#sumalak_sayli
Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tashabbusi bilan kechadan boshlab hududlarda obodonlashtirish, hashar tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Azaldan hamma hasharga otlanganda oʻzbek ayoli, kayvoni onaxonlari chetda tomoshabin boʻlib turmaydi. Yerni maysa qoplamasdan, momolarimiz bugʻdoy undirib, sumalak hozirligini boshlashadi. Oʻzbegimning milliy qadriyatlari ana shunda yaqqol namoyon boʻladi.
Tumanimizdagi 27ta mahallada kecha doshqozonlarda sumalak qaynadi. Bugun “Qoʻshtepa” MFY xotin-qizlar faoli tumanimiz ayollarini sumalak sayliga chorladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar, kayvoni onaxonlar bir dasturxon atrofida jam boʻlishib yoshlarga qadriyatlarimiz beshigidan naʼmunalar koʻrsatishdi. Mahallaning yosh oʻquvchi qizlari iqtidor va isteʼdodlarini namoyon etdi.
Dasturxonimizni oʻzbekning shoh taomlari: sumalak, ko‘k somsa, g‘ilmindi-yu cho‘zmalar bezadi.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#sumalak_sayli
Koʻklam nasimlaridan darak beruvchi farahbaxsh kunlar boshlandi. Qish poyoniga yetib ulgurmayoq dala-dashtlar va kengliklar uzra bahor elchisi — boychechaklar unmoqda.
Mahallalarda esa bahorning tansiq taomi — sumalak sayillari allaqachon boshlanib ketdi.
Mana shunday shukuhli lahzalardan lavhalar havola etiladi.
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Koʻklam nasimlaridan darak beruvchi farahbaxsh kunlar boshlandi. Qish poyoniga yetib ulgurmayoq dala-dashtlar va kengliklar uzra bahor elchisi — boychechaklar unmoqda.
Mahallalarda esa bahorning tansiq taomi — sumalak sayillari allaqachon boshlanib ketdi.
Mana shunday shukuhli lahzalardan lavhalar havola etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz_shukuhi
#sumalak_sayli
Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab “Navroʻz” bayrami keng nishonlanmoqda. Bayram tadbirlarida kattayu kichik birdek ishtirok etmoqda. Xususan, bugun tumanimizdagi “Zarafshon” MFY hududida joylashgan 17-sonli davlat maktabgacha tashkilotida “Navroʻz” bayrami munosabati bilan sumalak sayli tashkil etildi.
Saylda bolajonlar yodlagan sheʼr va ashula larini milliy qadriyatlarimizga yoʻgʻrib ijro etildi. Sport tadbirlari ham kattalar olqishiga sazovor boʻldi. Tayyorlangan sumalak barchaga birdek manzur boʻldi.

#Navro‘z_shukuhi
#sumalak_sayli
Bahor tarovatini tariflashga til ojiz. Yasharish, yangilanish faslida bahoriy taom sumalak sayllarida ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an‘anaoarimiz yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Bugun “Jag‘albayli” MFY xotin-qizlar faollari hamda hududdagi maktab jamoasi birgalikda sumalak pishirib tarqatildi.
Sumalakda o‘sma qo‘ygam momolaru qizchalar, bahoriy taomlar bilan dasturxonlarni to‘ldirishdi. Kayvoni onaxonlar yurtimiz obodligi, tinchligi uchun shukrona duolar qilishdi.