Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Тoshkent viloyatida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilar soni ortmoqda

🚕 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ta boshladilar. Hozirga qadar Toshkent viloyati bo‘yicha 1 291 nafar fuqaro mana shunday tartibda guvohnoma oldi. Yetakchi hududlar:

✔️Yangiyo‘l tumani – 143 nafar;
✔️Qibray tumani – 124 nafar;
✔️Chirchiq shahar – 109 nafar;
✔️Angren shahar – 95 nafar.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (43 minutes)
#marifat_ulashib

MAʼRIFAT NAMOYONDALARI


📚Bugun Oqqoʻrgʻon tumani Axborot-kutubxona markazi hamda tuman 11-IDUM targʻibotchilari bilan hamkorlikda maktab kutubxonasida faol oʻquvchilar ishtirokida ʼʼJadidlarʼʼ kitob toʻplami taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimotda jadidchilik harakati namoyondalari haqida maʼlumot berib oʻtildi. Oʻquvchilar adiblar ijodidan namunalar oʻqishdi.

#kitob_taqdimoti
#Jadidlar
#Sessiya

Bugun Xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tuman Kengashining 6-chaqiriq 58-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani tuman hokimi, Kengash raisi Alisher Karimdjanov olib bordi.

Deputatlar sessiya kun tartibiga kiritilgan sakkiz masalani atroflicha muhokama qilishdi. Xususan, deputatlar tuman “Oqqoʻrgʻon gaz” taʼminoti korxonasi rahbarining qishgi mavsumga tayyorgarlik, tabiy gaz nazorati va hisobini avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini tatbiq etish borasidagi faoliyati yuzasidan va “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oqqoʻrgʻon tumanidagi ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida tuman SEOVJSX boʻlimi Z.Dastonovaning hisobotlarini eshitishdi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamalardan soʻng tegishli qaror qabul qilindi
#Onlayn_muloqot_boʻlib_oʻtdi

📌 Xabaringiz bor, bugun tuman hokimi A. Karimdjanov tashabbusi bilan hokim oʻrinbosarlari ishtirokida tuman hokimligining telegram kanali orqali aholi bilan onlayn tarzda audiomuloqot boʻlib oʻtdi.

📲 Ochiq muloqot davomida hokim oʻrinbosarlari Prezidentimizning Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida bergan topshiriqlari va tumanimizga berilgan imkoniyatlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, hokim oʻrinbosarlari aholi tomonidan yoʻllangan murojaat va takliflarni qabul qildilar.

Kelib tushgan murojaat va takliflar ijobiy yechim topish yuzasidan nazoratga olinib, tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.