#sayyor_qabul
✅ Prezidentimiz tomonidan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, tijorat banklariga tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal etish, hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar berilgandi.
✅Ushbu vazifalardan kelib chiqib Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi, “Agrobank”, “Xalq” banki, “Mikrokreditbank” banklari rahbarlari o‘zaro hamkorlikda tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
✅Tadbirkorlar bilan muloqotda “Agrobank” ATB Boshqaruv raisi R.Mamatkulov so‘zga chiqib, davlat tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, bank taqdim etayotgan moliyaviy xizmatlar va kreditlar turlari to‘g‘risida batafsil axborot berdi.
✅Sayyor qabulda tadbirkorlarni qiynayotgan muammo, taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ma‘lum qilindi.

#Zakovat
#Viloyat_bosqichi
Bugun poytaxtimizda maktablar oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan "Zakovat" intelektual oʻyinining Toshkent viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada tumanimiz sharafini 49-39-23-maktablar himoya qilmoqda. O‘quvchilarimizga mazkur musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishini tilaymiz. Omad yor bo‘lsin, yoshlar!..
Olg‘a yoshlar!..

#milliylik_maʼnaviyat_timsoli
#Xon_atlas_chellenj
Xon atlas - milliy qadriyatlarimizga hamohang, ayollarimiz maʼnaviyatining oʻziga xos namoyishidir.
“Xon atlas” chellenjini oʻtkazishdan maqsad, milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etishdan iboratligini goʻzal opa-singillarimizga yetkazish.
Oqqoʻrgʻon tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari ushbu chellenjda faol ishtirok etmoqda.
Ta‘lim tizimi vakillarining ezgu ishda faolligiga respekt✊
Tumanimiz ayollari bexabar qolibmiz, deb hech ham ranjimasinlar. Chellenj 30-sentabrgacha davom etadi.

#xush_xabar
“Yoshlik” MFY hududidagi “Usta-Paxtakor Abduvali” Fermer xo‘jaligi bugun o‘z hududida birinchilardan bo‘lib belgilangan 116.6 tonna davlat rejasini birinchi terimdanoq bajarishga erishdi.
Shu munosabat bilan terimchilar, nuroniylarga dasturxon yozib, shukronalik keltirildi. Fermer xo‘jaligi rahbari terimda faol ishtirok etgan 80 nafar terimchiga esdalik sovg‘alar topshirdi.