Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.73K subscribers
25.7K photos
1.6K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Kibersport

👩‍🎓  Zamonaviy_sport

✍️   Oqqo‘rg‘on tumanida besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Kibersport" tanlovinig tuman bosqichi tashkil etildi.

🎤 Kibersportda tajribasi bor   Usta Normat, Guliston va Hamzabod,  MFY  yoshlari g‘olib deb topildi.
#Sayyor_sud

10 nafar mahkum muddatidan avval ozodlikka chiqarildi

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani IIB binosida XPX hamda probatsiya guruhi bilan jinoyat ishlari boʻyicha Oqqoʻrgʻon tumani sud raisi S.Isakulov ishtirokida sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishi boʻyicha 20 ta maʼmuriy ish, tuman probatsiya guruhida roʻyxatda turgan 11 nafar mahkumlarning ishlari koʻrib chiqildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlarida mavjud huquqbuzarliklarni sodir etgan 8 nafar fuqaroga sud tomonidan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, probatsiya hisobida turgan, tayinlangan jazoga vijdonan halol mehnat bilan yondoshgan 10 nafar maxkumga sud tomonidan insonparvarlik dalolatnomasi qoʻllanilib, muddatidan ilgari jazodan shartli ozod etildilar.

Jazo oʻtashdan qastdan boʻyin tovlab kelgan 1 nafar nazoratdagi shaxsning jazo turi, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo turiga almashtirildi.
📚Oqqo’rg’on tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “INFOLIB OʻZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 78-IDUM da “Sog’lom avlod-Vatan qudrati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir davomida AKM xodimlari tomonidan mavzuga doir adabiyotlar va ularning mazmuni haqida gapirildi. Mavzu yuzasidan oʻquvchilarning fikr-mulohazalari ham tinglandi.

#INFOLIB_2022
#davra_suhbati
#Xush_xabar
#Paxta_2022

Bugun Oqqoʻrgʻon tuman paxtakorlari davlat belgilagan rejani 100 foizga bajarishdi


Paxtakorlarimiz belgilangan 35020 TONNAlik “Oq oltin” xirmonini koʻtarib, shartnomaviy rejani toʻla toʻkis bajarishga erishdilar.

Oq oltin xirmoni koʻtarilishida xizmat qilgan “ABS Oqqoʻrgʻon agroklaster” MCHJ va 154ta fermer xoʻjaliklarida mehnat qilgan barchani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz.

Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

kanalga qo‘shilish:👇


https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#hosil_bayrami

Bugun tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari “Mehrjon” va “Hosil bayrami” tadbirlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazishdi.

Sogʻinganlar lavhalarda bolaliklarini bir eslashsa boʻladi.