Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Yoshlar_maydonda🇺🇿
#DXX_KUBOGI🏆

Millionlab yoshlar kutgan futbol turniriga start berildi

⚽️ Bugun Oqqoʻrgʻon tumanida chinakam sport, tezlik, chaqqonlik bayrami katta formatda bong urdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogining “Mini futbol” oʻyinlari 29 ta mahaladan shakllangan yosh iqtidorlarlardan saralangan jamoalar oʻrtasida boshlandi.

🎤 Mahalla yoshlar yetakchilari gʻoliblikka davogar sifatida bu yil yangi tarkib, yangi imkoniyatlar va iqtidorli yoshlarni kashf etmoqda.

💪 Mana yetakchining kuchi, mana yoshlarga eʼtibor.

🇺🇿🏆 Bir soʻz bilan aytganda, Oqqoʻrgʻon bu yil ChEMPION
#dolzarb

Prezidentimizning 2023-yil 12-aprelda qabul qilingan "Qishloq xoʻjaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ 121-sonli Qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman hokimi A.Karimdjanov boshchiligida tuman sektor rahbarlari va qishloq xoʻjaligi masʼullari hamda fermerlar ishtirokida kecha seminar oʻtkazildi.

Seminarda Yurtboshimizning mazkur qarori mazmun-mohiyati va maqsadi tushuntirildi. Qaror asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda talab yuqori boʻlgan asosiy turdagi mahsulotlarni yetishtirish, bozorlarga yetkazishga ham alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, seminarda paxta, gʻalla va soya ekinlarini parvarishlashda dolzarb bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, jumladan, kasallik hamda zararkunandalarga qarshi biologik ishlov berish, sharbat usulida sugʻorish natijasida yuqori hosildorlikka erishish kerakligi tushuntirildi.
#bildirish

Barcha Oqqoʻrgʻon ahli va yoshlarini joriy yilning 15-aprel kuni “Yoshlar bogʻi” da “Oʻzbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida tashkil etiladigan madaniy kecha va shou konsert dasturiga taklif etamiz.

Tadbir 14_00 dan boshlanadi. Dasturimizning asosiy shou qismi 19_00 dan start oladi.

Kechamiz mehmoni “Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov va “Yalala bobom yalla” ashulasi bilan ko‘pchilik e‘tirofiga sazovor bo‘layotgan estradamiz yulduzi Elyor Meliboyev boshqa birnecha yoshlarimizning sevimli xonandalari xalqimiz xizmatida bo‘lishadi.

Hammani taklif qilamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehrli_dunyo_
#barkamol_avlod_

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani "Barkamol avlod"bolalar maktabida "Mehr dunyoni qutqarar" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tumanimizdagi 30 nafardan ziyod  imkoniyati cheklangan, uyda ta'lim oluvchi bolalar uchun hayr-ehson dasturxoni yozildi. Bayram tadbiriga raqs va kuy-qo‘shiqlar o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Tadbir davomida bu bolalarning davlatimiz e'tiborida chetta emasligi ular ham hamma qatori kasb-hunar va bilim olishlari ta'minlangani ta'kidlab o‘tildi. Tadbir so‘ngida bolajonlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Самира Шокирова, Зулфия номидаги давлат мукофоти соҳибаси:

— Шахсан давлатимиз раҳбари қўлидан олган Зулфия номидаги давлат мукофоти менга катта масъулият юклайди. Мен янги Консттитуцияга бефарқ эмасман, сабаби унда ёшларнинг кенг билим олишини таъминлайдиган қатор янги моддалар киритилди. Бу эса ёшларнинг сифатли таълим олишига шароит яратади. Конституция — бизнинг келажагимиз!

@menbefarqemasman
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Дилором Ҳамроева, мактабгача таълим муассасаси ходими (Тошкент вилояти):

— Янги Конституциянинг 50-моддасида мактабгача таълимга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Унда давлат мактабгача таълим-тарбия жараёнларини янада ривожлантириш учун барча чораларни кўриши, айниқса алоҳида таълим эҳтиёжларига эга бўлганлар инклюзив таълим билан таъминланиши белгилаб қўйилмоқда.
Болажонларимиз қувончи, шодлиги учун биз референдумга бефарқ эмасмиз, сизчи?

@menbefarqemasman