Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.15K subscribers
28.8K photos
1.79K videos
49 files
3.61K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Toshkent_viloyati
#Oqqo'rg'on_tumani


🔰Joriy yilning 22- avgust kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi hamda  Din ishlari bo'yicha qo'mita hamkorligida "Ma'naviyat maskani"da "Yangi O'zbekiston fidoyisi bo'lib ma'naviyat targʻibotchisiga aylanamiz" nomli ilmiy uslubiy qoʻllanmaning taqdimoti hamda targ'ibot tarbiri boʻlib oʻtdi.

🔰Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi rahbari O'.Botirova, Din ishlari bo'yicha qo'mita vakili M.O'razov, "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi rahbari S.Ahmedov va tuman Tarix va o'lkashunoslik muzeyi direktori A.Qurbonovlar so'z chiqib,  Yurtboshimizning muborak Xaj va Umra safariga borgan nuroniy xoji otalarimiz va xoji onalarimizga yo'llagan fikrlari haqida alohida ta'kidlab o'tdilar.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on_tumani
#“Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi va tuman Axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini, “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!” degan bosh g‘oyani ostida "Yangi uyg‘onish davri-kitob va kutubxonadan boshlanadi" shiori ostida Xamid Olimjon mahallaisdan joylashgan kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚Tadbirda mahalla kutubxonasining yosh kitobxon o‘g‘il-qizlari tomonidan Vatanni madx etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.Bunday tadbirlar tuman miqiyosida davom etmoqda.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Men ham harbiy bo'laman


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Ona Vatan taraqiyyotiga xissa qo'shuvchi munosib farzand bo'lib yetishishlarini ta'minlash maqsadida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi tashabbusi bilan Chirchiq Oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti, tuman  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida 3-umumta'lim maktabining «Men ham harbiy bo‘laman» kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda tumandagi 3-umumta'lim maktabining o'quvchi-yoshlar orasida «Men ham harbiy bo‘laman» kitobi asosida qiziqarli ma'lumotlar hamda  bugungi kunda yurtimizda harbiy sohada amalga oshirilgan islohatlar bo'yicha fikr bildirildi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Qatag'on qurbonlari xotirasini yod etib


Oqqo'rg'on tumanida mustaqil Vatan taraqqiyoti uchun siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini targ‘ib etish maqsadida “Vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning xotirasi barhayot!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi, Chirchiq Oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti, tuman Mudofaa bo'limi, "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi, Oqqo'rg'on tumani 11-maktabida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya–Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida "Qatag'on qurbonlari xotirasini yod etib" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni davomida yoshlarga jadidchilik xarakati namoyondalarini hayoti, ilmiy, ijodiy faoliyati haqida ma'lumotlar berdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Ibratli nuroniylar bilan uchrashuv

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Ona Vatan taraqiyyotiga xissa qo'shuvchi munosib farzand bo'lib yetishishlarini ta'minlash hamda keksa-nuroniylar ibratli hayot yo'lini yosh avlodga yetkazish maqsadida tuman Mudofaa bo'limi tashabbusi bilan Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, CHirchiq Oliy Tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti Oqqo'rg'on tuman shtabi a'zosi, 12-umumta'lim "Vatan tayanchi" ortryadi a'zolari hamkorligida 2-Jahon urushi qatnashchisi 105 yoshli Nurmatov Fayzulla Ota xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Fayzulla ota urush davridagi bo'lib o'tgan vaziyatlar haqida xotirlab so'zlab berdi va bugungi tinchlik- osudalik, farovonlik uchun shukuronalik aytib, yoshlarga ezgu tilaklarni bildirib duo qildi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on

Keksalar so’zi ibrat

Keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom koʻrsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabr kunidagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 816-sonli qarori ham yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashni asosiy maqsaddir.

Joriy yilning 24-oktabr kuni Ma'naviyat va ma'rifat markazi tumani bo'linmasi, tuman Nuroniy jamg'armasi, Chirchiq Oliy Tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti ofitseri, tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda 44-umumta’lim maktabida “Keksalar so’zi ibrat” mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Keksalar suhbat davomida o‘quvchilarga hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on tuman 1-son kasb-hunar maktabi
#DOLZARB_TADBIR
        
📌Joriy yilning 28-noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabida dolzarb va jiddiy bo‘lgan masala – Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha turkum tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda Oqqo‘rg‘on tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, mayor D.Fayzullayeva, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Z.Omonov va kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Bu o‘tkazilayotgan turkum tadbirlar ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.

Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#targ‘ibot_tadbiri

Joriy yilning 28-noyabr kuni “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” goyasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari O‘. Botirova hamda tuman Mudofaa bo‘limi xodimi Sh.Alimov hamda tuman "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari ishtirok etishib, yoshlarga ta’lim-tarbiyaning hayotimizdagi tutgan o‘rni shuningdek, yoshlarning bilim va kasb-hunar olishlari uchun yurtimizda barcha sharoitlar mavjudligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.


@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

📘📘📘📘📘📘📘📘

🏢
Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  "Konstitutsiya-kelajagim mash'ali" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktab direktori E.T.Mirzayev Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - kelajagim mash'ali" mavzusida bag‘ishlangan tadbirda bayram bilan barchani tabrikladi.
📚O‘quvchilarga yangi qomusimizning tuzilishi va mohiyati haqida tushunchalar berdi, shu bilan birgalikda o‘quvchilarning yurtimiz qonunlari haqidagi bilimlari yana bir bor mustahkamlandi.
Tadbirga o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she'r va raqslar o'zgacha ruh bag‘ishladi.

@oqqorgon_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#Madhiya_32_yilligi
#Yurakni_madh_etgan_sado

"10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan tumanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun erta tongdan Oqqo‘rg‘on tumanidagi barcha bo‘lim, korxona tashkilotlarda ish kuni, shuningdek, ta’lim muassasalarida bugungi kun darslari bayramona kayfiyatda davlatimiz madhiyasini jonli ijro etish bilan  boshlandi.

Mazkur sana munosabati bilan "Yurakni zabt etgan sado" shiori ostida tadbirlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

@oqqorgon_hokimligi