Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bir gala daydi itlar borasidagi materialga tuman Obodonlashtirish bo‘limining rasmiy munosabati.

Tuman Obodonlashtirish bo‘limining "Yovvoyi itlarni ovlash" xizmati xodimlari tomonidan egasiz, qarovsiz itlar, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tutib belgilangan tartibdagi choralar ko‘rildi.

O‘rni kelganda aytish joizki, xizmat xodimlari yovvoyi itlarni tutishga chiqqanda ayrim xonadon egalari "Bu mening itim, tegmanglar", deb xizmat xodimlariga qarshilik ko‘rsatishga urinishadi.Shu sababli barcha it boqayotgan fuqarolardan ularni veteraniya bo‘limidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishingizni va uy hayvonlaringizni nazoratsiz qoldirmaslingizni so‘raymiz.
💥💥💥💥
#jarayon
#tashabbus

Bugun tumanimizdagi “Suvti” MFYda "Qishloq ayoli "kuni munosabati bilan mahalla xotin-qizlar faoli hamda hududdagi ta’lim muassasasi ma’muriyati hamkorligida "Bolaga kitob bering"‘shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda qishloq ayollari va bolalarga kitobning ahamiyati va roli haqida tushuntirishlar olib borilib, kitoblar sovg‘a qilindi.
#mehnat_yarmarkasi

24 nafar fuqaro doimiy ishli bo‘ldi


Oqqoʻrgʻon tuman 3-sektor rahbari I.T.Turgʻunovning tashabbusi bilan 3-sektor  hududida joylashgan 1-sonli kasb–hunar maktab binosida tuman  Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda “Mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

Yarmarkaga oliy taʼlim, oʻrta maxsus, maktab bitiruvchilari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi ish qidirayotgan fuqarolar taklif etildi. Unda Oqqoʻrgʻon  tumanida joylashgan  48 ta korxona va tashkilot oʻzlarida mavjud  480 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada qatnashgan 136 nafar vaqtincha band boʻlmagan  fuqaroning 24 nafari doimiy ish joyiga ega boʻldi, 11 nafari esa haq toʻlanadigan jamoat  ishlariga, oʻqish istagini bildirgan  28 nafar fuqaroga tumandagi  “Ishga marhamat” monomarkaziga yoʻllanmalar berildi.