Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#dolzarb
#Ekstremizm_va_terrorizmga_qarshi_kurash_borasida_qabul_qilingan_hujjatlarning_ahamiyati

Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barcha davlatlar uchun asosiy vazifa bо‘lib turibdi.

Mamlakatimizda ekstremizm, radikalizm va xalqaro terrorizmning kuchayishini oldini olish bо‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, “Ekstremizmga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi, “Terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonunlar ishlab chiqilgan bо‘lib, mazkur qarorlarning qabul qilinishi, eng avvalo, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga, konstitusiyaviy tuzumni hamda davlatning hududiy yaxlitligini muhofaza etish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ekstremistik harakatlarning о‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qо‘yishga, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni amalga oshirishga kо‘maklashadi.

Shuningdek, mazkur hujjatlarda ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurashish borasidagi profilaktik tadbirlarining ahamiyati oshirilmoqda.

Ayniqsa, yot g‘oyalar, hozirgi zamon tahdidlariga qarshi samarali kurashishni tashkil etish, yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy xavflardan saqlash va boshqa dolzarb masalalarning huquqiy tartibga solinishi uning nechog‘li dolzarbligini tasdiqlaydi.

Yoshlar о‘rtasida ekstremizm bilan bog‘liq muammolar о‘zining salbiy oqibatlarini keltirib chiqarayotganligi har birimizdan hushyorlikni talab qiladi. Ayniqsa, о‘quv muassassalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish har bir mutasaddi rahbardan katta mas’uliyat talab etadi.

О‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan о‘lka bо‘lib kelgan. Ajdodlarimiz vatan taraqqiyoti yо‘lida yelkadosh bо‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ham kо‘p qayd etilgan.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qо‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bо‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bо‘lib qolmog‘i lozim.

✍🏻Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bо‘linmasi
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда отбыл в эту страну с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #sammit #SaudiyaArabistoni

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Soliq ma’murchiligi xalqaro ekspertlar nigohida.

🔰Mamlakatimizda mehmon bo‘layotgan (XVJ) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va (OTB) Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bugun Oqqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib, O‘zbekiston soliq maʼmurchiligini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida oʻzaro takliflar almashinib, soliq sohasini yanada takomillashtirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

☑️Shuningdek, xalqaro ekspertlar Oqqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi faoliyati va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, yoʻlga qoʻyilgan elektron hujjat almashishi avtomatlashtirilgan ishlash tizimi bilan tanishtirildi va barcha savollarga soliq tizimi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Билдириш

Диққат, онлайн аудио мулоқотга марҳамат!

📣Бугун соат 17:00 да Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги Тошкент вилояти бошқармаси бошлиғи Жўраев Бахтиёр Муқимович
билан онлайн аудио суҳбат ўтказилади.

Мулоқотга сиз ҳам қўшилинг, ўз ҳудудингиздаги экологик муаммолар, атроф-муҳит муҳофазасига оид масалалар юзасидан савол ва таклифларингиз билан ўртоқлашинг, муаммоларни масъул раҳбарга шахсан ўзингиз етказинг.

▶️ Суҳбат манзили

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#жараён

Йўлларимиз асфальтланмоқда

4Р24  "Чиноз ш. - Дўстобод ш. - Оққўрғон ш. - А373 автомобиль йўли”нинг Оққўрғон тумани ҳудудидан ўтган айрим қисмлари таъмирталаб бўлиб қолган эди. Қиш фаслининг совуқ ва нам келиши, шунингдек, оғир юк автомашиналарининг қатнови йўлнинг  сифатига салбий таъсир кўрсатган эди. Шу боис бу йилги дастурларга мазкур автомобиль йўлининг 36-40 км ва 47-52 км оралиғини жорий таъмирлаш ишлари киритилган эди. Айни кунларда  “Қамчиқ автойул" ИЙФУК томонидан мазкур объектларда пудрат ишлари бажарилаяпти. Асфальт келтирилишига қараб иш туну-кун ташкил қилинган, қурилиш жараёнларида ҳаракат хавфсизлиги таъминланаяпти, бажарилаётган ишларнинг сифати назоратга олинган.
Айни дамда, мазкур йўлнинг туманимиздаги "Ҳамид Олимжон" МФЙ ҳудудида таъмирлаш ишлари амалга оширилмоқда.