Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.7K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#jarayon

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat ” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda yurtimizning barcha viloyatlari, tuman, shaharlarida oʻtayotgan targʻibot tadbirlari bugun Oqqoʻrgʻon tumanida  boʻlib oʻtdi.

Falsafa fanlari doktori Muzaffar Ortiqov, “Sharq yulduzi”, “ Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Raupov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist,  “Mehnat shuxrati”  ordeni sohibasi Farida Umarova,  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist hamda Maʼrifat targʻibotchisi Qursiya Esanova, Oʻzbekiston zuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdulla Maʼdiyev va boshqalar ishtirok etgan targʻibot tadbirlarini tumanimizdagi 78-sonli maktab internatida boshlandi.

Aytish joizki, bugun ushbu maktab jamoasi muassasa tashkil etilganining 60 yilligini nishonlashdi. Tadbirda maʼnaviyat jonkuyarlari maktab oʻquvchilari bilan muloqot qilib, esdalik sovgʻalari topshirdilar.

Ikkinchi manzil Oqqoʻrgʻon tuman Tarix va oʻlkashunoslik muzeyi boʻldi. Muzey eksponatlari, oʻlkamiz tarixi bilan tanishish mehmonlarda iliq taassurotlar qoldirgani shubhasiz.  Tuman ahborot resurs markazida oʻtgan uchrashuvda ijodkorlarni yoshlarimizning adabiyotga boʻlgan qiziqishlari hayratga solgani shubhasiz.

Adabiyotimiz nomoyondalari va maʼnaviyat targʻibotchilari tuman Madaniyat va turizm boʻlimi zalida tashkil etilgan tadbirda aholi vakillari, taʼlim sohasi vakillari bilan samimiy suhbat qurishdi.  Bu yerda madaniy va musiqaviy dastur tashkil etildi.
Maʼnaviy va maʼrifiy tadbir  tumanimizdagi “Ishga marhamat” monomarkazida davom etdi. Mehmonlar markaz tinglovchilari va aholiga koʻtarinki kayfiyat ulashishdi.
Elimiz suygan Xalq yozuvchi-shoirlar va  aktrisalar bilan bevosita muloqot, dildan suhbat tumandoshlarimiz qalbidan mustahkam oʻrin egallagani shubhasiz.
#targʻibot

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har-xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishini oldini oladi.

Diniy qoʻmitaning Oqqo'rg'on tumani hamda Chinoz tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 10.11.29 va 35-umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida maʼnaviyati yuksak, har qanday yot gʻoyalarga chap bera oladigan, oʻzining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, undan ogʻishmay yashaydigan xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina maʼrifat bilan kurashmoq darkorligi uqtirildi.
🛣 “Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi yakunlandi


🔵Bugun, 27-aprel kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

📲Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olindi.

📆 Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7-may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Kasblar_tanlovi

✍️ Yoshlar ishlari agentligi Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi va “Ishga marxamat” Mono markazi bilan hamkorlikda “Kasblar tanlovi” ning  “Sarataroshlik” yoʻnalishining sektor bosqichlari katta formatda tashkil etildi.

✂️ Bugungi tanlov koʻplab iqtidor egalarini kashf etdi.

🏆 Sektor bosqichi gʻoliblari tanlovning tuman bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Videolavha hunari ortidan nafaqat oilasi farovonligiga hissa qo‘shish, balki tanlovlarda munosib ishtirok etayotgan yoshlar haqida
#e_auksion

Tadbirkorlik uchun yerlarni sotib oling!

39 mingga yaqin yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi

🔷 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1383 ta (ko'rish)
🔷 Andijon viloyatidan 1951 ta (ko'rish)
🔷 Buxoro viloyatidan 3034 ta (ko'rish)
🔷 Jizzax viloyatidan 3820 ta (ko'rish)
🔷 Qashqadaryo viloyatidan 3112 ta (ko'rish)
🔷 Navoiy viloyatidan 1053 ta (ko'rish)
🔷 Namangan viloyatidan 2349 ta (ko'rish)
🔷 Samarqand viloyatidan 4579 ta (ko'rish)
🔷 Surxondaryo viloyatidan 5005 ta (ko'rish)
🔷 Sirdaryo viloyatidan 1943 ta (ko'rish)
🔷 Toshkent shahridan 34 ta (ko'rish)
🔷 Toshkent viloyatidan 2126 ta (ko'rish)
🔷 Xorazm viloyatidan 3502 ta (ko'rish)
🔷 Farg'ona viloyatidan 5107 ta (ko'rish)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_va_ijro

Toshkent viloyatida koʻp tarmoqli drama teatri quriladi

“Nurafshon business sity” hududidagi 1,0 gektar yer maydoni viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasiga koʻp tarmoqli drama teatri bino-inshootlari qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratildi.

📃Bu haqida viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#tv_nigoh

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilgan ishlar borasida hafta avvalida tashkil etilgan press-tur “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturida namoyish etildi.

Dastur jurnalisti Dilobar Xoliqova videolavhasi shu haqda.
№ 78 от 25 апреля Правда Востока_1.pdf
2.5 MB
#press_tur
#matbuotda_biz_haqimizda

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilgan ishlar borasida hafta avvalida tashkil etilgan press-tur tafsilotlari viloyatimiz va respublika matbuot nashrlarida atroflicha so‘z yuritildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

OQQOʻRGʻONDA JINOIY GURUH QOʻLGA OLINDI

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanida qarzni 5 baravar qilib qaytarishni talab qilgan jinoiy guruh qoʻlga olindi.

Jinoiy guruh aʼzosi fuqaroga qarz bergan. Ammo, fuqaro qarzni bir qismini qaytarganidan soʻng, qolganini ustiga 5 baravar qoʻshimcha ustama talab qilgan.

Jinoyatchilar ayni paytda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olingan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM