#tashviqot
Bugun Oqqoʻrgʻon tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi, “Oila maktabi”, mahallalardagi ayollar faollari, oqila ayollar, Axborot resurs markazi tuman boʻlinmasi hamda RMVMMTB hamkorligida “Kitob oʻqigan onalar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifay tadbir oʻtkazildi.
Tadbir vositasida ayollarimizning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlashda kitobning ahamiyati targʻib qilindi.
Kutubxonachilar tomonidan oʻzbek adabiyati, mutafakkirlari hayoti, ijodi haqida maʼlumotlar berilib, badiiy asarlar asosida sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Tadbirda Viloyat Oqila ayollar harakati rahbari Matluba Mamadaliyeva, Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Mashhura Hamrayeva, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Oydin Yusupova ishtirok etishdi. Oqila ayollarning bir guruhi tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan ragʻbatlantirildi.

#FVB_ogohlantiradi
BOTULIZM XAVFLI KASALLIK.
Aholi o‘rtasida xonadon sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanish – botulizm kasalligi uchraydi.
Botulizm kasalligiga chalinmaslik va uning oldini olish uchun uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, ko‘cha-ko‘ydan va turli xildagi savdo majmualaridan konserva mahsulotlarini sotib olmaslik muhim hisoblanadi.
Har qanday kasalliklar kabi, botulizmning oldini olish ham insonning o‘z qo‘lida.
Botulizm kasalligiga chalinmaslik va uning oldini olish uchun qoidalarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz.

Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi
❗️Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?
✅ Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);
🔹oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).
❕ O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;
🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
🔹oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom;
❕qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;
🔹soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR);
🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);
🔹jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#yashil_makon
Oqqoʻrgʻonliklar Moʻynoqda daraxt oʻtkazishdi
Qoraqolpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani “Boʻzoʻtov” MFY Qipchoqdaryo ovulida Toshkent viloyati hokimligi homiyligida qurilayotgan maktabgacha taʼlim muassasasini oʻquv qurollari va koʻrgazmali vositalar bilan jihozlash ishlari Oqqoʻrgʻon tumani tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni damda tumanimiz masʼul xodimlari Moʻynoqda boʻlib yakuniy ishlarni amalga oshirish harakatida. Shu bilan birgalikda xizmat safarida yurgan masʼullarimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bogʻchani obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirishga ham alohida eʼtobor qaratmoqdalar.
Xususan, bogʻcha atrofiga manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtkazildi.

Forwarded from MINENERGY.UZ
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 19-noyabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi
Kecha, 19-noyabr kuni elektr stansiyalar orqali 217 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 210 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 145,4 mln kub metr tabiiy gaz va 1,5 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 7 ming 848 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.
Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir soatdan bir yarim soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 700 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.
Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bo‘yicha Toshkent viloyatining ayrim hududlarida gaz bosimining pasayishi kuzatildi. Isteʼmolchilardan 250 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.
Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.
Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.
Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.
▶️@minenergy_uz

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев билан телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.
—
Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Республики Казахстан Касым-Жомартом Токаевым.
#Mirziyoyev #muloqot #Qozogiston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter