Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Oqqoʻrgʻon_tumani
#Jaholatga_qarshi_ma'rifat

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – to'g'ri tafakkur. Zero, to'g'ri fikrlash barchani har-xil buzuq e'tiqodlardan, noto'g'ri yo'llarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot g'oyalar tarqalishini oldini oladi.

📌 Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv o'tkazildi. Tadbirda tuman bosh imom-xatibi O.Anvarov, RMMM tuman bo'linmasi rahbari M.Rustamov, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbari M.Tojiboyevlar qatnashdi.

📌Tadbir davomida ma'naviyati yuksak, har qanday yot g'oyalarga chap bera oladigan, o'zining mustahkam e'tiqodi va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, undan og'ishmay yashaydigan xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina ma'rifat bilan kurashmoq darkorligi uqtirildi.

✍️ RMMM tuman bo‘linmasi
#bildirish

Hurmatli tadbirkorlar!

Avval xabar qilganimizdek, bugun soat 10:00 da Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi binosida  tuman hokimligi mutasaddi rahbarlari boshchiligida tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilayotgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Ushbu muloqotga tumanimizdagi barcha tadbirkorlarni taklif etamiz.

Tadbirda tuman sektor rahbarlari, mutasaddilar, xususan, mazkur masalaga bevosita aloqador va daxldor tashkilot-idora rahbarlari ishtirok etishadi.

Shu bilan birga kelib tushgan muammolar turlarga bo‘lingan holda tuman, viloyat, respublika darajalarga boʻlinib viloyat hokimligida tashkil etilgan shtabga taqdim etiladi.

☎️ Murojaat uchun:

+99870 55-21-311
+99890 964-27-21

🖌 Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi  Axborot xizmati
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kommunal xizmat ko'rsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi

“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik asosida investisiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha huquqiy eksperimentni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-236-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra:

🔹 2023 yil 1 oktabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo'mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munisipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar ushbu tizimlarni o'zaro integrasiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

🔹2024 yil 1 yanvardan munisipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan monitoring qilinadi.

🔹Toshkent shahridagi davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to'lanadigan ijara to'lovi miqdorlari har yili 31 dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.

2023 yil 1 oktabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida (quyidagi ro'yxatda keltirilgan) Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvargacha kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integrasiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.

▶️ 2024 yil 1 martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz ta'minoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.

📌 2024 yil 1 yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to'lov asosida foydalaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#ochiq_muloqot

Tadbirkorlar masalalariga yechim topildi

Prezidentimizning 2023-yil 12-iyundagi "Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Oqqoʻrgʻon tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman Adliya bo‘limi bishlig‘i tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda 16 nafar tadbirkorni o‘ylantirgan masalalar tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Masala echimi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Haftaning har payshanba kuni tumanimizda "Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot kuni" deb e’lon qilindi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан Умид Рустамович Шадиев Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ҳузуридаги Туризм қўмитаси раиси лавозимига тайинланди.

Бунгача Умид Шадиев Ўзбекистон Республикасининг ЮНЕСКО ҳузуридаги доимий вакили лавозимида ишлаган.

Постановлением Президента Республики Узбекистан Шадиев Умид Рустамович назначен на должность председателя Комитета по туризму при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан.

До этого Умид Шадиев занимал должность Постоянного представителя Республики Узбекистан при ЮНЕСКО.

Facebook|Instagram|Twitter
#diqqat!

Hurmatli tadbirkor va eksportyorlar!

Joriy yilning 28-iyul kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar, "Nurafshon busines city" direksiyasida Toshkent viloyati hokimi raisligida tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini oʻrganish yuzasidan ochiq muloqot oʻtkaziladi.

Unda viloyat sektor rahbarlari, mutasaddilar, xususan, mazkur masalaga bevosita aloqador va dahldor tashkilot-idoralari rahbarlari ishtirok etishadi.

📍Muloqotga barcha tadbirkor va eksportyorlarni taklif etamiz.

Eslatma: Qabulda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish soʻraladi. Roʻyxatga olish vaqti joriy yilning 28-iyul kuni soat 10:00ga qadar davom etadi.

☎️99-314-93-53

Toshkent viloyati hokimligi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#қарор_ва_ижро
#амалий_семинар

Сув тежаш технологиялари кенг жорий этилмоқда

Президентимизнинг “Қишлоқ хўжалигида сувни тежайдиган технологияларни жорий этишни янада жадал ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2022-йил 1 мартдаги ПҚ-144-сонли ва 2023-йил 1-апрелдаги ПҚ -107-сонли қарорлари  ижросини таъминлаш мақсадида бугун Оққўрғон тумани Сегизбоев ҳудуди "Қулли қўтон" фермер хўжалиги даласида сув тежовчи технологияларини жорий қилган фермер хўжалиги раҳбарлари иштирокида амалий семинар бўлиб ўтди.

Семинарда Оққўрғон туман ҳокимининг қишлоқ хўжалиги ва сув масалалари бўйича ўринбосари Қ.Шинтемиров ва Чирчиқ Оҳангарон ҳавза башқармаси бошлиғи ўринбосари Сардор Алимбеков сув тежовчи технологияларни авзалликлари тўғрисида иштирокчиларга атрофлича маълумот беришди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Маъмурий ислоҳотлар доирасида маданият ва туризм соҳасида давлат бошқарувини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yoshlarga_e'tıbor

Dilso‘zning istagi amalga oshirildi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 2023-yil 11-aprelda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishda yoshlarni 3 toifaga bo'lib o'rganish, ularning muammolarini manzilli hal qilish maqsadida respublika, viloyat va tuman rahbarlariga biriktirilgan edi. Yoshlarning muammolarini hal qilish borasida Oqqo‘rg‘on tumanida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oqqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosariga “Zarbdor” MFYda 7 nafar yosh biriktirilgan.

Birinchi guruh nogironi bo‘lgan Dilso‘z Eronboyeva ulardan biri.
Dilso‘z muammosi o‘rganilganda, unga aravacha zarurligi aniqlandi. Bugun Dilnoza istagi amalga oshdi.