Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#30_iyul_Xalqlar_do‘stligi_kuni

Bugun tuman hokimligi, RMMM tuman bo‘linmasi va tuman Madaniyat bo‘limi, tuman Tarix va O‘lkashunoslik muzeyi hamda turkman Milliy madaniy markazi hamkorligida "30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan “Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyati rivojlangan, millatlararo hamjihatlik va totuvlik munosabatlari qadr topgan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari J.Djanikulov ochib berdi hamda yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari hamda Turkman madaniy markazi tomonidan turli millatlarning milliy urf-odatlarini aks ettirgan konsert dasturlari namoyish etildi. Bayram tadbirida badiiy jamoalarning chiqishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda tuman Tarix va O‘lkashunoslik muzeyi tomonidan oilaviy qadriyatlarni aks ettiruvchi milliy udum va an’analar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

✍🏻RMMM tuman bo‘linmasi
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi

“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–245-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g'olib va sovrindor bo'lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo'lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030-yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi.

🗓 2023-yil 1-avgustdan:

🔸olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimiga o'tkaziladi;

🔸sport maydonchalarining joylashuv hududidan qat'i nazar (ta'lim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul bo'ladi va vaqti chegaralanmaydi;

🔸sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jarayon

Oqqo‘rg‘on tuman Elektr ta'minoti korxonasi
xodimlari tomonidan joylarda elektr ta'minotini yaxshilash, temir-beton ustunlarni o'rnatish va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bugun TET xodimlari “Usta Normat” MFY hududidagi ma’nan eskirgan yog‘och to‘sinlar temir-beton ustunlarga almashtirilmoqda.
#Билдириш

Диққат, онлайн аудио мулоқотга марҳамат!

📣Бугун соат 19:30 да тажрибали оила ва болалар психологи Шоира Исакова билан онлайн аудио суҳбат ўтказилади.

Мулоқотга сиз ҳам қўшилинг, ёшлардаги психологик ўзгаришлар, жиноятчиликнинг ортиши, ота-оналар билан кечадиган зиддият ва муаммолар, хуллас ўзингиз ва яқинларингизни қийнаётган психологик муаммоларга жавоб олинг.

▶️ Суҳбат манзили

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

💰 Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar bo'yicha BHMning 50 foizi (165 ming so'm) miqdorida har oyda kompensasiya pul to'lovlari to'lanadi.

📊 Bunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko'chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko'rsatkichlar orqali baholanadi.

☑️ Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko'cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko'rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to'plagan taqdirda to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёвнинг Фарғонага ташрифи: ҳар бир янги кун - янги имконият

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Фергану: каждый новый день - новая возможность

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kengash_yig‘ilishi

Bugun Oqqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyatining 6 oy yakunlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ib o‘tdi.

Yigilashga  tuman prokurori D.Fayziyev raislik qildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yigilishda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlil etildi. Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga tegishli intizomiy choralar ko‘rilishi ta`kidlandi.  Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt  oldini olishda tumanga zamonayiy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish, profilaktika inspektorlariga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashinildi.

Muhokama etilgan mavzu yuzasidan yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.