Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#maxsus_dayjest

2023-yil 1-mavsumda Toshkent viloyatida “Tashabbusli byudjet” doirasida 142 millarddan ortiq mablagʻlar evaziga 152 ta loyiha gʻolib deb, topilgan edi.

Unda fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, bolalar va sport maydonchalari, ichki yoʻllarni qurish, maktablarni tamirlash, jihozlash hamda boshqa takliflar ilgari surildi.

Bugungi qisqa satrlarda mazkur sohada hududlarda olib borilgan ishlarning жорий йилнинг 1-chorak yakuni bilan tanishamiz.

🔘Piskent tumani

🔘Ohangaron shahri

🔘Chirchiq shahri

🔘Bo'ka tumani

🔘Nurafshon shahri

🔘Yuqori Chirciq

🔘Toshkent tumani

🔘Olmaliq shahri

🔘Ohangaron tumani

🔘Zangiota tumani

🔘O'rta Chirchiq tumani

🔘Yangiyo'l shahri

🔘Bekobod shahri

🔘Bekobod tumani

🔘
Angren shahri

🔘
Yangiyo'l tumani

🔘Chinoz tumani

🔘Quyi Chirchiq tumani

🔘Bo'stonliq tumani

🔘
Parkent tumani

🔘Oqqo'rg'on tumani

🔘Qibray tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Dilorom Hamroyeva, maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi (Toshkent viloyati):

— Yangi Konstitutsiyaning 50-moddasida maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Unda davlat maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun barcha choralarni koʻrishi, ayniqsa alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlganlar inklyuziv taʼlim bilan taʼminlanishi belgilab qoʻyilmoqda.
Bolajonlarimiz quvonchi, shodligi uchun biz referendumga befarq emasmiz, sizchi?

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik

Ramazon sahovat oyi

Bugun Muborak Ramazon oyi munosabati bilan tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilayotgan Iftorlik dasturxoni bugun “Eltamg‘ali” MFY aholisi uchun “Gulsanam” to‘yxonasida tashkil etildi.

Iftorlikda nuroniylar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da turgan oila vakillari ishtirok etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqmasman

Shahzada Auesbayeva, Qibray tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi:

– Yangilangan Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilingan. Davlatning ijtimoiy normalari va majburiyatlari soni qariyb 3 barobar oshadi.
Xususan, Konstitutsiyada “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili mustahkamlangan, ya’ni inson manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligi kafolatlangan.
Konstitutsiyamizda yoshlarning oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qish huquqi ham belgilab berilgan. Shunday qilib, iqtidorli yoshlarga davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining dastlabki bosqichiga start berilmoqda. Maxsus dayjestda shu haqida

🔘Piskent tumani. 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o'tkaziladigan "DXX kubogi"ga start berildi.

🔘Bekobod tumani. Markaziy o‘yingohda "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" uchun tuman saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

🔘Bo'ka tumani. "DXX kubogi" baxslari tuman bosqichiga qur’a tashlash marosimi o’tkazildi.

🔘Bekobod shahri. Yoshlar ishlari agentligi binosida futbol va mini futbol bo‘yicha "DXX kubogi" musobaqalari oldidan qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

🔘Yangiyo'l tumani. Sportning mini-futbol hamda futbol turlari bo'yicha 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar oʻrtasida "DXX kubogi" musobaqalarining mahalla bosqichiga start berildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi boshchiligida, yoshlar yetakchilari va jamoalari ishtirokida "DXX kubogi" musobaqalari turnirida qatnashish uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi Markaziy oʻyingohda mutasaddi rahbarlar ishtirokida "DXX kubogi" musobaqalarining qurʼa tashlash jarayonlari o'tkazildi.

🔘Toshkent tumani. Bugun tumanda sportning mini-futbol hamda futbol turlari bo'yicha 16-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida "DXX kubogi" musobaqalarining mahalla bosqichiga start berildi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Bugun tuman sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
🟥🟥🟥

⚡️“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17-apreldan start berildi

🔆Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratirilishi belgilagan.

📆 Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #mening_yolim

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️🛣"Mening yo‘lim" loyihasiga taklif kiritishga oid video qo‘llanma

➡️Buning uchun Siz "Ochiq budjet" axborot portalida ro‘yxatdan o‘tib, "Mening yo‘lim" loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun takliflaringizni kiritishingiz mumkin.

Loyihada faol qatnashib, tumaningiz (shahringiz), mahallangiz yo‘llarining ravon bo'lishiga hissa qo'shing!

📆Eslatib o'tamiz, "Mening yo'lim" loyihasi doirasida takliflar kiritish jarayoni 2023-yilning 27-apreliga qadar davom etadi.

#ochiq_budjet #mening_yolim 

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Sizga ish kerakmi?

Oqqo’rg’on tumanida aprel oyi holatida jami 925 ta vakant boʻlib, shundan oliy maʼlumotlilar uchun 625 ta, oʻrta maxsus maʼlumot egalariga 114 ta, malaka talab etilmaydigan yoʻnalishlarda 186 ta boʻsh ish oʻrinlari mavjud.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin.

1.☎️+998 90 123-17-64 Асилбек Эсиргапов

2.☎️ 70-202-04-49
Ish2.mehnat.uz orqali ham o’zingizga mos bo’sh ish o’rinlari bilan o’nlain tanishishingiz munkun.

Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi.
Forwarded from Muxriddin
#jarayon

Oqqo‘rg‘on tumandagi 7.41 va 45-sonli umum taʼlim maktablarida "Jaholatga qarshi - maʼrifat" shiori ostida "Islom tinchlik dini" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi masʼul xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda tinchlik va osoyishtalik, shukronalik neʼmati, dinimizning asl mohiyatidan yiroq oqimlarga bilmasdan ergashib ketish holatlari va ularning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

Suhbat davomida xalqimizga xos milliy qadriyatlarga hurmat, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashish borasida yoshlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.


✍️ Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

👉Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муддатидан олдин овоз бериш тартиби

✔️ Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

🗓 Референдумда муддатидан олдин овоз бериш 19-26-апрел кунлари амалга оширилади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Янгиланаётган Конституцияда
инсон ҳуқуқларига оид
янгилик

1.
Инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳар кимга туғилганидан бошлаб тегишли.

2. Инсоннинг шаъни ва қадр-қиммати дахлсиз.

3.
Инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликлари бевосита амал қилади.

4. Ҳеч кимга унинг розилигисиз мажбурият юклатилиши мумкин эмас.

5.
Инсонга нисбатан қўлланиладиган ҳуқуқий таъсир чоралари мутаносиблик принципига асосланиши керак.

6. Ҳар ким ўз шахсига доир маълумотларнинг ҳимоя қилиниши ҳуқуқига эга.

7. Ҳар ким мамлакат бўйлаб эркин ҳаракатланиш, турар ва яшаш жойини танлаш ҳуқуқига эга.

8. Ҳар ким уй-жой дахлсизлиги ҳуқуқига эга.

9. Ҳар ким ўз ҳуқуқ ва эркинликларини қонунда тақиқланмаган барча усуллар билан ҳимоя қилишга ҳақли.

10. Шахснинг судланганлиги ва бундан келиб чиқадиган ҳуқуқий оқибатлар унинг қариндошлари ҳуқуқларини чеклаш учун асос бўлиши мумкин эмас.

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Kasb-hunar o’rganishni istaysizmi!!!

Unda bizning TAKLIF aynan siz uchun

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 25-yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatlarga ketayotgan shaxslarni va band boʻlmagan aholini oʻqitishni tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi 4962-son qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oqqoʻrgʻon tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, Vaqtinchalik mehnat faoliyatini Rossiya Federatsiyasi va boshqa chet davlatlarda amalga oshirmoqchi boʻlgan ishsiz va ish izlovchi fuqarolarni Toshkent viloyati qurilish zonasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markaziga hunar o‘rganishga taklif etadi.

Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabiga quyidagi mutaxassislik yoʻnalishlarini oʻrganishingiz mumkin.

Murojaat uchun tel-(99)-611-57-16
Tel-(70)-202-04-49
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалиги тармоқларини қўллаб-қувватлашга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений, направленных на поддержку отраслей сельского хозяйства.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #qullabquvvatlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter