Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
📌Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani "Ishga marhamat" monomarkazida
#trening

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda "Sabr mikrokredit tashkiloti" MChJ bilan hamkorlikda Jahon bankining "Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash loyihasi" doirasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etmoqchi bo'lgan fuqarolar uchun tadbirkorlik asoslari bo'yicha o'quv mashg'ulotlari boshlandi.

📚Xususan bugun o'z tadbirkorligini yangi boshlovchilar bilan zamonaviy bozor sharoitida tadbirkorlikning oiladagi, jamiyatdagi hamda davlatdagi roli va shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini to’g’ri tanlash borasida tinglovchilarga keng qamrovli ma’lumotlar berilmoqda.

Bizni kuzatib boring:
👇👇
|Telegramm|Telegramm|Instagram|Facebook|Youtubel
#hokimiyat_hujjatlari

Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimiga sal kam 200 million soʻm mablagʻ ajratildi

Viloyat mahalliy budjetining 2023-yil  I-chorak yakuni yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qism hisobidan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish,  moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun  viloyat hokimligiga 194 million mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli hujjatni imzoladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yangi O'zbekiston” bog'ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi

“Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–91-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, 2025 yil 1 yanvargacha “Xalq amaliy san'ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun:

🔹kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizasiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so'mdan oshgan, biroq 1 milliard so'mdan ko'p bo'lmagan miqdori bo'yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

🔹tovar belgilarini milliy ro'yxatdan o'tkazish bepul amalga oshiriladi.

🗓 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag'larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo'yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

📁 Kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi etib qayta nomlandi va 2023 yil 15 iyundan hunarmandchilikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralari Jamg'arma mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

📝 Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro'yxati (quyida keltirilgan) tasdiqlandi.

🔘 2023 yil 1 iyuldan:

🔹hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari sifatida jo'natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo'natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi;

🔹davlat mulki bo'lgan moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 martgacha “YAngi O'zbekiston” bog'iga tutash hududda 0,3 gektar yer uchastkasida namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o'z ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etiladi va har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Asal mahsuloti bog'cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik rasioniga kiritiladi

“Asalarichilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va qishloq xo'jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (239–son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2023 yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g'o'zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo'llaniladi.

📂 Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg'ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.

☑️ 2024 yildan intensiv mevali bog'larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo'llash choralari ko'riladi.

🗓 2023 yil 1 sentabrdan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste'mol rasioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko'rib chiqiladi.

Har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko'rgazmasi o'tkazib boriladi.

🌐 Asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federasiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko'rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini ta'minlash bo'yicha zarur choralar ko'riladi.

▶️ “Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bog'larda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qo'llash bo'yicha o'quv kurslari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#футбол

⚽️ Спортнинг футбол тури бўйича ўтказилаётган “ДХХ кубоги – 2023” мусобақасининг Тошкент вилояти босқичи ўйинлар жадвали билан танишинг.

🏟Мазкур турнирнинг муросасиз баҳслари ҳали олдинда. Жамоангизни қўллаб-қувватланг.

😉Хўш, бу гал қайси жамоа 🏆Тошкент вилояти чемпиони бўлади?

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab talimi bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli davlat maktabgacha talim tashkiloti faollar zalida 2023-yil 23-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish uсhun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida"gi 1- va 12-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2023-yil 1-sentyabrdan Respublikaning barcha hududlaridagi DMTTlarda "Aqlvoy-oshpaz, bоg'сhаlаr uсhun taomlar retsepti" to'plamidan foydalanishi boshlanadi.

❇️Toshkent viloyati MMTB sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘lim boshlig‘i X.Yo‘ldoshev hamda Oqqorgon tumani MMTB bo‘limi boshlig‘i  M.Tojiboyevlar   ishtirokida o‘quv-seminari bo'lib o‘tdi.

❇️Seminar davomida Oqqorgon tumani Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti direktorlari, tashkilot hamshiralari va xo'jalik mudirlari faol ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#tavsiya

⚡️Assalomu alaykum yurtdoshlar!

🇰🇷Koreys tili o'quv kursimizda chegirma.
🧏‍♂️🧑🏻‍💻1 chi 10 odamga oylik to’lov 220 000 so’m.
🏃Shoshiling joylar soni cheklangan
💁‍♂️O'quv kurslari TOPIK-II 5-darajaga ega o’qituvchi Abduaziz Abduqayumov olib boradi.
☝️To’liq ma’lumot olish uchun:
📲
+99890-094-00-26
#давра_суҳбати

КЕКСАЛАР ҲАЁТИ – ИБРАТ МАКТАБИ

Туманимиздаги “Ишга марҳамат” мономаркази биносида Юртбошимиз томонидан имзоланган “Кекса авлод вакилларини ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ҳамда уларнинг ижтимоий фаоллигини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлашга қаратилган давра суҳбати ташкил этилди.

Давра суҳбатида Ўзбекистон қаҳрамони, сенатор, “Нуроний” жамғармаси республика бошқарув раиси Содиқжон Турдиев ва вилоят ҳокимининг нуронийлар фаолияти бўйича маслаҳатчиси Фарҳод Омонов, шунингдек, 29 та маҳалла раислари, нуронийлар маслаҳат кенгашининг аъзолари ҳамда ёшлар етакчилари  қатнашдилар.

Давра суҳбатида кексалар маслаҳат гуруҳи олдига қўйилган устувор вазифалар ҳақида тўхталиб, жамиятимиздаги қатор ижтимоий ва маиший муаммоларни бартараф этишда нуронийларнинг билим ва бой ҳаётий тажрибасидан самарали фойдаланиш долзарб масалаларидан бири эканлигини таъкидланди.