Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.23K subscribers
29.9K photos
1.87K videos
51 files
3.85K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Profilaktika

Voyaga yetmagan oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishqaratilgan profilaktik tadbirlar Oqqoʻrgʻon tumanida muntazam oʻtkazib borilmoqda. Xususan, bugun XTB tasarrufidagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Davomad” va “Tigʻ” tadbirlari oʻtkazildi. Unda
Oqqoʻrgʻon TIIB HPB katta inspektori mayor Gʻ.S.Abduraimov va Oqqoʻrgʻon tuman “Bolalar masalalari boʻyicha” shoʻba mudiri S.Sh.Abduvaliyev noqonuniy internet saytlari, noqonuniy diniy video, avdiolarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, namoyish etish, tamaki maxsulotlarini isteʼmol qilish kabi jinoyat va huquqbuzarliklar toʻgʻrisida gapirib, bunday xolatga tushib qolmaslik uchun oʻz vaqtida dars jarayonlariga qatnashishlari, maktabda tashkil etilgan fan va sport toʻgaraklariga muntazam ishtirok etishlari, boʻsh vaqtlarida badiiy kitoblar mutaola qilishlari maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlandi. Shuningdek, mobil telefondan maktabdan tashqarida va oilada xam maqsadli foydalanish lozimligi uqtirib oʻtildi.
#Ibrat
#xatlov_samarasi

“Tortuvli” MFY yoshlar yetakchisi Sh.Sultonov tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha xatlov jarayonida Nayman ko'chasida yashovchi yolg'iz qariya Ismoilov Iymonqul ota xonadonining tom qismi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Ushbu holat esa bugun 3-sektor rahbari I.Turg‘unov tomonidan nazoratga olinib, zarur shiferlar yetkazildi.
#ijodiy_uchrashuv

Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani XTB tassarufidagi
31-maktabida bugun koʻplab sheriy toʻplamlar muallifi, senator, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo’limi boshlig‘i Mahmud Toir mehmon boʻldi.

Davra suhbatida Oqqoʻrgʻon tumani hokimi oʻrinbosari, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, “Oqqoʻrgʻon ovozi” gazetasi bosh muharriri A.Madiyev, maktab pedagogik jamoasi va oʻquvchi yoshlar  ishtirok etishdi.
Shoirning sherlaridan konpazitsiya tashkil qilindi, hamda ijodkorning hayoti va ijodi o’quvchilar tomonidan auditoriyaga o’qib eshittirildi. Suhbat jarayonida o’quvchilarda qiziqish uyg’otgan savollarga juda chiroyli tarzda o’zlaridan javob olishdi.
Maktab jamoasi shoirga ijodiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdilar.
Bugun Oqqoʻrgʻon tuman 3-sektor rahbari I.T.Turgʻunovning tashabbusi bilan bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish hamda oilaviy zoʻravonlikning oldini olishdagi muhim vazifalarni targʻib qilishda “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminarda 3-sektor rahbari I.T.Turgʻunov tomonidan, tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida ish faoliyati davomida oʻzining halol mehnati, odilonaligi, aholiga nisbatan jonkuyarligi, har bir tadbirlarda faolligi bilan yaxshi koʻrsatgichlarga sazovor boʻlgan hamda paxta yigʻim terimi mavsumida jonbozlik koʻrsatib xizmat qilib kelayotgan fidoiy xotin-qizlar faollari tashakkurnoma va qimmat baho sovgʻa-salomlar bilan munosib taqdirlandilar.