Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Йиғилишда заргарликда ҳам имкониятлар жуда кенглиги, мамлакатимизда 300 миллион долларлик ички бозор борлиги таъкидланди.

Бу талабни бемалол ўзимизни маҳаллий заргарлар қондириши мумкин. Шу сабабли уларни қўллаб-қувватлаш учун 1 декабрдан бошлаб:

- олтин ва кумушга кечиктириб тўлаш учун барча банклар ва Экспортни рағбатлантириш агентлиги кафолатлари қабул қилинади;

- кафолат олиш имконияти якка тартибдаги заргарлар учун ҳам яратилади;

- олтин, кумуш ва заргарлик учун зарур бошқа хом ашёларни қайта ишлаш учун вақтинча олиб кириш ва олиб чиқишда лицензия талаби бекор қилинади;

- заргарлар ишлатадиган қимматбаҳо ва безак тошлари божхона тўловларидан озод қилинади;

- 10 минг долларгача бўлган заргарлик буюмларини четга олиб чиқишга рухсат берилади (ҳозир 5 минггача рухсат берилган).

Тегишли вилоятлар ҳокимларига Самарқанд, Бухоро ва Қўқон шаҳарларида заргарлик савдо ва ишлаб чиқариш мажмуаларини ишга тушириш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент келгуси йилда экспортни қўллаб-қувватлаш кенгайтирилиши, бундан буён тармоқларга субсидиялар экспорт ҳажмига қараб бериладиган тизим яратилишини таъкидлади.

Бугунги йиғилишдаги топшириқлар ижроси натижасида ҳудудий саноатни ривожлантиришга қўшимча 300 миллион доллар ва 350 миллиард сўм маблағ ажратилиши қайд этилди.

Айтилган марраларга эришилса, келгуси йилда қўшимча 2 миллиард доллар экспорт ҳажмлари таъминланади.

Ҳокимлар ва тармоқ раҳбарлари бундан самарали фойдаланиб, 2023 йилда 8,2 миллиард долларлик ҳудудий саноат маҳсулотлари экспортини таъминлаши шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Йиғилиш якунида мутасаддиларнинг ахбороти эшитилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Diqqat_eʼlon

Sobiq bogʻcha sotuvga qoʻyildi


Oqqoʻrgʻon tumanidagi 24ta noturar, foydalanilmayotgan obyektlar ochiq, elektron onlayn auksionga qoʻyildi.

Jumladan, “Hamid Olimjon” MFY hududidagi sobiq 12-sonli bogʻcha.

Xususiy bogʻcha ochaman, deb niyat qilib yurganlar uchun ajoyib imkoniyat

Ushbu havola orqali auksionda ishtirok eting.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔘 Iste’molchi suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilganda uning vaznini o‘lchashni talab qilishga haqli.

📌 Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransportlarda nazorat tarozisi bo‘lishini ta’minlashga majbur.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va
muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Bekobod tumani. Bolalar masalalari boʻyicha Bekobod tumani komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda 2022-yilning oxirgi choragiga moʻljallangan ish rejalari yuzasidan shahar hokimi oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.

🔘Ohangaron shahri.Yashil makon” loyihasi, tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish va kommunal sohalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 45-sonli STEM maktabida nazorat qiluvchi idoralar hamkorligida “Davomat” va “Tigʻ” nomli reyd tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani.Sutbuloq” mahallasida yashovchi Mahfuza AbishovaAyollar daftari” bergan imkoniyat bilan tadbirkorga aylandi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani.Ayollar daftari”dagi 30 nafar xotin-qiz Jahon banki hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi seminarida tadbirkorlikdan ilk saboqlar olishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri.Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, davlat xizmatchilarining odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani.Chamanzor”lik “Ayollar daftari”da turuvchi Gulruxsor Aliyevaga issiqxonada qulupnay yetishtirish uchun 33 mln soʻm imtiyozli kredit ajratildi.

🔘Piskent tumani. Hokim oʻrinbosari Sarvar Xamdamov boshchiligida yoshlar uyma-uy xatlovdan oʻtkazilmoqda. Maqsad - 29 ta mahalladagi 30 yoshgacha boʻlgan 22 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olishdir.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллий саноатни ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития местной промышленности.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📣📣📣📣📣

#DIQQAT_EʼLON❗️❗️

“Eng namunali tadbirkor” tanlovida ishtirok eting!
        
Yurtimizda ayollar tadbirkorligi va oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔰 Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-376-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oqqoʻrgʻon tumani hokimligi Oila va xotin qizlar boʻlimi hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi tomonidan tumandagi mahallalarda kasanachilik orqali ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorlar oʻrtasida “Eng namunali tadbirkor” koʻrik-tanlovini eʼlon qilinmoqda.

✳️ Oʻz biznes loyihalari bilan tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oqqoʻrgʻon tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar boʻlimiga murojaat etishlari soʻraladi.

❇️ Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad: avvalo, mahalla ayollarini tadbirkorlik sohasiga keng jalb etishni ragʻbatlantirish va oila daromadlarini koʻpaytirish, ularni ish bilan taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni tatbiq etishdir.
#ZAKOVAT
#BESH_TASHABBUS

Oqqo'rg'on tumani Yoshlar ishlar agentligi va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida "Besh tashabbus" olimpiadasi 2-mavsumi doirasida mahallalarda o'tkazilayotgan “ZAKOVAT” intellektual o'yinining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. O'yin natijalariga ko'ra:
🥇-o'rinni “Xalqabod” mahallasi,
🥈-o'rinni “Hamid Olimjon” mahallasi,
🥉-o'rinni “Xosildor” mahallasi jamoalari egallashdi.
Bugungi hamkorlik uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTga hamda QUATTRO restarani rahbariga yoshlar minnatdorligini bildirdi.