Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
25K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulashıng_aksıyası

    Ayni damda yurtimiz bo'ylab hukm surayotgan qish faslining injiqliklariga qaramasdan xalqimiz uchun beminnat xizmat qilayotgan insonlarni "tozalik elchilari", deb atasak mubolag'a bo'lmaydi.

Yoshlar ishlari agentligi Oqqo'rg'on tuman bo'limi, mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan yo'l patrul xodimlari hamda obodonlashtirish boʻlimi xodimlariga Cofe Break tarqatildi. Bu hali hammasi emas...

Siz kabi elparvar insonlarga oʻz minnatdorligimizni bildiramiz.
#Bildirish

Viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarida 12-yanvardan bosqichma-bosqich oʻqishlar boshlangan edi.

Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, maktablarda davomat tushib ketgani, qoʻshimcha ravishda tugʻilayotgan ayrim noqulayliklar joylarda maktab ota-onalar kengashlarining vakillari ishtirokida muhokama qilindi, maslahatlashildi.

Yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqib, Toshkent viloyatidagi barcha umumtaʼlim maktablarida taʼtillar vaqti uzaytirildi. Oʻqishlar 18-yanvardan boshlanishini maʼlum qilamiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мaxsus_dayjest

Anomal sovuq kunlarida sektor rahbarlari va saxovatpesha homiylar hamkorligida markazdan chekka hududlardagi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanmoqda. Quyida shu haqida.

🔘Yoshlar ishlari agentligi. Viloyat boshqarmasi hamda hududlardagi yoshlar yetakchilari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Uyda taʼlim olayotgan va nogironligi boʻlgan yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 100 nafariga kundalik ehtiyoj mahsulotlari yetkazib berildi.

🔘Angren shahri. Sektor rahbarlari “Nishbosh”,  “Lashkerak”  mahallalarida boʻlib, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarga koʻmak koʻrsatdi.

🔘Ohangaron shahri. 4-sektor rahbari va soliq inspeksiyasi xodimlari “Yangiobod” MFYda yashovchi urush qatnashchisi Bekmirza ota Abdusalomovning holidan xabar oldi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Taraqqiyot” mahalla fuqarolari yigʻini xodimlari hamda hokim yordamchisi Z. Normatov tomonidan mahalladagi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi mavjud boʻlgan fuqarolar turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yoʻqlandi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Sektor rahbarlari tomonidan anomal sovuq kunlari koʻchaga chiqishga qiynalayotgan yolgʻiz qariya, nogiron, chin etim, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 120 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔘Piskent tumani. Oybek mahallasi hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 ta oilaga ijtimoiy koʻmak koʻrsatildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️🔰FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida tayyorlangan videorolik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Energetika vazirligining sovuq kunlarda gaz va elektr energiyaga bo‘lgan talabning oshishi, ularni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan murojaati

Batafsil

▶️@minenergy_uz
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Совуқ кунларда электр энергиясидан оқилона ва тўғри фойдаланиш тизим самарадорлиги ва носозликлар олдини олишда муҳим аҳамиятга эга

Энергетика вазирлигининг совуқ кунларда газ ва электроэнергияга бўлган талабнинг ошиши, уларни етказиб беришда юзага келаётган муаммолар ҳамда бу борада амалга оширилаётган чора-тадбирлар юзасидан мурожаати:

Табиий газ ва электр энергияси импорти ҳажмини тезкор кўрилган чоралар ва келишувлар асосида максимум даражага ошириш ҳисобига кунлик табиий газ истеъмолининг 10 фоизи ҳамда электр энергиясининг 8 фоизи айнан қўшимча импорт ёрдамида таъминланиб келмоқда.

Бироқ газ қувурлари ва магистрал электр тармоқларининг ўтказувчанлик қобилияти етарли бўлса-да, ресурслар етарли эмаслиги ҳисобига истеъмолчиларни энергия ресурслари билан таъминлашда муаммолар кузатилмоқда.

Бугунги кунда республиканинг электр энергияси истеъмоли энг баланд кўрсаткичга, яъни 250 млн кВт.соатга чиқди. Шунингдек, табиий газга бўлган кунлик талаб қазиб чиқаришга нисбатан юқорилигича сақланиб қолмоқда.

Истеъмолчиларнинг хонадонларни иситиш учун электр қурилмаларидан кенг фойдаланишлари натижасида биргина Тошкент шаҳрида бугун кун давомида тармоқларда юкламаларнинг ортиши ҳисобига 1000 дан ортиқ носозлик юзага келди.

Носозликларни бартараф этиш ишларни жадаллаштириш мақсадида республика бўйлаб барча ҳудудий электр тармоқлари корхоналаридан қўшимча бригадалар Тошкентга жалб қилинди.

〰️〰️〰️

⚡️Энергия ресурсларидан оқилона ва имкон қадар тежамкорлик билан фойдаланиш омиллари:

✔️ Батафсил
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#jarayon

Qishning sovuq, qorli-qirovli kunlarida kunu tun mehnat qilayotgan kun qahramonlaridan bir obodonlashtirish xodimlaridir. Erta tongdan obodanlashtirish jonkuyarlari tumanimiz markazi, bog‘ hududlarini qordan tozalash ishlarini amalga oshirmoqdalar.