Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 IT-park rezidenti bo'lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o'quv kurslarini so'nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (8 mln 250 ming so'mgacha) iste'mol kreditlari ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

‼️ Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni Qurolli Kuchlar rezervida oʻtashdan boʻyin tovlash BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha (660 ming soʻmdan 1 mln 650 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
#Bilasizmi

🔰 Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug'ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olishga subsidiya ajratilishi belgilangan.

Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun BHMning 15 baravaridan (4 mln 950 ming so'mdan) oshmasligi lozim.

☑️ Shuningdek, YTTlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#bilasizmi

Фуқаролар:

🔹ёнғин хавфсизлиги талабларига риоя қилиши;

🔹ёнғинни сезиб қолганда бу ҳақда ёнғиндан сақлаш хизматига дарҳол хабар қилиши;

🔹ёнғиндан сақлаш хизмати мансабдор шахсларининг қонуний талабларини бажариши;

🔹ўзига қарашли ишлаб чиқариш, хўжалик биноларини, тураржойларни ва бошқа бинолар ҳамда иморатларни белгиланган тартибда ёнғин назоратини амалга ошириш мақсадида кўздан кечириши ва текшириши учун ёнғин назорати органларининг мансабдор шахсларига имконият бериши шарт.

(Ёнғин хавфсизлиги тўғрисидаги Қонун ЎРҚ-226-сон, 11-моддаси)

⚠️ Ушбу қоидаларни бузиш белгиланган тартибда қонуний чора кўрилишига сабаб бўлади!

(Ёнғин хавфсизлиги тўғрисидаги Қонун ЎРҚ-226-сон, 38-моддаси)


👉 @oqqorgon_hokimligi