Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#hamkorlik

Sirdaryo viloyati madaniyat va turizm mutaxassislari Oqqoʻrgʻonlik hamkasblari bilan tajriba almashdi

Oqqo'rg'on tumani Madaniyat va Turizm bo'limi tomonidan tashkil etilgan unvonga ega xalq jamoalari, to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Sirdaryo viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi hamda tuman, shaharlari boʻlimlari rahbarlari bugun Oqqoʻrgʻon da boʻldi.

Mehmonlarga tumanimiz madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari hisobot konsertini berishdi. Oʻzaro fikr almashdilar.

Shuningdek, mehmonlar Oqqoʻrgʻon tuman Tarix va oʻlkashunoslik muzeyi hamda musiqa maktabi faoliyati bilan ham tanishtirildi.
Bugun tumanimizda kumush tola yigʻim-terimiga start berildi

Joriy yilda Oqqoʻrgʻon tumani pillakorlari 175 tonna pilla yetishtirishni rejalashtirishgan. Buning uchun klaster, fermer xoʻjaliklar va kasanachilar tomonidan 3 ming qutidan ortiq ipak qurti parvarishlanmoqda.

Bugun "Turon silkpro" MChJ tomonidan pillakorlar uchun ehson dasturxoni yozilib, osh tortildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi A.Karimdjanov, sektor rahbarlari, qishloq xoʻjaligining masʼul xodimlari va boshqalar hosil moʻl boʻlib, belgilangan rejani yorugʻ yuz ila ortigʻi bilan bajarib olishga erishishni tilashdi.

Tadbirda belgilangan rejani bajargan bir guruh ilgʻor pillakorlar mutasaddilar tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Yoshlar ishlari agentligi Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi, Ishga marhamat monomarkazi va "Yoshlar – kelajagimiz" jamgʻarmasi Toshkent viloyat filiali bilan hamkorlikda “Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha ”Kasblar tanlovining"  tuman bosqichi tashkil etildi.

Yangi iqtidorlar, yangi chehralarni kashf qilgan mazkur tanlov yakuniga koʻra 2-sektor "Birlik" MFY vakili Qulmuhammedova Zarnigor 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, viloyat bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi.

🎊 Gʻolib va sovrindorlar diplom, tashakkurnoma va vaucher bilan taqdirlandilar.
#statistika

Toshkent viloyati aholisi 3 milliondan  oshdi

Viloyat statistika boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 3 007,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 13,5 ming kishiga koʻpaydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 504,6 ming kishini qishloq aholisi soni 1 502,4 ming kishini tashkil etdi.

Doimiy aholi sonining hududlar boʻyicha taqsimlanishi

🟠Nurafshon sh -  54 547 kishi                        

🟠Olmaliq sh  -  142 669 kishi

🟠Angren sh –   179 705 kishi

🟠Bekobod sh – 102 612 kishi

🟠Chirchiq sh –  168 861 kishi

🟠Ohangaron sh –  40 920 kishi

🟠Yangiyoʻl sh – 82 456 kishi

🟠Oqqoʻrgʻon  –  110 696 kishi

🟠Ohangaron – 109 606 kishi

🟠Bekobod  -  163 754 kishi

🟠Boʻstonliq –  175 724 kishi

🟠Boʻka tumani –  133 124 kishi

🟠Quyi Chirchiq– 114 565 kishi

🟠Zangiota  – 168 036 kishi

🟠Yuqori Chirchiq  137 868 kishi

🟠Qibray –  173 567 kishi

🟠Parkent  –  175 696 kishi

🟠Piskent –  102 032 kishi

🟠Oʻrta Chirchiq  –  135 377 kishi

🟠Chinoz  – 143 379 kishi

🟠Yangiyoʻl –  197 943 kishi

🟠Toshkent t. – 193 889 kishi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM