Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.86K subscribers
26.5K photos
1.66K videos
46 files
3.27K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Оққўрғон_ёшлари

🍰🍰 Қандолатчи Минаввар танлов ғолиби!!!

"Беш ташаббус олимпиадаси" доирасида илк бора ўтказилаётган "Касблар танлови" бугун юзлаб ёшларнинг катта қизиқишига ва маҳорат эшикларини очиб беришга сабачи бўлмоқда дейди; Танловнинг "Қандолатчилик" йўналиши бўйича Оққўрғон туман босқичи ғолиби 4-сектор иштирокчиси Минаввар Кабирова.

🎁 Ёшлар ишлари агентлиги
Оққўрғон туман бўлими, "Ишга марҳамат" мономаркази ва Ёшлар келажагимиз жамғармаси Тошкент вилоят филиали билан ҳамкорлигида ташкил этилаётган мазкур танловлар янги иқтидорлар, янги чеҳралар ва янги услубда ишловчи ёш қандолатчиларни кашф қилишда давом этмоқда.

🥇🏆  Ғолиб ва совриндорлар ташкилотчиларнинг диплом, ташаккурнома, ваучерлари билан тақдирланди.
#o‘quv_seminar

Obod va xavfsiz mahalla tashkil etish o‘z qo‘limizda

Oqqo‘rg‘on  tumani "Ishga marhamat" monomarkazida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilashga qaratilgan respublika ishchi guruhining o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman hokimligi vakillari, sektor rahbarlari, Respublika ishchi guruh aʼzolari, mahallalardagi beshlik ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining qaroriga ko‘ra mahallalarida huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoxud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan kunlik yakka tartibda ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, fuqarolarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish borasida ham manzilli ishlar olib borish bo‘yicha mahalla beshligi aʼzolariga zarur topshiriqlar berildi.
#qaror_va_ijro

Uch avlod uchrashuvlari

Prezidentining 2023 yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi 92-sonli qarorning ijrosini taminlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tumani "Hamid Olimjon" mahallasidagi 39-son umumta'lim maktabida faxriylar va nuroniylar "Keksalar maslahati" guruh aʼzolari ishtirokida Uch avlod uchrashuvi tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar o‘zlarining hayot yo‘llarida ko‘rgan-kechirganlari mehnat faoliyati davomida orttirgan boy tajribalari haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, yosh avlod vakillariga kelajakda vatanparvar, ota-onasi  va milliy qadiryatlarimizni qadirlash kerakligi to‘g‘rida tushinchalar berishdi.