Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
25.1K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#jarayon

Oqqo‘rg‘on tumandagi 24-,25-, 28-, 30-, 31-, 32-, 33- va 34-sonli umum taʼlim maktablarida "Jaholatga qarshi - maʼrifat" shiori ostida "Islom tinchlik dini" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi masʼul xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda tinchlik va osoyishtalik, shukronalik neʼmati, dinimizning asl mohiyatidan yiroq oqimlarga bilmasdan ergashib ketish holatlari va ularning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

Suhbat davomida xalqimizga xos milliy qadriyatlarga hurmat, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashish borasida yoshlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.

✍️ Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#tavsiya

📌Daromadli kasbga oʼqishga taklif qilamiz!

🔰Kasb nomi: 🐟"Baliqchilik"
🟢Oʼqish muddati: 3 oy
🔵Oʼquv mashgʼulotlari 30% nazariy, 70% amaliy.
🔖Oʼqishni tamomlaganlarga davlat naʼmunasidagi oʼrta maxsus maʼlumotli sertifikat beriladi.
Imtiyozlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ-83-son
qaroriga asosan o’z baliqchilik xo’jaligingizni tashkil etishda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalarga ega bo’ling hamda baliq etishtiruvchi xonadon egasi 50% yer va mol-mulk solig'idan ozod etiladi.

🗺Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo’rg’on tumani, “Tolovul” mfy, Oybek ko’chasi.
📲Batafsil ma'lumot olish uchun:
👉(+99870) 202-21-19
👉(+99870) 202-61-19
👉ADMIN bilan bog'lanish👉
@TXQ85
🔍
https://t.iss.one/OQQORGON_MONOMARKAZI
#so‘nggi_qo‘ng‘iroq

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” sadolari bugun yurtimiz boʻylab barcha ta’lim maskanlarida yangramoqda. Bu sadolar yoshu qarini birdek hayajonga solishi shubhasiz.

2022-2023-o‘quv yilini Oqqoʻrg‘on  tumanida joriy yilda 11-sinfni 1070 nafar oʻquvchi tamomlamoqda.

"Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida oʻtayotgan tadbirlarda mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi. Xususan, Oqqo‘rg‘on tuman hokimi Alisher Karimdjanov  Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashgan maktabida bitiruvchi yoshlarga Prezident tabrigini oʻqib eshittirib, yangi hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan yoshlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirmoqda.

Joriy yil ushbu maktabda 18 nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomlamoqda. Ulardan 1 nafari muddatidan oldin talabalik safiga qabul qilingani quvonarlidir.

Tuman hokimi tadbirda joriy o‘quv yilini muvaffaqiyatli tugatayotgan o‘quvchi va o‘qituvchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirlab, o‘z minnatdorligini bildirdi.
Алкоголь ва тамаки маҳсулотларининг тарқатилишини ҳамда истеъмол қилинишини чеклаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикасининг Қонуни

📍https://uza.uz/posts/486532

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#kun_mavzusi_soʻnggi_qoʻngʻiroq

Bugun tumanimizdagi barcha maktab bitiruvchilari mustaqil hayot ostonasidagi ilk hayojonli, unutilmas damlarni nishonlashmoqda.

"Ilmni qadrlang, ilmga intiling" shiori ostida oʻtgan soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlarida tumanimiz sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, maslahatchilari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, bitiruvchilarga Davlatimiz rahbarining tabrigini etkazib, oʻzlarining ezgu niyatlarini bildirdilar.