Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.23K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.86K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#targʻibot

Oqqoʻrgʻon tumani 78-IDUM tarbiyalanuvchilari bilan Yongʻin xavfsizligi oyligi munosabati bilan Oqqoʻrgʻon tumani FVB xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda prafilaktik suhbat  oʻtkazildi. Maktab tarbiyalanuvchilariga yong‘in sodir bo‘lganda olib boriladigan ishlar amaliyoti amaliy tushuntirildi.
Oqqo‘rg‘on tuman hokimi A.Karimdjanov mahallalardagi hokim yordamchilari va tadbirkorlar, tijorat banklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalladagi qishloq ho'jaligi mahsulotlarining eksportini amalga oshirish, hududlarda ishlab chiqarish va tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lganlarga yaqindan yordam berish, bu boradagi ishlarda Prezidentimizning 408-sonli qaroriga muvofiq mahallalar infratuzilmasi yaxshilanib borayotgan ta’kidlandi. Shuningdek, auksion savdolar orqali berilayotgan yer maydonlari monitoringini yuritish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tv_nigoh

“Nurafshon TV” telekanalining “Xabarlar”teledasturida Oqqo‘rg‘on tumani 2-sektor hududida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ekomarafonda daraxt ekish ishlari haqida reportaj namoyish etildi.
#jarayon

Oqqo‘rg‘on tarixini bilasizmi?

Oqqo'rg'on tumani "Tarix va o'lkashunoslik" muzeyida "Oqqo'rg'on tarixini bilasizmi?" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston xalq o'qituvchisi O'rish Safarov,  akademik Hikmatilla Isroilov  va shoira Sojida Suyarova tadbir mehmoni bo'lishdi.

Tuman XTBga qarashli 12-sonli maktab, 14-sonli maktab va 49-sonli IDUM o'quvchilari o'zlarining kuy-qo'shiqlari, badiiy va she'riy chiqishlari bilan tadbir fayzu shukuhini oshirishdi. Tadbir so'ngida mehmonlarga muzey nomidan esdalik sovg'alari berildi.