Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#sport_va_yoshlar
#kubog

Oqqo‘rg‘on tumanida O'zbekiston Respublikasi "Ichki ishlar vaziri kubogi"ning tuman bosqichi yakunlandi.

Oqqo‘rg‘on tumanida sportning volleybol sport turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Oqqo'rg'on tuman final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Natijalar:
Qizlar o‘rtasida-
🥇“Hamzaobod” MFY qizlar jamoasi
🥈“Usta Normat” MFY qizlar jamoasi
🥉“Navbahor” MFY qizlar jamoasi

O‘g‘il bolalar o‘rtasida-
🥇“Tolovul” MFY jamoasi
🥈“Sultonobod” MFY jamoasi
🥉“Hamzaobod” MFY jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar Oqqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik I.T.Turg‘unov tomonidan turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
тх51.pdf
11 MB
#матбуот

📌"Тoshkent haqiqati" газетасининг 2023 йил 15 июлдаги 51-сони мутолаа учун тақдим этилмоқда.

📍Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
@haqiqatonline_24
#Спортваёшлар
#Воллейбол
#эҳтиром

🤾‍♂️🏐🤾‍♀️Спортнинг воллейбол спорт тури бўйича "Ички ишлар вазири кубоги" мусобақасининг туман босқичи ғолиби бўлган "Толовул" МФЙ жамоаси ўз совғалари ва кубогини волейбол мусобақасига мехр уйғотган нафақадаги устозлари Зайниддин ака беришди.

👍 Баракалла йигитлар!!!

Айтишадику устоз отангдек улуғ.
#statistika

Viloyatda tibbiyot sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni qanchaligini bilasizni?

  2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning soni 866 tani tashkil qildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki:     

- 94,5 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
    
- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni  jamiga nisbati 3 foiz; 

- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,6 foizni tashkil etаdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Марказий Осиё - Кўрфаз араб мамлакатлари ҳамкорлик кенгаши” форматидаги биринчи саммитда иштирок этиш учун 18-19 июль кунлари Жидда шаҳрида бўлади.

По приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 18-19 июля посетит город Джидду для участия в первом Саммите в формате «Центральная Азия – Совет сотрудничества арабских государств Залива».

#Mirziyoyev #sammit #KAMHK #MarkaziyOsiyo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2023

Toshkent viloyatidan 1056 nafar hojilar Islomning beshinchi rukni boʻlmish Haj ibodatlarini bekamu koʻst bajarib, yurtimizga eson-omon, sogʻ-salomat qaytishdi.

Bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli, barcha shart-sharoitlarga ega holatda oʻtganligini ta’kidlashmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb
#Ekstremizm_va_terrorizmga_qarshi_kurash_borasida_qabul_qilingan_hujjatlarning_ahamiyati

Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barcha davlatlar uchun asosiy vazifa bо‘lib turibdi.

Mamlakatimizda ekstremizm, radikalizm va xalqaro terrorizmning kuchayishini oldini olish bо‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, “Ekstremizmga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi, “Terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonunlar ishlab chiqilgan bо‘lib, mazkur qarorlarning qabul qilinishi, eng avvalo, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga, konstitusiyaviy tuzumni hamda davlatning hududiy yaxlitligini muhofaza etish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ekstremistik harakatlarning о‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qо‘yishga, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni amalga oshirishga kо‘maklashadi.

Shuningdek, mazkur hujjatlarda ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurashish borasidagi profilaktik tadbirlarining ahamiyati oshirilmoqda.

Ayniqsa, yot g‘oyalar, hozirgi zamon tahdidlariga qarshi samarali kurashishni tashkil etish, yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy xavflardan saqlash va boshqa dolzarb masalalarning huquqiy tartibga solinishi uning nechog‘li dolzarbligini tasdiqlaydi.

Yoshlar о‘rtasida ekstremizm bilan bog‘liq muammolar о‘zining salbiy oqibatlarini keltirib chiqarayotganligi har birimizdan hushyorlikni talab qiladi. Ayniqsa, о‘quv muassassalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish har bir mutasaddi rahbardan katta mas’uliyat talab etadi.

О‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan о‘lka bо‘lib kelgan. Ajdodlarimiz vatan taraqqiyoti yо‘lida yelkadosh bо‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ham kо‘p qayd etilgan.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qо‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bо‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bо‘lib qolmog‘i lozim.

✍🏻Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bо‘linmasi
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда отбыл в эту страну с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #sammit #SaudiyaArabistoni

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Soliq ma’murchiligi xalqaro ekspertlar nigohida.

🔰Mamlakatimizda mehmon bo‘layotgan (XVJ) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va (OTB) Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bugun Oqqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib, O‘zbekiston soliq maʼmurchiligini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida oʻzaro takliflar almashinib, soliq sohasini yanada takomillashtirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

☑️Shuningdek, xalqaro ekspertlar Oqqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi faoliyati va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, yoʻlga qoʻyilgan elektron hujjat almashishi avtomatlashtirilgan ishlash tizimi bilan tanishtirildi va barcha savollarga soliq tizimi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM