Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Фаластин, Япония, Қатар, Словакия ва Покистоннинг мамлакатимиздаги янги элчиларидан ишонч ёрлиқларини қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял верительные грамоты у вновь назначенных в нашу страну послов Палестины, Японии, Катара, Словакии и Пакистана.

#Mirziyoyev #qabul #elchilar #Falastin #Yaponiya #Qatar #Slovakiya #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Наримон Ражабов, Тошкент давлат юридик университети профессори:

— Энг муҳим масалалардан бири инсон соғлиғи-саломатлигидир. Шундай экан, янгиланаётган Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 49-моддасида янги киритилди, яъни ҳар ким қулай атроф-муҳитга эга бўлиш, ҳар ким атроф-муҳит тўғрисида ишончли ахборотларни олиш ҳуқуқига эга. Ушбу норма амалдаги Конституцияда йўқ. Агар сиз қулай атроф-муҳитда яшаш ҳуқуқингиз таъминлашини истасангиз, унда албатта, 30 апрелда бўлиб ўтадиган конституциявий ўзгаришлар бўйича референдумда иштирок этинг.

@menbefarqemasman
#sayyor_qabul

📌 Bugun Toshkent viloyati prokuroturasi vakili B.Janiqulov Oqqo‘rg‘on tuman 3-sektor shtabida tuman hokimi A.Karimdjanov, sektorlar va mutasaddi korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

⚡️ Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, ichimlik suvi, yo‘l ta‘miri, aliment undirish, uy-joy olish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi. Har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, barcha murojaatlarga qonun doirasida tushuntirishlar berilib,nazoratga olindi.

🔖 Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qolgan har bir murojaat ijobiy yechimi topishi yuzasidan tegishli mutasaddi korxona rahbarlariga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi qat‘iy nazoratga olindi.
#sessiya

Bugun Xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tuman Kengashining 6-chaqiriq 69-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Deputatlar kun tartibidagi tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining "Oqqoʻrgʻonda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida" va "Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishining holati, qoʻshimcha rezervlarni aniqlash boʻyicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda toʻlanganligi, ular boʻyicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida" Oqqoʻrgʻon tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisobotlarini eshitishdi.

Shuningdek, "Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida"gi tuman Adliya boʻlimi boshligʻi axboroti tinglandi.

"Ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida"gi masalalarni deputatlar atroflicha muhokama qildilar va sessiyaning tegishli qarori qabul qilindi.