Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.77K subscribers
25.9K photos
1.61K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#musobaqa

Bobomizga munosib farzand bo‘laylik

⚡️Bugun Toshkent viloyati Oqqo'rgon tumani 49-sonli Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i polkovnik D.O.Nortojiev, Toshkent viloyati Qo'riqlash boshqarmasi Quyi Chirchiq tumanlararo qo'riqlash bo'limi hamda ushbu ta‘lim muassasasi bilan hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Amir Temur bobomizga munosib avlod bo'laylik" shiori ostida sportning bir necha turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Musobaqada g'olib bo'lgan o'quvchilar Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi 92139-harbiy qism komandiri o‘rinbosari mayor Sh.B.Jo‘rayev hamda Quyi Chirchiq tumanlararo qo'riqlash bo'limi guruh komandiri leytenant S.S.Raximov tomonidan esdalik sovg'alar, medal va diplom bilan taqdirlandilar.
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Umid Nabiev, xalqaro toifadagi sport ustasi, Toshkent viloyati Zangiota tumani "Vatanparvar" MFY yoshlar yetakchisi:

— Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlarda biz yoshlarga ham keng imkoniyatlar berilmoqda. Qonuniy huquqlarimizga befarq bo‘lmagan holda yoshlarni 30- aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga chorlayman.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Ogohlik

Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga ayrim tovarlar xaridi uchun toʻlangan QQS qaytariladi

“2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–113-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, 2023-yil 15-apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

🔸meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yoʻnalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi;

🔸intensiv bogʻ va tokzorlar, agrologistika obyektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing toʻlovi 10 foizi oldindan toʻlash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.

📝 Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (paxta, gʻalla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajoʻxori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.

🔢 2023-yil 1-iyungacha paxta, gʻalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi roʻyxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan QQS summasi qaytariladi.

2023-yil 1-iyundan qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

💰Qarorga koʻra shuningdek, Prezidentning tegishli qarori doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2023-yilda 400 milliard soʻm byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

🏢 Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.

2023-yilda har bir viloyatda oʻrtacha 250-300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etiladi.

📊Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Гуландам Субханова, Республика тожик миллий маданий маркази раиси:

— Ҳозирда жуда катта сиёсий жараён ва масъулиятли бир тадбир арафасида турибмиз. Янгиланаётган Конституция бўйича референдумга тайёргарлик ишлари бўлмоқда. Бунга қадар Конституция лойиҳаси икки марта умумхалқ муҳокамасига қўйилди, биз берган таклифлар ҳам лойиҳага киритилди. 8-моддада Ўзбекистон халқини миллатидан қатъи назар, Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари ташкил этади, деб ёзилгани эса бизни янада қувонтирди. Бўлажак референдумга бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
Yurtboshimizning 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Oqqoʻrgʻon tumani mahallalarida ham Muborak Ramazon oyi davomida iftorlik tadbirlarni o‘tkazish belgilangan.

Bugun ham tumanimizda joylashgan "Xalqobod" MFY fuqarolari uchun “Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan iftorlik dasturxoni yozildi.

Iftorlikda mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila a'zolari, faol xotin-qizlar va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.
#ehson

Bugun 3-sektor rahbari tashabbusi bilan “Jag‘alboyli” MFY Obod ko‘chasi 15-uyda yashovchi Saida Omonkulovaning yashash xonadonida iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

Iftorlikda mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila aʼzolari, faol xotin-qizlar va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.