Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.3K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Yashil_makon
#Seminar

Xabaringiz bor, joriy yilning 29 oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugungi kunda tumanda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📍 Tumandagi Ozod hududida joylashgan "ABS Oqqo'rgon agro klaster" MCHJ dala maydonida "Voish" usulida uzum va tut ko'chatlarini ekish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

🟢 Seminarda tuman hokimi Alisher Karimdjanov, Toshkent viloyati AKIS markazi raxbari o'rinbosari boshchiligida olimlar va malakali mutaxassislar, sohadagi korxona-tashkilot va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🌳 Dala chetiga uzum, tut va terak ko'chatlarini ekish bo'yicha o'tkazilgan seminarda mutasaddilar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan zarur maslahat va topshiriqlar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent_viloyatidagi gazta'minotidan uzilgan issiqxonalar qayta ulandi.

Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyatda bugungi kunga qadar 40 ta issiqxona egalari tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha shartnomalarni tuzishga murojaat qilishgan. Jarayonlar davom etmoqda.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Yashil_makon

Yurtimizda joriy yilning 20-oktyabridan 1-dekabrigacha koʻchat ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.
Ushbu tadbirlarga muvofiq “ Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oqqoʻrgʻon tibbiyot birlashmasi oʻz hududida 80 dan ortiqmevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekishdi. Maskur tadbirda tibbiyet birlashmasi bulim  mudirlari ,maʼmuriyat ishchilari faol ishtirok qildilar.
#Bildirish

Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi 14 kunga vaqtincha yopiladi

Oqqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam, qabul, rejali xirurgiya, reanimatsiya anesteziologiya, terapiya, ginekologiya va tugʻruqxona boʻlimlarida navbatdagi profilaktik tozalov, kosmetik taʼmirlash, dezinfeksiya, deratizatsiya, dezensketsiya ishlarini oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabati bilan 2022-yilning 5-noyabridan 2022-yilning 19-noyabriga qadar 14 (oʻn toʻrt) kunlik rejali yuvishga yopilishi kutilayapti. Oqqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasi bemorlarni Boʻka tuman tibbiyot birlashmasi, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi hamda Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmalarida statsionar tibbiy yordam koʻrsatilishi maʼlum qiladi.
#Tezkor

⚡️⚡️⚡️Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi “Zangiota-Qoplonbek” avtoyoʻl oʻtkazish punkti 19-oyga yopiladi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti bilan chegaradosh boʻlgan Qozogʻiston Respublikasining “Qoplonbek” avtoyoʻl oʻtkazish punkti modernizatsiya qilinishi hamda texnik tomonidan jihozlashnishi rejalashtirganligi bois, mazkur oʻtkazish punktini joriy yilning 1-noyabr kunidan boshlab vaqtincha yopilishi maʼlum qilinadi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi Oqqo‘rg‘on tumanida izchil davom etmoqda. Tumanimizdagi maktabga taʼlim tashkilotlari oʻz hududlarini yashillikka burkash ishlarida faol qatnashmoqda.