Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Yoshlarga_imkoniyat
#Talimga_etibor

"Hokim va yoshlar"

Bugun Oqqo‘rg‘on hokimlik binosida yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida  Yoshlar ishlari agentligi Oqqo'rg'on tuman bo'limi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilar tomonidan aniqlangan yoshlarning muammolari va takliflar tinglandi.

Yoshlar minbarda ochiq fikrlar va takliflarini ilgari surishdi. Shu kunga qadar “Yoshlar daftari” orqali aniqlangan va o'z yechimini topgan yoshlarimiz masalalarining bir qismiga, xususan, tadbir davomida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi hamda agentlik tomonidan 74 nafar  talaba, 20 nafar safarbarlik chaqiruv rezervi uchun xujjat topshirgan yoshlarga to‘lov sertifikatlari taqdim etildi.
#bilib_olgan_foyda

Yaldo kechasi...

🌒 21-dekabrdan 22-dekabrga oʻtar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir boʻladi. Ushbu tun Yaldo kechasi deyiladi.

👉Manba
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga ajiotaj talab yuzaga kelganda tahlil o'tkaziladi

Hukumat qarori (716-son, 19.12.2022 y.) bilan Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi bo'yicha tizimli nazorat o'rnatish va zarur choralar ko'rish tartibi to'g'risidagi nizom tadiqlandi.

🔰Nizomga ko'ra, narxlarning keskin tebranishi holatlari yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda vakolatli organ tomonidan tahlil o'tkaziladi.

💰 Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranish davri ushbu mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha bo'lgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshganda yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda, 6 oygacha bo'lgan muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

📝 Asosiy turdagi tovarlar narxlarining o'zgarish dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:

🔸 bozorlar, savdo komplekslarida, chakana savdo tarmoqlarida, birjalarda kunlik shakllangan narxlar to'g'risidagi ma'lumotlarni;

🔸 statistika va bojxona organlari ma'lumotlarini (ma'lumot, byulleten va boshqalarni);

🔸 ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarni;

🔸 qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan ma'lumotlarni to'plash orqali monitoring o'tkazib boradi.

📁 Bozorda mahsulotlar (tovarlar)ning sun'iy taqchilligini keltirib chiqargan alomatlar aniqlanganda, vakolatli organ xo'jalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan o'tkazadi.

Nizom qoidalari yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallar hamda ushbu quyidagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi:

▫️bug'doy va un;
▫️qolipli non;
▫️mol go'shti;
▫️parranda go'shti;
▫️tuxum;
▫️paxta yog'i;
▫️kungaboqar yog'i;
▫️guruch;
▫️shakar;
▫️sut (qadoqlangan).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#bildirish

‼️ “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi “Usta Normat” MFY hududidagi mavjud D-250 mm li ichimlik suv quvurida nosozlik yuzaga kelganligi sabab mavjud muammoni rejalashtirilgan holda bartaraf etish maqsadida 2022-yil 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha ichimlik suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishini ma’lum qiladi.

‼️Mazkur nosozliklar sohaga masʼul xodimlar tomonidan bartaraf etilganidan soʻng ichimlik suv taʼminoti tiklanib, bir meʼyorda uzatilishi ta’minlanadi.

‼️ Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ”Toshkent suv taʼminoti“ MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman bo‘limi “Birlik”, “Mustaqillik”, “Usta Normat” MFYlar aholisiga ichimlik suv zaxirasi yaratishlarini eslatadi va ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun:

+998705521082
+998705521207

✍️”TOSHKENT SUV TA’MINOTI" MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi ijro nazorati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қозоғистон Президенти Ўзбекистонга давлат ташрифининг биринчи кунида Мустақиллик монументи пойига гул қўйди ва "Кўксарой" қароргоҳида дарахт экди

Президент Казахстана в первый день государственного визита в Узбекистан возложил цветы к Монументу Независимости и посадил дерево в резиденции "Куксарой"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#sana

Bugun — energetiklar kuni

Shu munosabat bilan mamlakatimiz energetika tizimi tarmoqlarida sharaf va masʼuliyat bilan xizmat qilayotgan soha hodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun mamlakatimiz energetika salohiyatini yuksaltirish, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, xonadonlarimiz, koʻcha va xiyobonlarimiz, umuman, hayotimizning barcha jabhalarini nurli va farovon qilishni mazkur tizim vakillarining fidokorona xizmatlarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, Istiqlolimizning ilk kunlaridayoq yurtimiz energetika tizimini mustahkamlash borasida oʻta muhim va strategik qadamlar tashlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, xalqimiz xizmatida tunu kun sobit boʻlib kelayotgan soha hodimlariga mustahkam sogʻliq, sharafli va masʼuliyatli ishlarida hamisha zafar va muvaffaqiyatlar, oilalariga tinchlik va xotirjamlik, baxt va iqbol tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев мамлакатимизга ташрифи доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев билан биргаликда Тошкент шаҳридаги Шайх Хованди Тоҳур ва Тўлабий мақбараларини зиёрат қилди.

Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев
в соответствии с программой пребывания в нашей стране вместе с Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым посетил мавзолеи Шайха Хованди Тахура и Тулебия в Ташкенте.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yarmarka

Xalqimizga toʻylar, bayramlar yarashadi. Bu kunlarda elimiz himmatini dasturxonlarda koʻrish mumkin.

Yangi yil bayrami yaqin. Dehqon bozorlarimizda ham toʻkinlik, seroblik. Aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash ham anʼanaga aylangan.

Ayni damda Oqqoʻrgʻon dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan. Ushbu rastadan goʻshtdan tortib shakargacha, shuningdek, ko‘plab poliz mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishingiz mumkin.
Диққат, сўровнома - 1⃣

Юқоридаги суратдан сиз таниган инсонлар - ҳудудларнинг ҳокимлари ўрин олган.

Сизнингча қайси ҳоким жорий йилда ёшларни кўпроқ қўллаб-қувватлади, уларга камарбаста бўла олди? Қани ёшлар, энг муносиб номзодга овоз беринг.

Сўровнома 29 декабрь соат 10:00 гача давом этади.

⚠️Эслатма: турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁Ғолиблар йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.

Овоз беришда иштирок этиш учун ушбу каналга уланинг:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi