Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.58K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Эксперт_фикри

Ўзбекистоннинг инвестиция жозибадорлигини ошириш мақсадида хорижий инвесторларга кенг шарт-шароитлар яратилмоқда

🔰Ҳар қандай мамлакатнинг барқарор иқтисодий ривожланишини таъминлашда фаол инвестиция сиёсатини олиб бориш, чет эллик инвесторларга қулай шарт-шароитлар яратиш муҳим аҳамият касб этади.

⚪️Чунки ҳар қандай ишлаб чиқариш замирида инвестиция ресурсларини фаол жалб қилиш ва улардан самарали фойдаланиш омили мужассам. Айниқса, замонавий техника ва технология, ноу-хау, бошқарув усулларини миллий иқтисодиётда қўллаш учун тўғридан-тўғри хорижий инвестицияларни фаол ўзлаштириш талаб этилади.

🔗 Батафсил

✍️ Бобур Валиев,
иқтисодиёт фанлари доктори
.

@olimlar_minbari
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Одиша штатида рўй берган темир йўл ҳалокати оқибатида кўплаб инсонлар ҳалок бўлгани ва жароҳатлангани муносабати билан Ҳиндистон Президенти Драупади Мурму ва Бош вазири Нарендра Модига таъзия йўллади. Давлатимиз раҳбари вафот этганларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдириб, жароҳат олганлар тез фурсатда соғайиб кетишини тилади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Индии Драупади Мурму и Премьер-министру Нарендре Моди в связи с многочисленными жертвами и пострадавшими в результате железнодорожной катастрофы в штате Одиша. Глава нашего государства выразил слова сочувствия семьям и близким погибших, а также пожелания скорейшего выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|Twitter
❗️Туҳмат қилганлик учун қандай жавобгарлик бор?

☑️ Туҳмат,
яъни била туриб ёлғон, бошқа бир шахсни шарманда қилувчи уйдирмаларни тарқатганлик учун қонунчиликда маъмурий ва жиноий жавобгарлик назарда тутилган.

Хусусан, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексда туҳмат қилган шахсга нисбатан 6 млн 600 минг сўмдан 19 млн 800 минг сўмгача миқдорда жарима солиниши белгиланган.

Агар ушбу ҳуқуқбузарлик маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилса, 66 млн сўмгача миқдорда жарима ёки 300 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 2 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.

🔰Туҳмат нашр қилиш ёки бошқача усулда кўпайтирилган тарзда, шу жумладан ОАВда, телекоммуникация тармоқларида ёки Интернетда жойлаштириш орқали амалга оширилса, ушбу ҳаракат жиноят ҳисобланади ва айбдор:

▫️66 млн сўмдан 132 млн сўмгача миқдорда жарима;
▫️300 соатдан 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари;
▫️2 йилдан 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари;
▫️1 йилгача озодликни чеклаш билан жазоланиши мумкин.

Агарда туҳмат:

оғир ёки ўта оғир жиноят содир этишда айблаб;
оғир оқибатлар келиб чиқишига сабаб бўлган ҳолда;
хавфли рецидивист томонидан;
ғаразгўйлик ёки бошқа паст ниятларда қилинса:

▫️99 млн сўмдан 165 млн сўмгача миқдорда жарима;
▫️
360 соатдан 400 соатгача мажбурий жамоат ишлари;
▫️
1 йилдан 3 йилгача озодликни чеклаш жазоси тайинланиши мумкин.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Yoshlarga_e'tıbor

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 2023-yil 11-aprelda boʻlib o'tgan videoselektor yig'ilishida yoshlarni 3 toifaga bo'lib o'rganish, ularning muammolarini manzilli hal qilish maqsadida respublika, viloyat va tuman rahbarlariga biriktirib, ularni oʻylantirayotgan masalalarini hal qilish borasida qator vazifalar belgilangan edi.

Hozirgi kunda o'g'ir toifaga tushib qolgan yoshlarining muammolari o'rganilib o'z yechimini topmoqda. Shular qatorida "Mustaqillik" MFY yashovchi Bexruz Sobirjonovning ham bandligi ta'minlandi. 4-sektor rahbari B. Shomirzayev tomonidan Bexruzga inkubator olib berildi.

Endilikda Bexruz inkubator yordamida jajji jo'jalarni ochirib, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sening Imkoniyating"

Biznes rejangiz bor ammo, uni boshlash uchun mablag'ingiz yo'qmi

Biz sizga hech qanday zalog va kafillarsiz sarmoya beramiz ❗️
Sizni 4-iyun kuni soat 16:00 Oqqo'rg'on tumani Uztelecom binosida kutib qolamiz!..

Raqamli Yordamchi tomonidan o'tkazilayotgan "Sening Imkoniyating" nomli tadbirda siz Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan Raqamli Yordamchi, Raqamli Sarmoya va Raqamli Operator imkoniyatlari bilan tanishib chiqishingiz va biznes loyihalaringizni boshlash uchun sarmoyani qo'lga kiritishingiz mumkin❗️

Maʼlumot uchun:
Sayt: raqamli-yordamchi.uz
Telegram: https://t.iss.one/raqamli_yordamch1

+99899-991-11-08
+99899-784-26-26
#ayni_dam
#kubok

Ayni damda Oqqorgon tumanida osmir oʻgʻil va qiz bolalar ortasida “Polvonlari kop yurt qudratli bolur!”shiori ostida sportning kurash turi bo`yicha tuman Prokurori kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон етакчисининг болаларга оид сиёсати;
- Президент Шавкат Мирзиёевнинг қайта тикланувчи энергия манбаларини кенг жорий этиш ташаббуси - амалда
;
- Халқимизнинг бошини осмонга етказаётган Янги Ўзбекистон ёшлари ҳақида.

Кўрсатувни бугун, 3 июнь куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 4 июнь куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

▶️ Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o'tkaziladi:

🔹2024 yil 1 yanvardan:

Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

🔹 2024 yil 1 avgustdan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari;

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

🗓 2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

📌 2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish dasturlari bo'yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma'lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

➡️ 2024 yil 1 yanvargacha:

🔸davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

🔸nogironligi bo'lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo'lgan oila a'zolariga ko'maklashish bo'yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

▶️ 2023 yil 1 oktabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

🔢 2023 yil 1 oktabrdan:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o'tkaziladi;

aholiga ko'rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo'yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko'mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko'maklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olish, ularga g'amxo'rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#oqqorgon_tuman
#kubok
#prokuror_kubogi

Tumanimizda oʻsmir oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida “Polvonlari koʻp yurt qudratli bolur!” shiori ostida sportning kurash turi bo`yicha tuman Prokurori kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Unda tumanimizning barcha mahallalaridan milliy kurash sport turi havaskorlari hamda sport maktabida muntazam shug'ullanuvchilar oʻrtasida murosasiz kurash bordi.

Tuman prokurori kubogi uchun kechgan bahslarda barcha yosh toifasida g'oliblar aniqlanib g'olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar ulashildi.