Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Investitsiya

Kuz. Dehqonlarimiz hosil koʻtaradigan davr. Asoson agrar sohaga ixtisoslashgan tumanimizda ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yigʻim*terimi qizgʻin davom etmoqda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarimiz keng qamrovda eksport qilinayotgani ahamiyatlidir.

Xususan, tumanimizdagi kichik sanoatzonasida faoliyat koʻrsatayotgan “LEGUMES” QK MCHJ dehqonlarimiz yetishtirgan dukkakli mahsulotlarni eksport qilishga ixtisoslashgan. Joriy mavsumda korxona 5000 tonna mosh mahsuloti eksport qilishni rejalashtirgan. Oktyabr oyi yakuniga qadar korxona 10 konteynerda 200 tonna moshni 500 ming dollarga eksport qilishni moʻljallagan. Shu kunga qadar esa 1 mln 300 ming dollarlik mahsulotni eksport qilgan.

Bugun tuman hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi mutaxassislari tadbirkor faoliyatini oʻrganib, ish jarayoni bilan tanishishdi.

“LEGUMES” QK MCHJ dehqonlarimizdan kelishilgan bozor narxida mosh xarid qilmoqda.
#investitsiya

Oqqoʻrgʻonda mototransport vositalari yigʻiladi

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining “Bobomotors” kompaniyasi rahbari Xia Huan bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Xorijliklar tumanimizda tadbirkorlik uchun ochiq elektron savdolarga qoʻyilgan bino-inshootlar bilan tanishishdi.

Muhokamalarni Oqqoʻrgʻon tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Sanjar Toʻxtayev olib bordi. Muloqot asnosida Alimkent qoʻrgʻoni hududida oʻz tadbirkorligini boshlash istagini bildirgan mehmonlar investitsiyaning birinchi bosqichida 10 mln dollarlik mototransport vositalarini yigʻish sexi tashkil etilishini maʼlum qilishdi. Loyihaning ikkinchi bosqichida mototransport vositalarini yigʻish rejalashtirilmoqda.
#investitsiya_loyihasi

Oqqoʻrgʻonni qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan tuman, sifatida bilishadi. Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar sabab tumanimizda ishlab chiqarish korxonalari, yirik tadbirkorlik subyektlari soni va sifati ortib borayotgani quvonarli. Fikrimizga birgina “Jamshid Abzalbek” MCHJ faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. Tumanimizning chekka hududlaridan biri sanalgan “Hamzaobod” MFYda joylashgan ushbu korxona un ishlab chiqaradi. Tadbirkor ishini yanada kengaytirish maqsadida yangi investitsiya loyihasini ishga tushirish arafasida. 

Unda tadbirkor sholini qayta ishlashni yoʻlga qoʻymoqda. Buning uchun investitsiya dasturi asosida 4.6 mlrd soʻmga Turkiya davlatidan zamonaviy texnologiyalar xarid qilindi. Loyiha 2023-yilning mart oyidan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Loyiha natijasida 20ta yangi ish oʻrni yaratiladi va kuniga oʻrtacha 14 tonna sholi qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
#investitsiya
#yangi_loyiha

Oqqoʻrgʻonda Gidroelektrstansiya qurilishi rejalashtirilyapti

Bugun Oqqoʻrgʻon tuman hokimi A. Karimdjanov hamda tuman hokimi oʻrinbosari S.Toʻxtayev Xitoy Xalq Respublikasining “China Railvay Konstuktion Enjinering Groip KO., LTD” kompaniyasi rahbarlari Sun Jian, Tian Zhenhua bilan Gidroelektrstansiya, Quyosh elektr stansiyasi hamda quyosh panellari oʻrnatish uchun 60 mln dollarlik loyiha borasida muzokara oʻtkazdi.

Muzokarada tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan "Jahon Ezdim grupp", "Lisky team", "Rahmonbek UMR", "Rustam Diamond" qoʻshma korxonalari rahbarlari ham ishtirok etib, loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish borasida kelishuvlar tuzishga kelishishdi
Президент Шавкат Мирзиёев "Асакабанк" ва "Ўзсаноатқурилишбанк" капиталига хорижий инвестициялар жалб этиш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о привлечении иностранных инвестиций в капитал “Асакабанка” и “Узпромстройбанка”.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#murojaat_va_echim
#investitsiya

“Jahon exim group” MCHJ korxonasi faoliyati kengaymoqda

“Jahon exim group” MCHJ Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Oqqorgʻon kichik sanoat zonasi”da joylashgan boʻlib, asosiy faoliyati  mevani quritish va qadoqlash hamda eksport qilish bilan shugʻillanadi.

Korxona tuman hokimligiga ish faoliyatini kengaytirish uchun elektr quvvatini oshirish yuzasidan murojaat qilingan edi. Ushbu murojaat tuman hokimi oʻrinbosari Investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi S.Toʻxtayev tomonidan oʻrganilib ijobiy yechim berildi.

Endilikda korxona umumiy loyiha qiymati 1,2 mln AQSH dollarlik uskunalar xarid qilish evasizga ish faoliyatini sezilarli darajada oshiriladi. Korxonaga 1000 tonnali muzlatkich hamda qadoqlash uskunalari keltiriladi.

Maʼlumot oʻrnida oʻtgan yili korxona 950 ming dollarik quritilgan meva mahsulotlarini xorijga eksport qilgan. Joriy yilda eksport hajimini 1,5 mln dollarga yetkazishni  rejalashtirgan.
#investitsiya

"Suvon indastriy" kompaniyasi bilan turar-joy kompleksi qurish yuzasidan muzokaralar oʻtkazilmoqda

Janubiy Koreya Respublikasining "Suvon indastriy" kompaniyasi elektron auksion savdolariga "Sobir Rahimov" MFY hududidan chiqarilgan yer maydonlariga 9 qavatli turar joy va savdo komplekslarini qurish yuzasidan tuman hokimi oʻrinbpsari Sanjar Toʻxtayev va korxona rahbari Si Kim Ha bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Венгрия, Озарбайжон ва Япония билан инвестициявий ҳамкорликни ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития инвестиционного сотрудничества с Венгрией, Азербайджаном и Японией.

#Mirziyoyev #yigilish #investitsiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter