Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.2K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#эҳсон_саховат

Оққўрғон тумани 3-сектор ҳудудидаги "Бойғули" МФЙ гузарида саховатпеша тадбиркор ва кўнгилли фермер хўжаликлари раҳбарлари Қурбон ҳайити муносабати билан қўчқор сўйиб маҳалла аҳли ҳамда нуронийларига эҳсон дастурхони ёзилди.

Тадбирда иштирок этган ёши улуғ кекса нуронийларимиз юртимиз тинчлиги, эзгу ишлар бардавомлигини сўраб дуо қилишди. Тадбир ташкилотчиларига ўз миннатдорликларини билдиришди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

YOSHLAR KUNI TANTANALARI NURAFSHONDA KENG NISHONLANDI


✔️Har yili iyun oyi mamlakatimizda yoshlar oyligiga aylanadi. 30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni arafasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport bellashuvlari, intellektual o‘yinlar o‘tkaziladi. Xususan, joriy yili Toshkent viloyatida oylik doirasida 500 dan ziyod mana shunday tadbirlar – do‘stlik anjumanlari o‘tkazildi.

📌Bugun Nurafshon shahrida qutlug‘ sana munosabati bilan tantanali marosim o'tkazildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga atalgan bayram tabrigini  viloyatimiz hokimi Zoyir Mirzayev o‘qib eshittirdi.

⚡️Nurafshondagi muhtasham amfiteatrga viloyatning turli hududlardan sayilga kelgan yoshlar uchun qiziqarli badiiy dastur namoyish qilindi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июнь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Eldor Mirzayev
#qabul_2023
#10_iyulgacha

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO'SH O'RINLARIGA HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA QABUL UZAYTIRILDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

- Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o’tayotgan o’quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo’sh o’rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

- Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to’liq yopiladi.

- Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bildirish

Oqqo‘rg‘on tuman Tarix va o‘lkashunoslik muzeyida ertaga yani soat 10:00da Milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimizni tarannum etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirda Oqqo‘rg‘onimiz tarixi, boy madaniy merosi bilan yana bir bor tanishish bilan birgalikda xalq etnografik  folklor jamoalari, tuman madaniyat va turizm bo‘limi xonandalari hamda ashula va raqs ansambllarining diltortar chiqishlari Siz azizlar uchun tayyorlanmoqda.

Madaniy-marifiy, ko‘ngilochar tadbirdan bebahra bo‘lmay degangiz tumaninimiz ko‘zgusi muzey-memarialda tashkil etilayotgan tadbirda mehmon bo‘ling!
#2023_yil_1_iyuldan

🗓 1 iyuldan nimalar o'zgaradi?

🔹 “O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi BATAFSIL

🔹Ayrim tabirkorlar ishchilarining daromad solig'i qaytarib beriladi BATAFSIL

🔹Hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL

🔹Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi BATAFSIL

🔹“Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi BATAFSIL

🔹Davlat organlari AKT xodimlarining malakasi oshiriladi BATAFSIL

🔹“Yashil energiya” sertifikatini berish boshlanadi BATAFSIL

🔹Nodavlat futbol muassasalariga futbol assosiasiyasi a'zosi bo'lish talabi qo'yiladi BATAFSIL

🔹Ayrim vino mahsulotlariga aksiz markasi yopishtirilmaydi BATAFSIL

🔹Elektr yetkazib berish bo'yicha shartnomalar “Shaffof qurilish” tizimi orqali tuziladi BATAFSIL

🔹Ayrim tezkor-qidiruvlarda ekspress tekshirish texnik vositalari o'sha joyning o'zida qo'laniladi BATAFSIL

🔹Ayrim turdagi dorilar sertifikatlashtirilmaydi BATAFSIL

🔹Davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlari tanlov asosida tayinlanadi BATAFSIL

🔹2010 – 2012 yillarda berilgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyorat

TOSHKENT VILOYATI HOJILARI HAJ AMALINI ADO ETDILAR

Bu yilgi haj mavsumida oʻzbekistonlik hojilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga butun dunyo musulmonlarining havasi keldi.

Gap shundaki, yurtdoshlarimiz uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan, hammasi hojilar manfaatiga xizmat qiladigan, barcha sharoit yaratilgan joylarda ibodat qilishdi.

Xusuman, Toshkent viloyati hojilari ham zulhijja oyining sakkizinchi kunida haj amallarini bajarishga kirishib, oppoq ehromlarini bogʻlagan holda “labbayka” aytib, Mino vodiysi tomon yoʻl oldilar. Niyat bilan ehromga kirish, Arafotda turish va Baytullohni tavof qilish hajning farzlari sanaladi.

Bu yil Arafot va Muzdalifa Mino vodiylarida ham keng va qulay joylar hozirlashga erishildi va hojilarimizni haj amallarini mukammal ado etishiga asos boʻldi.

Yurtimiz ziyoratchilari arafa kuni erta tongdan hajning yana bir farzini bajarish maqsadida Arafot tomon yoʻl oldilar.

Hojilarimiz Arafot vodiysiga chiqqanlarida Allohdan, avvalo, oʻzlarining gunohlarini magʻfirat qilishni, dillariga tugib qoʻygan niyatlarini, yurtimizni samoviy, aroziy balolardan saqlashini soʻrab, chin dildan duolar qilishdi.

Hojilarimiz Arafot vodiysida kun botgunga qadar duo-yu tazarrularda boʻlib, Muzdalifa vodiysi tomon yoʻl oldilar. Ular Qurbon hayitining uchinchi kuniga qadar muborak joylarda toat-ibodatda bardavom boʻldilar, hajning shaytonga tosh otish, tavofi ifoza, qurbonlik qilish kabi qolgan ruknlarini ham toʻliq ado etdilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM