Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.77K subscribers
25.9K photos
1.61K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Навбатдаги ҳокимлик соати: долзарб масалалар муҳокамаси

Жорий йилнинг 19 август куни туман ҳокими Т.А.Боболов бошчилик сектор раҳбарлари иштирокида навбатдаги “Ҳокимлик соати” йиғилиши ўтказилди.

Хусусан, кун тартибида солиқ тушумлари, инвестиция лойиҳаларининг бажарилиши, кредит қарздорликларнинг ундирилиши, коммунал соҳаларда бажарилиши лозим бўлган вазифалар, мустақилликнинг 33 йиллигини муносиб нишонлаш мақсадида тайёргарлик ишлари ва бошқа масалалар муҳокама қилиниб, йўл қўйилган камчиликлар кўрсатиб ўтилди.

Унда қатор масалалар ижроси муҳокама қилинди ҳамда масъулларга янги вазифалар белгилаб берилди.


✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
@Oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on_IM
#Talaba_2024

Sifatli ta'lim — Yangi O'zbekiston taraqqiyotining poydevori

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan shakllantirilgan joriy yil bitiruvchilarining o'rtacha ballari natijalariga ko‘ra Oqqo‘rg‘on tuman IM 109,3 ball bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar reytingida 4-o‘rinda, viloyatdagi ta'lim muassasalari reytingida 8-o‘rinni egallab ,kuchli TOP-10 dan munosib o‘rin egalladi.

💫OQQO'RG'ON TUMAN IMning 21nafar BITIRUVCHILARI OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA KIRISHDA 100% NATIJAGA ERISHDILAR.

@oqqorgon_hokimligi
Оққўрғон тумани 1- сектор ҳудудида жойлашган 8 та МФЙларда содир этилган жиноятлар юзасидан муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.

Йиғилишда туман ҳокими Т.А.Боболов, туман ИИБ бошлиғи И.Турғунов 1-сектор ҳудуддаги МФЙ фаоллари, жиноят содир этган фуқароларнинг ота-оналари ва оила аъзолари иштирок этишди.

Муҳокамада жиноятни юзага келтирган омиллар ва шарт-шароитлар, тунда бемақсад юришлар, ота-оналарнинг фарзандларини назоратсиз қолдиргани сабаб бўлгани айтиб ўтилди.

Боз устига маҳалла фаоллари ҳам фуқароларга бемақсад юрганда танбеҳ берса, фойдадан ҳоли бўлмаслиги, жиноятни содир этган фуқароларнинг фойдали иш билан шуғулланиши лозимлиги,  маҳалла фаолларининг бунга бефарқ бўлмасликлари таъкидлаб ўтилди.

@oqqorgon_hokimligi
lv_0_20240819223153
<unknown>
🟦🟦🟦

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


Chinoz tumani. Hokim tadbirkor ayollarning faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolarini hamda yangi istiqbolli gʻoya va takliflarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Tadbirkor ayollar bilan uchrashuv" oʻtkazdi.

Oqqo'rg'on tumani. Hokim boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Hokimlik soati” yigʻilishi oʻtkazildi.

O‘rta Chirchiq tumani. Tumanda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo'yicha samarali ishlar qilinmoqda.

Bekobod tumani. Tuman hokim oʻrinbosari boshchiligida xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarni oldini olish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

Bo'ka tumani. Hokim boshchiligida Ijtimoiy soha obyektlarida obodonlashtirish tadbirlari va maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

Ohangoron shahri. Tadbirkorlar homiyligi ostida “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi oila farzandlariga o‘quv qurollari topshirildi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Bugun, 20 avgust
☀️ +35°...+20°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +20°, ↙️ 3.1 m/s

Tong: ☀️ +26°
Kun: ☀️ +34°
Oqshom: ☀️ +33°
Namlik: 13%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 4.9 m/s
Bosim: 758 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:37
Quyosh botishi: 19:15

@oqqorgon_hokimligi
⚡️Qurilish-montaj ishlarini olib borishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔷Qonunchilikka ko‘ra, yonuvchi qurilish materiallarini yong‘inga qarshi oraliqlarda saqlash taqiqlanadi.

🔷Maydoni 2 va undan ortiq gektarga teng qurilish hududida kamida ikkita qarama-qarshi tashkil etilgan kirish joylari bo‘lishi shart. Yo‘llar yilning barcha fasllarida yong‘in-qutqaruv avtomobillari o‘tishi uchun qattiq qoplamaga ega bo‘lishi lozim. Kirish joyining eni 4 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

🔷Qurilish maydonlarining isitish xonalarida olovli ishlarni bajarishga, shuningdek, elektr kaloriferlaridan va infraqizil nurlanishli gazli gorelkalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

@oqqorgon_hokimligi