Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#qaror_va ijro
#qurulish_ishlari


Ravon yoʻl - farovon hayot kaliti


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.05.2021-yil 20-maydagi "Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi 5118-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ayni kunlarda tumanimizning "Yoshlik" MFY Taraqqiyot koʻchasi 1130 metr va "Navroʻz" MFY Yoshlik koʻchasi 600 metr toʻliq asfaltlandi. Qurilish ishlari "Boʻka TYFUK" korxonasi tomonidan amalga ashirildi
#30_iyul_Xalqlar_do‘stligi_kuni

Bugun tuman hokimligi, RMMM tuman bo‘linmasi va tuman Madaniyat bo‘limi, tuman Tarix va O‘lkashunoslik muzeyi hamda turkman Milliy madaniy markazi hamkorligida "30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan “Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyati rivojlangan, millatlararo hamjihatlik va totuvlik munosabatlari qadr topgan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari J.Djanikulov ochib berdi hamda yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari hamda Turkman madaniy markazi tomonidan turli millatlarning milliy urf-odatlarini aks ettirgan konsert dasturlari namoyish etildi. Bayram tadbirida badiiy jamoalarning chiqishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda tuman Tarix va O‘lkashunoslik muzeyi tomonidan oilaviy qadriyatlarni aks ettiruvchi milliy udum va an’analar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

✍🏻RMMM tuman bo‘linmasi
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi

“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–245-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g'olib va sovrindor bo'lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo'lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030-yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi.

🗓 2023-yil 1-avgustdan:

🔸olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimiga o'tkaziladi;

🔸sport maydonchalarining joylashuv hududidan qat'i nazar (ta'lim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul bo'ladi va vaqti chegaralanmaydi;

🔸sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jarayon

Oqqo‘rg‘on tuman Elektr ta'minoti korxonasi
xodimlari tomonidan joylarda elektr ta'minotini yaxshilash, temir-beton ustunlarni o'rnatish va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bugun TET xodimlari “Usta Normat” MFY hududidagi ma’nan eskirgan yog‘och to‘sinlar temir-beton ustunlarga almashtirilmoqda.