kabi uchta shart bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini namoyish etdi.

🚦Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Chunki, har bir jamoa ushbu bellashuvga astoydil g‘olib bo‘lish uchun kelganlini isbotladi. Eng asosiysi o‘quvchilar mazkur tanlov orqali yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada oshirdi, yangi do‘stlar orttirdi.

🚦Musobaqa yakunlariga ko‘ra
🥇49-IDUM
🥈19-maktab
🥉48-maktablar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va eng faol ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@oqqorgon_hokimligi
Hafta davomida “O‘zsuvta’minot” AJ hamda hududiy suv ta’minoti korxonalari va tegishli tashkilotlar hamkorligida debitor qarzdorlikni qisqartirish, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari: (15-30-aprel)

@Oqqorgon_hokimligi
Амалдаги ислоҳотлар: Инсон қадри учун!

Оққўрғон тумани Қуштамғали маҳалла фуқаролар йиғинида жорий йилнинг 18 апрель куни туман ҳокими Т.А.Боболов бошчилик сектор раҳбарлари иштирокида аҳоли муаммолари, “еттилик” фаолияти, ипак қурти боқиш,ободонлаштириш, томорқадан самарали фойдаланиш масалалари бўйича учрашув бўлиб ўтди.

Туман ҳокими Т.А.Боболов маҳалла “еттилиги” фаолиятини йўлга қўйишда маҳаллалардаги еттиликларнинг ўрни ва вазифалари, уларга юклатилган вазифалар юзасидан тушунтиришлар бериб ўтди. Шунингдек аҳоли муаммолари тингланиб, ечими бўйича масъулларга топшириқлар берилди ҳамда маҳаллани ободонлаштириш, томорқалардан самарали фойдаланиш бўйича тарғибот ишлари олиб борилди.

Шунингдек пиллачилик билан шуғулланиш истагида бўлган фуқароларга ипак қурти боқишнинг тартиби, боқувчига яратиладиган шарт - шароитлар ҳамда имтиёзлар бўйича тушунчалар берилди.

@Oqqorgon_hokimligi
⚡️Beshtashabbus
⚡️ Armresling sport musobaqasi
⚡️ Oqqo'rg'on tumani

Beshtashabbus olimpiadasi doirasida sportning Armrestling musobaqasi mahalla bosqichlari bo'lib o'tdi. Musobaqada 55,65,75,+75 vazn toifasida bellashdi.

G'oliblar sektor bosqichiga yo'llanmani oldi.


@Oqqorgon_hokimligi