Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.7K subscribers
25.5K photos
1.6K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha);

mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln so'mdan 7,5 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#haftalik

Ayni kunlarda “Yoshlar turizm haftaligi” o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Haftalik, ayni damda ham ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Buni tumanimizdagi Tarix va o‘lkashunoslik muzeyida bo‘lib turgan o‘quvchi yoshlar yuz-ko‘zida aks etayotgan hayratlardan his etish mumkin.

Fotolavhalarda 14-sonli umumta’lim va 25-sonli bolalar musiqa maktablari o‘quvchilarining sayohat jarayoni.
✏️ “Очиқ бюджет” га “Онлайн мурожаат” юборинг
 
“Онлайн мурожаат” саҳифаси — “Очиқ бюджет” ахборот порталида фуқаролар томонидан савол, шикоят, таклиф ёки қонун бузилиш ҳолатлари юзасидан хабар қолдириш имкониятини берувчи махсус саҳифа ҳисобланади.

Бунда жамоатчилик назорати доирасида фуқаролар тадбирларни кузатиб бориш орқали қонун бузилиши ҳолатлари ёки камчиликлар кузатилганда шикоят тарзида “Очиқ бюджет” ахборот портали орқали “Онлайн мурожаат” саҳифасига мурожаат қилишлари ёки ўзларини қизиқтирган савол ҳамда таклифларини билдиришлари мумкин.

👨🏻‍💻 Шу билан бирга, ушбу саҳифа орқали фуқаролар ўзларини қизиқтирган саволларга Ташаббусли бюджет лойиҳасига масъул ҳодимлар томонидан “онлайн” тарзда жавоб олишлари мумкин.
 
Хозироқ ўзингизни қизиқтирган саволлар билан мурожаат қилишингиз мумкин:
👉🏻 https://openbudget.uz/questions

Каналга аъзо бўлиш: https://t.iss.one/+6Lw3Nm9mqtE0MDAy
#jarayon
#Ayollar_daftari
#xatlov

Ayni kunlarda “Ayollar daftari”ning to‘rtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlari tumanimizdagi mavjud 29ta mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, "Ayollar daftari" — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan xatlov natijasida xotin-qizlar sharoiti o‘rganilib, ularga tegishli mezonlar asosida yordam ko‘rsatiladi.
ССВ: Болалар орасида коронавирус авж олаётгани ҳақидаги хабарлар асоссиз!

Ижтимоий тармоқларда "ёш болалар орасида коронавирус инфекцияси кўпайиб боряпти" мазмунидаги хабарлар тарқалди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги бу маълумотларнинг ҳақиқатга зид эканлигини маълум қилади.

Болалар орасида ўткир респиратор касалликлар ва коронавирусга чалинишнинг сўнгги кўтарилиши ўтган йил куз ойларига тўғри келган эди. Ўша пайтда Зангиота юқумли касалликлар шифохонасида беморлар учун 500 та қўшимча шифо ўрни яратилган эди.

Ҳозир ҳолат барқарор бўлиб, хасталаниш кўрсаткичлари кескин камайган.

Агар болалар орасида коронавирус ёки бошқа ўткир респиратор касалликлар ортиши кузатилса, бу бўйича расмий ахборот берилади.

❗️Ҳурматли юртдошлар! Қишки иқлим шароитида фарзандларингизнинг саломатлигига, айниқса, кийиниши ва овқатланишига жиддий эътибор беринг! Бу хилдаги фейк хабарларга ишонманг!

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OQQO‘RG‘ON TUMAN FVB OGOHLANTIRADI!

📌 Hurmatli fuqarolar, tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari❗️

🌨 Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.

‼️ Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.
#sessiya

Joriy yilgi tuman byudjeti tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tuman Kengashining 6-chaqiriq
63-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada deputatlar “Oqqoʻrgʻon tuman mahalliy byudjetining 2022-yil uchun ijrosini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Oqqoʻrgʻon tumani mahalliy byudjetining 2022-yil qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Oqqoʻrgʻon tumanining 2023-yil uchun mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Deputatning oʻz arizasiga koʻra vakolatini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida”, “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi fuqarolarga moddiy yordam uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi kabi masalalarni atroflicha muhokama etdilar.

Sessiya ishiga tuman Kengashi kotibi Z.Chintoshev raislik qildi.

Muhokama etilgan 1-, 2-, 3-masalalar yuzasidan tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Z.Janbayev hisoboti qizgʻin-bahs va munozaralar, taklif va savollarga berilgan javoblar asosida tegishli qaror qabul qilishdi.