Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Yoshlar_daftari

🎤 Oqqo‘rg‘ondan_gapiramiz

Yoshlar muammolarini o‘rganish jarayonidagi xatlov natijalariga ko‘ra "Guliston" va "Navro‘z" MFY yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari”da turgan yoshlarga o‘zlari istagan asbob-uskuna subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.

✍️ Endi yoshlarning mustaqil daromadi bo‘ladi.
#bildirish

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yo‘llarda suv to‘planishi va qatnov qisimlariga oqib chiqish holatlari kuzatilmoqda. Joylarda yuzaga kelgan vaziyatlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oqqo'rg'on tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi OGOHLANTIRADI !

Hurmatli fuqarolar, kuz-qish mavsumining qorli va yomg‘irli kunlari boshlanganligi sababli xavfsizlik qoidalariga rioya qiling, ayniqsa, haydovchilardan yo‘llarda ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
#Infografika
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Audio
#Dayjest

Hafta davomidagi muhim xabarlar

Yakuniga yetgan hafta turli yangilik va voqealarga boy boʻldi. Bugungi xabarlarimiz orqali ularning eng muhimlariga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan 800 dan ortiq taʼlim maskanlarida olimlar, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirokida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Olmaliq shahri. 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tkazilib, ularning huquqiy muammolari joyida hal etildi.

🔘Chirchiq shahri. 439 mln. 696 ming so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 179 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

🔘Bekobod shahri. 180 nafar ishsiz fuqaroga kredit asosida asbob-uskunalar olib berildi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Qibray tumani. Guliston-Oʻnqoʻrgʻon-Chinobod yoʻnalishining 6-12-kilometrlarida 4K699 umumfoydalanuvdagi markaziy koʻchani taʼmirlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Zoyir Mirzayev “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishi yuzasidan muhokama oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Besh_tashabbus

#VOLLEYBOL

♟️ Oqqo‘rg'on tumanidagi 23-umumiy o‘rta talim maktabida Besh tashabbus olimpiadasininig 2-mavsumi dorasida sportning "VOLLEYBOL" turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi musobaqaning tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqa 16-21 yosh,  22-26 yosh toifasida o'tkazildi. 

Unda “Navbahor”, “Usta Normat”, “Tolovul” va “Hamzabod” yoshlari viloyat bosqichiga yollanmani qo‘lga kiritishdi

🏆 G‘olib va sovrindorlar agentlikning tuman bo‘limi tomonidan taqdirlandi.
#Xushxabar
#faxr

Tumanimizdagi “Shirina-shirintoy”  nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Behroʻzbek Muzaffarov Turon yakka kurash sport turi boʻyicha viloyatda fahrli ikkinchi oʻrinni egallabdi.

Jajji sportchimizga yutuqlar bardavom bo‘lishini tilaymiz.

Shu bilan birgalikda, yosh sportchini tarbiyalayotgan ustozlariga ham minnatdorlik bildiramiz. Doimo shogirdlaringiz kamolini ko‘rib yuring, aziz ustozlar!..
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Yoshlar ishlari agentligi. Toshkent viloyati Yoshlar ishlari agentligi rahbari Miraziz Mirsultonovning maʼlum qilishicha, viloyat agentligi yoshlarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltiradigan yangi loyihani ishga tushirmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Ayollar daftari”da turuvchi 50 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga sayohatga yuborildi.

🔘Oqqorgʻon tumani. 29 mahalladagi ayollar faollariga soʻngi rusumdagi planshetlar topshirildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi “hokimlik soati” yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Boʻka tumani. Tuman hokimligida “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi bajarilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tadbirkorlik koʻnikmalarini shakillantirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilindi.

🔘Qibray tumani. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlarningning 651 nafariga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amaliy yordam berildi.

🔘Bekobod tumani. “Farhod”, “Beshyuz” va “Saryuz” mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar oʻrtasida huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Joriy yilning 3-choragida Piskent tumani hokimligi Vasiylik kengashi tomonidan “Yoshlar daftari”dagi 108 nafar yoshga kontrakt toʻlovlari hamda moddiy yordam va davolanish harajatlari uchun jami 346 mln 576 ming soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

🔘Zangiota tumani. Zangiota tumani Madaniyat saroyida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. Mahallalardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlarning haqqoniyligi oʻrganildi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

“Eltamg‘ali” MFY ahli bilan ochiq muloqot

Oqqo‘rg‘on tuman hokimi Alisher Karimdjanov “Eltamg‘ali” MFY faollari bilan mahalla obodligi, aholi farovonligi uchun qilinajak chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan uchrashdi.

Muloqotda joriy yil “Obod qishloq” dasturiga tushgan ushbu mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni to‘la-to‘kis bajarish borasidagi chora-tadbirlar rejalarining borishiga to‘xtalib o‘tildi. Amalga oshirilayotgan ishlarni mahalla ahlidan tarkib topgan “jamoatchilik nazorat guruhi” muntazam kuzatib borib, loyihada kamchilik aniqlangan taqdirda zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qilish, ishsizlarni doimiy ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, tumanimizga berilgan imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tadbirkorlar safini ko‘paytirish yuzasidan ochiq suhbatlashib olindi.