Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.58K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 19-noyabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi

Kecha, 19-noyabr kuni elektr stansiyalar orqali 217 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 210 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 145,4 mln kub metr tabiiy gaz va 1,5 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 7 ming 848 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir soatdan bir yarim soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 700 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bo‘yicha Toshkent viloyatining ayrim hududlarida gaz bosimining pasayishi kuzatildi. Isteʼmolchilardan 250 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев билан телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Республики Казахстан Касым-Жомартом Токаевым.

#Mirziyoyev #muloqot #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макроннинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

По приглашению Президента Французской Республики Эммануэля Макрона Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#jarayon

Sogʻlom onadan - sogʻlom avlod

Oqqoʻrgʻon tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi G.Abdunazimova tuman tibbiyot birlashmasida ayollar salomatligini tiklash, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, reproduktiv salomatligini mustahkamlash ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida mahallalardagi onaxonlar, nogiron ayollar, ijtimoiy koʻmakka muhtoj “Ayollar daftari”dagilarga eʼtiborini yana kuchaytrish lozimligi taʼkidlanib, patronaj hamshiralar biriktirilishi uqtirib oʻtildi.
#ichki_turizm

Oqqoʻrgʻon tuman hokimi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollarning bir guruhi  homiylar koʻmagida dam olish kunlari Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohatda boʻlib qaytdilar.

Sayohatchilarning koʻhna va navqiron zamin Samarqandda Registon maydonini, Buxoroda “Yetti pir ansambil” va ark kabi tarixiy maskanlariga sayohati unitilmas onlarni taqdim etgani shubhasiz.
#xush_xabar

Oqqo‘rg‘on tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 49-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Ruxshona Shuxratova  Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Ruxshona ushbu mavaffaqiyatga Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtgan sportning kikboks turi boʻyicha Respublika kubogida erishdi.

Ushbu gʻalaba Ruxshonaga Osiyo chempmonatida qatnashish yoʻllanmasini taqdim etdi.
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

📌“Toʻmaris” koʻkrak nishoni taʼsis etildi. U kimlarga beriladi?

Oʻzbekiston Prezidentining “Toʻmaris” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

👉Manba
2022-2023 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kursiga start berildi.

📃 Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan tavsiyanoma;
2. Institut direktori nomiga yozilgan ariza;
3. So‘rovnoma, ma’lumotnoma-ob’ektivka (yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda);
4. Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va ilovasining nusxasi (topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
5. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ish staji kamida
2 yil bo‘lishi lozim);
6. 3,5 x 4,5 sm. o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat;
7. Pasport nusxasi, topshirishda hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi.

Nomzodlarning hujjatlari (belgilangan barcha hujjatlarni o‘z ichiga olgan yig‘majild) O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida 2022-yil 15-dekabriga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: +998 71 232 61 31

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM