Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Qaror_va_ijro

Prezidentimizning joriy yil 1-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbir toʻgʻrisida”gi PQ 107-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida Oqqoʻrgʻon tumanida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilda jami 3014 gektar yer maydoniga suv tejamkor texnologiyalar oʻrnatilmoqda.

Bugungi kunda tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan 43ta fermer xoʻjaligi va “ABS agroklaster” dalalariga mazkur texnologiyalar tatbiq etilmoqda.

32 ta fermer xoʻjaligida ayni damda kovlash, qurilish, montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
#qaror_va_ijro

Uch avlod uchrashuvlari

Prezidentining 2023 yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi 92-sonli qarorning ijrosini taminlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tumani "Hamid Olimjon" mahallasidagi 39-son umumta'lim maktabida faxriylar va nuroniylar "Keksalar maslahati" guruh aʼzolari ishtirokida Uch avlod uchrashuvi tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar o‘zlarining hayot yo‘llarida ko‘rgan-kechirganlari mehnat faoliyati davomida orttirgan boy tajribalari haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, yosh avlod vakillariga kelajakda vatanparvar, ota-onasi  va milliy qadiryatlarimizni qadirlash kerakligi to‘g‘rida tushinchalar berishdi.
#qaror_va_ijro

Sog‘lom ovqatlanish jism salomatligi garovi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-apreldagi "2023-2025-yillarda "To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom tarzi umummilliy harakatini amalga oshirish dasturi" ijrosini ta`minlash maqsadida tumanimizda targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, "Tortuvli" MFY faollari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida tibbiyot xodimlari to‘g‘ri va maqsadli ovqatlanish, organizmda suyuqlik miqdorini me`yorda ta`minlash inson salomatligigni asrashda muhim omil ekani tushuntirildi.

Shuningdek, iste`mol savatchamizdagi mahsulotlarning foydali va zararli jihatlari haqida ma`lumot berildi.
#qaror_va_ijro

Prezidentimizning 2022-yil 26-yanvardagi "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №-102-sonli Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Oqqorgon tumani tibbiyot birlashmasida Respublika Endokrinologiya markazi bosh shifokor muovini S.F.Sirojiddinova hamda Toshkent viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori M.M.Karimova ishtirokida aholi o‘rtasida qandli diabet kasalligi, uning oldini olish choralari, diagnostikasi hamda kasallik tarixi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda TTBga qarashli KTMP, OP, OShP va stasionar bo`limlari mutaxassislari ishtirok etishdi.
#qaror_va_ijro

58 nafar ayolga tavsiya berildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi “Mutaxassisligi boyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bolgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga oqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi №-322-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tumani oila va xotin-qizlar bolimi tomonidan 58 nafar ayolga oliy ta’limda o‘qish uchun tavsiyalar berildi.
#qaror_va_ijro
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Yoshlar doimo e’tiborda

Prezidentimiz rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni boʻlib oʻtgan vidoeselektr yigʻilishida yoshlar toifalarga ajratilib respublika, viloyat va tuman rahbarlariga biriktirilgandi.

Bu borada talaygina ishlar amalga oshirilib, yoshlar bandligi taʼminlanib, kasb-hunarga yoʻnaltirilmoqda.
Oqqoʻrgʻon tumani hokiming Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari bo‘yicha oʻrinbosariiga biriktirilgan 36 nafar  yosh biriktirilgan Q.Shintemirov ana shu yoshlar va ularning ota-onalari bilan tizimli muloqot yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, bugun “Zarbdor” MFY mahallasining Diyorbek Qarshiboyev  va
Samandar G'allomovning ota-onalari bilan uchrashdi.
O‘rganish asnosida Diyorbek bugungi kunda poytaxtdagi tekistil korxonasida ishlayotgani maʼlum boʻldi. Suhbat asosida Diyorbekning turmush oʻrtogʻining taʼlim kreditini toʻlashga koʻmaklashinadigan boʻldi.

Samandar G'allomovga esa "Ishga marhamat" monomarkazga kasb-hunar oʻrganishi uchun monomarkazga yoʻllanma berildi.
#qaror_va ijro
#qurulish_ishlari


Ravon yoʻl - farovon hayot kaliti


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.05.2021-yil 20-maydagi "Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi 5118-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ayni kunlarda tumanimizning "Yoshlik" MFY Taraqqiyot koʻchasi 1130 metr va "Navroʻz" MFY Yoshlik koʻchasi 600 metr toʻliq asfaltlandi. Qurilish ishlari "Boʻka TYFUK" korxonasi tomonidan amalga ashirildi
#qaror_va_ijro
#bunyodkorlik_ishlari

🛣️🛣️Chorvador va Vatan ravnaqi koʻchalari asfatlandi

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 20-maydagi "Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi 5118-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugungi kunda tumanimizning "Sultonobod" MFY Vatan ravnaqi koʻchasi 740 metr va "Hamzaobod" MFY Chorvador koʻchasi 675 metr toʻliq asfaltlandi.

Qurilish ishlari "Boʻka TYFUK" korxonasi tomonidan amalga oshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro #Decision_and_execution #Указ_и_исполнение

Aholi bandligini ta'minlashda Oqqorg‘on tumanidagi "Ishga marhamat" monomarkazi o`z samarasini bermoqda


Bugun markazda elektromobillarni ta'mirlash, quyosh panellarini o‘rnatish, dasturlash kabi qator yangi yo‘nalishlarda ham o`qitish ishlari boshlangan.
______________

The "Ishga Marhamat" Mono Center in the Akkurgan district proves effective in ensuring employment for the population

Today, the center has also started training in several new areas, such as electric vehicle repair, solar panel installation, and programming.
_____________

Моноцентр "Ishga marhamat" («Добро пожаловать на работу») в Аккурганском районе доказывает свою эффективность в деле обеспечения трудоустройства населения

Сегодня в этом центре начали работы по обучению желающих таким новым специальностям как «ремонт электромобилей», «установка солнечных панелей», «программирование» и другим.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM