Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#ehtirom

⚡️⚡️⚡️

📝 Bugun Oqqo‘rg‘on tumani "Tarix va o‘lkashunoslik" muzey-memorialida, muzey hamda Markaziy kutubxona bilan hamkorlikda ikki buyuk shaxs - Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning tavallud munosabati bilan "Buyuk ajdodlar siymosi" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 49-sonli IDUMning 5-7-8-sinf o‘quvchilari buyuk shoirlarimiz o'tgan davrni aks ettiruvchi tarixiy sahna ko‘rinishlari, go'zal she’r va raqslari bilan qatnashishdi. Tadbir tashrif buyuruvchilarda katta ijodiy taassurotlar qoldirdi.
Tuman hokimligi apparat xodimlari tibbiy koʻrikdan o'tkazildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining sogʻligini mustahkamlash, davolash va qayta tiklash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasining oliy toifali shifokorlari ishtirokida Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi apparati xodimlari to‘liq sifatli chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
#jarayon_o‘quv

O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirishmoqda

Prezidentimizning 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi xodimlari uchun o‘quv tashkil etildi.

Ushbu o‘quv kursini Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati filialining O‘zbek tilshunoslik kadedrasi katta o‘qituvchisi O‘.Saidov tomonidan xodimlarga davlat tilida ish yuritishning asosiy mezonlari haqida aniq tushunchalarni bermoqda. O‘quv jarayoni 144 soatga mo‘ljallangan
#infografika

Viloyatda jariy yilda chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 175 ta loyiha amalga oshiriladi.

Ohangaron tumanida chorvachilik komplekslarini qurish uchun yaylov va lalmi yerlarni ajratishni soddalashtirish evaziga 10 ming bosh qoramol boqish yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa Toshkent shahriga qoʻshimcha 20 ming tonna sut, 5 ming tonna goʻsht yetkazish imkonini beradi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM