Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Umid Nabiev, xalqaro toifadagi sport ustasi, Toshkent viloyati Zangiota tumani "Vatanparvar" MFY yoshlar yetakchisi:

— Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlarda biz yoshlarga ham keng imkoniyatlar berilmoqda. Qonuniy huquqlarimizga befarq bo‘lmagan holda yoshlarni 30- aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga chorlayman.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Ogohlik

Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga ayrim tovarlar xaridi uchun toʻlangan QQS qaytariladi

“2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–113-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, 2023-yil 15-apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

🔸meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yoʻnalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi;

🔸intensiv bogʻ va tokzorlar, agrologistika obyektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing toʻlovi 10 foizi oldindan toʻlash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.

📝 Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (paxta, gʻalla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajoʻxori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.

🔢 2023-yil 1-iyungacha paxta, gʻalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi roʻyxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan QQS summasi qaytariladi.

2023-yil 1-iyundan qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

💰Qarorga koʻra shuningdek, Prezidentning tegishli qarori doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2023-yilda 400 milliard soʻm byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

🏢 Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.

2023-yilda har bir viloyatda oʻrtacha 250-300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etiladi.

📊Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Гуландам Субханова, Республика тожик миллий маданий маркази раиси:

— Ҳозирда жуда катта сиёсий жараён ва масъулиятли бир тадбир арафасида турибмиз. Янгиланаётган Конституция бўйича референдумга тайёргарлик ишлари бўлмоқда. Бунга қадар Конституция лойиҳаси икки марта умумхалқ муҳокамасига қўйилди, биз берган таклифлар ҳам лойиҳага киритилди. 8-моддада Ўзбекистон халқини миллатидан қатъи назар, Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари ташкил этади, деб ёзилгани эса бизни янада қувонтирди. Бўлажак референдумга бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
Yurtboshimizning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Oqqoʻrgʻon tumani mahallalarida ham Muborak Ramazon oyi davomida iftorlik tadbirlarni o‘tkazish belgilangan.

Bugun ham tumanimizda joylashgan "Xalqobod" MFY fuqarolari uchun “Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan iftorlik dasturxoni yozildi.

Iftorlikda mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila a'zolari, faol xotin-qizlar va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.
#ehson

Bugun 3-sektor rahbari tashabbusi bilan “Jag‘alboyli” MFY Obod ko‘chasi 15-uyda yashovchi Saida Omonkulovaning yashash xonadonida iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

Iftorlikda mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila aʼzolari, faol xotin-qizlar va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Azizbek Halilov,
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi,
Toshkent tumani.

— Oldinlari oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda tanish-bilishchilik holatlari koʻp uchrab turardi. Buning oqibatida koʻp yoshlar oliy taʼlim olishdan umidini uzib ketganlarini koʻrganman. Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar sababli bu holatlar bartaraf etildi. Yangi Konstitutsiyamizning 51-moddasiga kiritilayotgan oʻzgarishlar ham yoshlarimiz hayotiga ijobiy taʼsir qilishiga ishonaman. Men 30-aprel kuni boʻladigan referendumda ishtirok etaman va barchani befarq boʻlmaslikka chaqiraman!

@menbefarqemasman

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerika Qoʻshma Shtatlarining San-Antonio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi professional boks kechasida Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi kapitan Isroil Madrimov - texaslik Rafa Igvokbe ustidan gʻalab qozondi

🌐BATAFSIL VIDEODA

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Рустам Абдураҳмонов, ҳунарманд:

— Мен уч авлод уста кулоллар сулоласи вакилиман. Биз кўплаб давлатларда ҳунаримизни намойиш этиб, кўргазмаларда қатнашиб келяпмиз. Бўлажак референдумда шогирдларим билан иштирок этамиз. Биз келажагимизга бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
#rasmiy

Tayinlov

Nishonov Doniyor   Qo‘chqorovich — Oqqo‘rg‘on tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbari lavozimiga tayinlandi

D.Nishonov 1989-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Lavozimi tayinlagunga qadar, Oqqo'rg'on tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#экспертфикри

🇺🇿Янги таҳрирдаги Конституциямизнинг 82-моддасида оммавий ахборот воситаларининг фаолиятига тўсқинлик қилиш ёки аралашиш қонунга мувофиқ жавобгарликка сабаб бўлиши мустаҳкамланмоқда.

🌏 Тараққий этган мамлакатларнинг тарихий тажрибасига кўра сўз ва матбуот эркинлигини таъминламай туриб иқтисодий ривожланишга эришиб бўлмайди.

🗞Ушбу норма оммавий ахборот воситаларининг эркин, турли маъмурий босимлардан қўрқмасдан фаолият юритишини таъминлайди ҳамда жамиятда очиқлик ва ошкоралик муҳитини мустаҳкамлашга, кучли жамоатчилик назоратини йўлга қўйишга хизмат қилади.

Хайитжон Турдиев
Тошкент давлат юридик университети доценти, юридик фанлар бўйича фалсафа доктори

@olimlar_minbari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Nazokat Choriyeva, oʻqituvchi (Toshkent viloyati):

— Yangi Konstitutsiyamizning 52 - moddasi bilan oʻqituvchilarning qadr-qimmati, shaʼni himoya qilinayapti, ularni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlaydigan, huquqlarini kafolatlaydigan yangi normalar kiritilayapti. Biz oʻqituvchilar taʼlimga oid islohotlarga befarq emasmiz! 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda ishtirok etamiz!

@menbefarqemasman
#bildirish

Bugun Oqqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida Toshkent viloyati hokimi va Mudofaa vaziri tasdiqlagan rejaga muvofiq chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkaziladi.

Unda Mudofaa vazirligi qoshidagi davo maskanlarining malakali shifokorlari tomonidan aholimizga salomatliklari borasida zarur tavsiyalar beriladi.

Jumladan, travmatolog, terapevt, nevropatolog, ginekolog, kardiolog, pediatr va jarroh kabi mutaxassislar tor doirada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik o‘tkazadilar.

Koʻrik kun davomida amalga oshiriladi.
#bildirish
#madaniy_maʼrifiy_kecha

Hurmatli Oqqoʻrgʻon tumani aholisi!

O‘z sanʼati bilan xalqimiz qalbidan oʻrin olgan sanʼatkorlar Nargiza Azimova, “Surxon” guruhi,  Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, Oʻzbekiston davlat satira teatri aktyorlari, viloyat namunali maqom va TOQQ harbiy orkestri hamda ashula va raqs ansambllari xonandalari Siz uchun bugun soat 19:00dan boshlab tumanimiz markazidagi “Yoshlar bogʻi”dagi amfiteatrda jonli ijroda konsert dasturi namoyish etishadi.

Barcha tumandoshlarimizni madaniy hordiq chiqarish uchun taklif etamiz.