Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
25K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#жараён

Таълимга йўналтирилган инвестиция

Хабарингиз бор, туманимизда Президент мактаби очиляпти. Вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Зойир Мирзаев ушбу мактаб таъмирлаш ишлари билан танишиб, мутасадди раҳбарларга тегишли кўрсатма ва топшириқлар берган эди.

Айтиш жоизки, бугунги кунда вилоят ҳокими берган топшириқ ва кўрсатмалар асосида қурилиш-монтаж ишлари жадал суръатларда амалга оширилмоқда.

Қурувчилар зиммаларига олган масъулият ва топшириқларни ўз вақтида бажариш ҳаракатидалар.

Мақсад - олий, фарзандларимиз яхши таълим олиши учун зўр шарт-шароит яратишдир.

👉каналга қўшилиш:👇
@oqqorgon_hokimligi
#Ish_bor

📣Aziz yoshlar, ish qidiryapsizmi?
Hoziroq o‘zingizga munosib ish tanglang!


🏢 Toshkent viloyatida mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati bilan tanishish uchun ish.mehnat.uz - sayti ustiga bosing.

❗️Tuman va shaharlar kesimida tanishish uchun quydagi havola bilan tanishing👇👇👇

👉🏻 Angren shahri
👉🏻 Bekobod shahri
👉🏻 Olmaliq shahri
👉🏻 Chirchiq shahri
👉🏻 Bekobod tumani
👉🏻 Bo‘ka tumani
👉🏻
Bo‘stonliq tumani
👉🏻 Qibray tumani
👉🏻 Zangiota tumani
👉🏻 Quyichirchiq tumani
👉🏻 Oqqo‘rg‘on tumani

Bo‘sh ish o‘rinlari har oyda yangilanib turadi
#Эълон

📣Ҳурматли тадбиркорлар!

Ўзбекистон Савдо-саноат Палата раиси топшириғига асосан Савдо-саноат палатаси Тошкент вилояти бошқармаси томонидан Тошкент вилоятида фаолият юритувчи, бугунги кун ҳолатига НДС қайтариш билан боғлиқ муаммолари мавжуд корхоналар рўйхати шакллантирилаётганлигини маълум қиламиз.

📞мурожаат учун телефон: +998935594748

👉Каналга уланиш:
https://t.iss.one/toshvilpressa

Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
Forwarded from Huquqiy axborot
#Давлат_хизматлари_регламент

Болаларни давлат мактабгача таълим муассасаларига қабул қилиш тартиби

⚠️ Хизмат: болаларни мактабгача таълим ташкилотларига қабул қилиш

🙎‍♂️ Хизматдан фойдаланувчилар:

Жисмоний шахслар

🔄 Хизматни кўрсатиш тартиби:

1. Ота-оналар, уларнинг ўрнини босувчи шахслар (фарзандликка олувчилар, васийлар ва ҳомийлар), болаларнинг яқин қариндошлари (бобоси, бувиси, вояга етган акаси ёки опаси) ёки учинчи шахслар (ариза берувчилар) йўлланмалар олиш учун давлат хизматлари марказларига ўзлари келиб мурожаат қилади ёки Ягона интерактив давлат хизматлари портали (my.gov.uz) да рўйхатдан ўтади.

Давлат хизматидан комплекс тарзда фойдаланиш учун ФҲДЁ органига туғилишни қайд этиш билан бир вақтда мурожаат қилишлари ҳам мумкин.

2. Сўровнома тўлдирилиб, автоматик равишда Мактабгача таълимни бошқариш ахборот тизимига юборилади.

3. Тегишли ташкилот ва гуруҳда бўш ўрин бўлганда – йўлланма шакллантирилади, бўш ўрин бўлмаганда – сўровнома тегишлича умумий ёки имтиёзли рўйхатга киритилади ҳамда хабарнома шакллантирилади.

🔘 Имтиёзли рўйхатга киритиладиган болалар контингенти:

● I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларнинг болалари;
● кўп болали оилаларнинг болалари;
● етим болалар ёки ота-онасининг қаровисиз қолган болалар;
● “Аёллар дафтари”га киритилган ижтимоий ҳимояга муҳтож ёлғиз аёлларнинг болалари;
● контракт бўйича ҳарбий хизматчиларнинг ва ички ишлар органлари ходимларининг болалари;
● талабалар ва педагогларнинг болалари;
● акалари ёки опалари ушбу муассасанинг тарбияланувчилари жумласидан бўлган болалар;
● кўп тармоқли ихтисослаштирилган мактабгача ташкилотлардан умумий турдаги мактабгача ташкилотларга ўтказилаётган соғайган болалар.

Ариза берувчи болаларни ташкилотга қабул қилишни йўлланма шакллангандан сўнг 15 иш куни мобайнида расмийлаштирмаган тақдирда, йўлланма ҳақиқий эмас деб ҳисобланади.

🗓 Хизматни кўрсатиш муддати:

1 иш кунида

Хизмат нархи:

Бепул

📋 Ҳуқуқий асос: Ҳукумат қарори (319-сон, 20.05.2021 й.)

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#tavsiya

Jazirama issiqdan saqlaning
Jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerak🌞❗️

JAZIRAMA ISSIQ - bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.

Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oС dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oС ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqga olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqga tayyorgarlik choralari

Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq haroratdan ta'siridan saqlaning.
Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Yodda tutinki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslaxatlashgan holda, qo‘shimcha tuzli maxsulotlar va meva, sabzavotlardan iste'mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste'mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

👆ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK

Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'mol xajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.
Eng issiq paytda - 12-00 dan 16-00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga xarakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.
Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona xaroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta'qiqlangan xavzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.
Ertalab va kechqurun ko‘proq xarakat qiling. Bunday issiq kunda kamxarakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.
Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar xaqida aloxida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.
Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori xaroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.
Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga xarakat qiling.
Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.
Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kuni bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq xavo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta'sir qilmasin.

Оqqo'rg'on tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi.
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

1. Korxona, tashkilot va muassasalar bino, inshootlari hamda xonalarining yong‘inga qarshi holati, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha javobgarlik ushbu ob'ektlarning rahbarlariga yuklangan.
2. Korxona, tashkilot va muassasalar ob'ektlari rahbarlari tegishli buyruq bilan har bir bino va inshoot hamda xonaga yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha javobgar shaxslarni biriktiradi.
3. Yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, insonlar va moddiy boyliklarni qutqarish rejasi ishlab chiqilib, ko‘rinarli joylarga o‘rnatilishi lozim.
5. Korxona, tashkilot va muassasalarda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- har bir ob'ektda favqulodda vaziyatlarda insonlarni evakuasiya qilish uchun loyihada belgilangan kirish-chiqish yo‘laklar turli buyum va jihozlar bilan to‘sib qo‘ymaslik;
- evakuatsiya kirish-chiqish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ko‘rsatgichlarni ko‘rinarli nuqtalarga joylashtirish;
- bino va inshootlar hamda xonalarni yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalari bilan me'yor talablari asosida jihozlash;
- yong‘inga qarshi suv ta'minoti va ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklarining soz holatda bo‘lishini, shuningdek, ularni yeng, dastak va ulash moslamalari bilan ta'minlash;
- bino va xonalarda barcha elektr ta'minoti tizimining “Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari” talablari asosida ishlashini ta'minlash;
- ob'ektlarda isitish tizimi, qozonxonalar, tabiiy va suyultirilgan gaz, boshqa muqobil yoqilg‘i maxsulotlarida ishlaydigan uskunalarning sertifikatlangan hamda soz holatda bo‘lishini ta'minlash;
- ob'ektlarning bino va inshootlari, boshqa konstruksiyalarning texnik mustahkamligiga erishish.
6. Ish vaqti tugagandan so‘ng har bir xonadagi kondisioner, kompyuter, tele-video apparaturalar, boshqa turdagi barcha elektr jihozlari va maishiy uskunalarni o‘chirib, elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish lozim.
7. Barcha elektr sim va kabellar tashqi himoya qobiqlarining elektr tokiga qarshi chidamlilik darajasini mutaxassislar tomonidan sinovdan o‘tkazish.
8. Korxona, tashkilot va muassasalarning bino hamda inshootlarida quyidagilar taqiqlanadi:
- Ob'ektlarga yong‘in-qutqaruv va boshqa maxsus xizmatlar avtoulovlarining yetib borishi uchun ular harakatlanadigan yo‘llarni sun'iy to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi;
- yerto‘la, sokol, qavatlarda yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklar, portlovchi moddalar, gaz ballonlari, aerozol hamda boshqa portlash xavfini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni saqlash;
- chordoqlar, texnik xizmat ko‘rsatish joylari, ventkamera va boshqa texnik xonalarda ishlab chiqarish bo‘linmalari, ustaxonalarni joylashtirish hamda mahsulotlar, uskunalar va boshqa buyumlarni saqlash;
- yerto‘la va yarim yerto‘lalarda yonuvchan buyumlar saqlash omborxonalari, ustaxonalar, xo‘jalak xonalarini joylashtirish, agar ularga kirish eshiklari umumiy kirish zinalaridan (eshigidan) alohida bo‘lmasa;
- yo‘laklar, yuqori qavatlarga o‘tish lyuklari, qo‘shni xonaga o‘tish yo‘laklaridagi eshiklar va zaxira chiqish yo‘llarini turli mebellar, buyumlar va boshqa yonuvchan ashyolar bilan to‘sib qo‘yish;
- yo‘laklar, zaxira chiqish yo‘llari va zinapoyalarda o‘zboshimchalik bilan devorlar, shiftlar va ayrim holatlarda pollarga yonuvchan qurilish materiallarini qoplash, bezatish, bo‘yash ishlarini olib borish;
- xonalarda me'yor talablariga javob bermaydigan, qo‘lbola yasalgan elektr isitish moslamalari hamda vaqtincha o‘tkazilgan elektr simlardan foydalanish;
- belgilanmagan joylarda sigareta chekish, ob'ektlar va ularning atrofida payvandlash ishlarini o‘tkazish hamda ochiq olov bilan ishlash;
- nosoz gaz quvurlari, asbob-anjomlari va maishiy gaz ballonlaridan foydalanish.
9. Yong‘in yoki tutun hidi sezilsa, zudlik bilan quyidagilarni bajarish lozim:
- yong‘in-qutqaruv xizmatiga “101” yoki “1050” raqamlari orqali xabar berish;
- yong‘in joyidan insonlarni qutqarish;
- navbatchi xodimlarga xabar berish;

Оqqo'rg'on tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат

⚡️Ўзини "пожарнийданмиз" дея махсус формада аҳолидан пул йиғиб юрган фирибгарлар пайдо бўлган.

Эҳтиёт бўлинг! Алданиб қолманг!
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланади. Асосий мавзу - экин ерлари ва томорқадан самарали фойдаланиш орқали озиқ-овқат етиштиришни ва аҳоли даромадларини кўпайтириш. Шу билан бирга ғаллани етиштириш ва харид қилишни молиялаштириш, аҳолини уй-жой билан таъминлаш масалалари кўриб чиқилади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание. Основная тема - увеличение производства продовольственной продукции и повышение доходов населения за счет эффективного использования посевных и приусадебных земель. Также будут рассмотрены вопросы финансирования заготовки и закупки зерна, жилищного обеспечения населения.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

“Кўриб турибсиз – дунёда озиқ-овқат танқислиги муаммоси кучайиб бормоқда. Айниқса, маҳсулот етиштирувчи асосий давлатларнинг экспортга чекловлар қўйиши ва транспорт-логистикадаги узилишлар муаммоларни янада чуқурлаштирмоқда.

Таҳлилларга кўра, жорий йилда дунёда озиқ-овқат маҳсулотлари нархи камида 20 фоизга ўсиши прогноз қилинмоқда.

Бизда аҳоли даромадининг 40-50 фоизи озиқ-овқат маҳсулотларига сарфланади.

Шу боис, юқоридаги хавф-хатарларнинг аҳолимизга таъсирини юмшатиш бўйича ҳар бир маҳалла, туман, вилоят даражасида аниқ ҳисоб-китоб ва чора-тадбирлар қилиш керак. Бунинг учун барча имкониятларни яратиб берганмиз”, деди давлатимиз раҳбари йиғилиш аввалида.

Йил бошида пахта ва ғалла майдонларини қисқартириш ҳисобидан аҳолига 80 минг гектар майдонни бўлиб бериш бошланди.

Аҳоли хонадонларига хизмат кўрсатиш бўйича 3 мингдан зиёд “Томорқа хизмати” инфратузилмаси яратилди.

Томорқада маҳсулот етиштириш учун жорий йилнинг ўзида 400 миллиард сўм имтиёзли маблағлар ажратилди.

Жорий йил 6 ойида 821 минг тонна ёки ўтган йилга нисбатан 102 минг тонна кўп мева-сабзавот экспорт қилинди.

Ҳозирга қадар ажратилган 64 минг гектарда жами 785 минг аҳоли бандлиги таъминланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Яратилган имкониятлардан тўғри фойдаланиб яхши тажриба ва тизим яратган туман ва маҳаллалар жуда кўп.

Хўжаобод, Мўйноқ, Ҳазорасп, Шаҳрисабз, Яккабоғ, Нурота ва Сариосиё каби ўнлаб туманларда ҳам яратилган иш ўринлари кўрсаткичи қониқарли.

Президент Ҳазорасп тумани аҳолисига бу ислоҳот қандай имкониятлар яратгани ҳақида “Шовот” маҳалласи раиси Сора Ражабованинг фикрларини сўради. Унинг фикрларини эшитиб, барча маҳалла раисларига мурожаат қилди.

"Ҳар бир маҳалладаги хонадон ва кўча бўйларидаги ер майдонларига тажрибали деҳқонларни жалб қилиб, маҳаллангизда озиқ-овқат таъминоти бўйича ўз тажрибангизни яратсангиз, биласизларми қандай катта ўзгариш бўлади!”, деди Президент.

Йил якуни бўйича республикадаги 200 нафар намунали тажриба яратган маҳалла раисларини рағбатлантиришга топшириқ берилди.

Шу билан бирга, республика бўйича 16 минг гектар майдон эгасини топмаган. Чунки бу ерлар аҳоли яшайдиган жойдан узоқ, суви оғир, мелиоратив ҳолати ёмон, лалми ва яйлов майдонлардан танлангани учун уларга деҳқонларда қизиқиш йўқ.

Бундан ташқари, 4 минг 300 гектар майдон эгаларига кадастр берилмаган, яъни уларда ҳали эгалик ҳуқуқи йўқ.

Мутасаддиларга ва вилоят ҳокимларига танловда эгаси аниқланмаган ерларни аҳоли учун қулай майдонларга алмаштириш, ер эгаларига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб бериш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент деҳқончилик қилаётган аҳоли таклифлари асосида улар кўтарган муаммолар ечимларини айтиб ўтди. Жумладан:

- йил якунигача яна қўшимча 20 минг гектар экин майдони аҳолига бўлиб берилади (жами 100 минг гектар бўлади);

- келгуси йилда яна қўшимча 100 минг гектар экин майдони ҳам аҳолига тарқатилади (жами 200 минг гектар бўлади).

Бу – жуда катта ислоҳот. Бунинг ҳисобига қўшимча 1 миллион 200 минг нафар аҳолини банд қилиш учун шароит яратилмоқда.

Энг асосийси – агар туман ҳокими, ҳоким ёрдамчиси бу масалага ҳисоб-китоб билан ёндашса, озиқ-овқат, ишсизлар масаласини бемалол ҳал қила олади”, деди давлатимиз раҳбари.

Мутасаддилар, вилоят ва туман ҳокимларига бир ой муддатда:

- камида 1 мингта маҳаллада кичик ҳажмли музлаткичлар ўрнатиш;

- 3 минг гектарда парник усулида эртаки маҳсулотлар етиштириш дастурини бошлаш топширилди.

Бунга жорий йилда 50 миллион доллар, келгуси йилда яна 100 миллион доллар йўналтирилади.

Шунингдек, “дафтарлар”даги аҳолига ер берилганда, барча имтиёз ва тўловлар 1 йилгача сақланиб қолади.

Шунингдек, танловда 1 нафар талабгор иштирок этганда ҳам танлов ўтказилган ҳисобланади.

Маҳаллаларга ҳосилдор уруғ, кўчат етказиш ва маҳсулотини сотиб олиш учун 150 миллиард сўм йўналтирилади.

Facebook|Instagram|Twitter