Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.68K subscribers
25.4K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi doirasida
⚡️Sportning stol tennis turi boʻyicha
⚡️Taʼlim muasasalaridagi oʻquvchilari oʻrtasida
⚡️Tuman bosqichi
5- oktyabr kuni 10-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar oʻrtasida besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stol tennisi turi boʻyicha 8-11 sinflarda ta'lim olayotgan oʻquvchilar, yakkalik oʻgʻil va qizlar bahslarida ishtirok etdi. Gʻoliblarga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma berildi.

@oqqorgon_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#раис_ташаббуси

Аҳилликда гап кўп

Ўтган йили аномал совуқда "Жағалбойли" МФЙнинг Бинафша ва Ташаббускор кўчалари аҳолиси газ таъминотидаги узилишлардан анчагина қийналишган эди.

Халқимизнинг "Ёз ёпинчиғингни қўйма, қишда ўзинг биласан" нақлига амал қилган ушбу маҳалла аҳолиси МФЙ раиси ташаббусини қўллаб-қувватлаб 60 та хонадонга етарли газ босими берадиган 76 ммли 730 метр табиий газ темир қувур турба ва устунларини харид қилишди. Айни пайтда таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда.

Муҳими маҳалла аҳли қишин-ёзин табиий газ етишмаслиги масаласига аҳилликда ечим топишди.

Аҳилликда гап кўп деб доно халқимиз бежизга айтишмаган.

✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
@Oqqorgon_hokimligi
“Уч авлод" учрашувлари ёшларга ҳаёт сабоқларини бермоқда

Бугун "Тарих ва Ўлкашунослик" музейида навбатдаги "Уч авлод учрашуви" ўтказилди.

✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
@Oqqorgon_hokimligi
#Oqqoʻrgʻon_tumani
#Hamkorlik
#Zakovat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida Oqqo‘rg‘on tumanida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun "Mustaqillik" MFY hududidagi 49-IDUMda RMMM tuman bo‘linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, "Mustaqillik" MFY, Tuman Axborot kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan intellektual o‘yin yoshlarni bir maqsad, bilim va tafakkur sari birlashtirdi.

“Zakovat” intelektual o‘yini davomida "Universal", "Everest", "Liderlar", " Zakovat", "Intellekt", Taraqqiyot" va "Evrika" jamoalari o‘zaro bellashib, “Intellekt” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

✍️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi

@oqqorgon_hokimligi