Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.2K subscribers
29.5K photos
1.85K videos
50 files
3.78K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Inson_qadri
#11_noyabr_Oʻzbekiston_kasaba_uyushmalari_kuni

Prezidentimiz tashabbuslari bilan 11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” etib belgilangan. Shu kun munosabati bilan tumanimizdagi “Yoshlar va madaniyat markazi”da kasaba uyushmalarning bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi  Alisher Karimdjanov, viloyat agro sanoat kasaba uyushmasi rahbari Sevara Hamidova, 3-sektor rahbari Ilgʻor Turgʻunov, tumandagi don, paxta klaster hamda ilgʻor fermer xoʻjalik va tumandagi bir qator tashkilot va korxona rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida soʻzga chiqqan A.Karimdjanov kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan yuksak ishlar va yutuqlar haqida toʻxtalib, barcha tizim xodimlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng, tuman agro sanoat kasaba uyushmasi tomonidan don va paxta klasteri va ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda tuman qishloq xoʻjaligiga oid tashkilot va korxona rahbarlariga esdalik sovgʻalar va tashakkurnomalar topshirildi.
#tezkor_dolzarb

Diqqat yoʻl vaqtincha yopiladi

Hurmatli fuqarolar Yangiyoʻl tumani "Koʻkalamzor" va “Baytish” mahallalarini bogʻlovchi (4R23 Yangiyoʻl-Quyichirchiq-Oqqoʻrgʻon) yoʻnalishidagi koʻprikni ta’mirlash ishlari boʻlayotganligi uchun bir sutkaga yopilishini inobatga olib vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanib turishingizni soʻraymiz.

📍 Lokatsiya
#yashil_makon

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tumani sudi va sud xodimlari sud binosi hovlisi atrofiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekdilar.

Batafsil
#Xatlov
#Maʼsuliyat_va_samara
#Oqqoʻrgʻon

Bugun.  Ayni damda xatlov ishlari Oqqoʻrgʻon tumanida ham jadallik bilan tashkillashtirilmoqda.

Hurmatli yoshlar sizda taklif va muammo,  yoki tashabbus bormi, u holda mahallangiz yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

Olma pish ogʻzimga tush deb oʻtirish bugun amalga oshirilayotgan shiddatli islohatlarga toʻgʻri kelmaydi.

Sizdan bir qadam oldinga harakat, bizdan esa har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. Yoshlar tashabbuskor va faol boʻling!!!
#statistika

9 oy davomida 799,1 ming tonna sabzavot yetishtirildi

2022-yilning
yanvar - sentyabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 799,1 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Bu 2021 yilning yanvar - sentyabr oylariga solishtirganda 0,4 foizga ko‘pdir.

Hududlar kesimida sabzavot yetishtirish hajmlari quyidagicha:

Bekobod tumani - 140 366,5 tonna

Zangiota tumani - 93 115,2 tonna

Oqqo‘rg‘on tumani - 85 375,8 tonna

Toshkent tumani - 84 519,3 tonna

Chinoz tumani – 56 502,8 tonna

Yuqori Chirchiq tumani - 46 543,3 tonna

Yangiyo‘l tumani – 46 399,4 tonna

Qibray tumani - 45 282,4 tonna

Bo‘stonliq tumani – 41 701,5 tonna

Piskent tumani – 32 605,8 tonna

Parkent tumani – 30 356,7 tonna

O‘rta Chirchiq tumani – 30 185,6 tonna

Quyi Chirchiq tumani – 21 353,2 tonna

Ohangaron tumani - 18 596,6 tonna

Bo‘ka tumani - 13 709,6 tonna

Angren shahri - 3 132,2 tonna

Bekobod shahri – 2 200,0 tonna

Chirchiq shahri – 1 710,9 tonna

Yangiyo‘l shahri – 1 431,1 tonna

Ohangaron shahri – 1 391,9 tonna

Nurafshon shahri – 1 212,0 tonna

Olmaliq shahri – 1 118,2 tonna

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM