Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.78K subscribers
26K photos
1.62K videos
45 files
3.21K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Millatlararo_totuvlik
🇺🇿🇹🇲🇺🇿🇹🇲🇺🇿🇹🇲🇹🇲🇺🇿🇹🇲🇹🇲🇺🇿🇹🇲🇹🇲🇺🇿🇹🇲🇺🇿🇹🇲🇹🇲🇺🇿🇹🇲

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Xalq talimi bo‘limiga qarashli 24-sonli umumiy o‘rta talim maktabi o‘quvchi qizlari poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida "Turkman madaniyat markazining 20 yilligi" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda faol ishtirok etdi.

Tumanimiz hududida Turkman millatiga mansub bo‘lgan fuqarolarimiz hamjixatlikda yashab kelmoqda.

Turkman-O‘zbek millatlari do‘stligi abadiy bo‘lsin!!!
#Yashil_makon
#FVB_tashabbusi

Shamalak sohili bogʻ boʻladi


“Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini koʻp qavatli uylar atrofi Shamalak kanali boʻyida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tashabbusi bilan 1 gektar maydonda bogʻ barpo etilmoqda.

Tuman FVB tomonidan bogʻ oʻrni tekislanib, bugun koʻchat ekish ishlari boshlab ham yuborildi. Mutasaddilar aytishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ushbu boqqa 800 tup mevali, manzarali daraxt koʻchatlari ekiladi.
#Kasbim_kelajagim

Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida kecha Respublika tashxis markazining 2022-yil 24-avgustdagi 40-sonli buyrug'iga asosan оktabr oyi "Maishiy hizmat ko'rsatish sohasi"oyligi yakuni bo'yicha "Ustoz-shogird "an'anasi doirasida "Yigit kishiga qirq hunar oz" qiz bolalar uchun "Kasbim-kelajak baxtim" mavzusida tumandagi 49 ta umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi аmaliyotchi psixologlar hamda "Ustoz va shogirdlar" ishtirokida hunarmandlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Ko'rgazmada "Tikuvchilik", "Zardo'zlik", "Quroqchilik" va boshqa turli yo'nalishlarda shogirdlarning ishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida eng namunali ustoz va shogirdlar aniqlanib Xalq ta'limi bo'limi tomonidan taqdirlandilar.