Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.7K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Toshkent viloyatida 2 nafar bolali oilalar katta ulushni tashkil etadi

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 71,3 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolali oilalar 23,5 %;
- ikki bolali oilalar 26,5 %;
- uch bolali oilalar 14,7 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolali oilalar 6,6 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 28,7 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Янгилик

“Қорасув-Бўка-Бекобод” автомобиль йўлининг Ўрта Чирчиқ туманидан ўтувчи қисмидаги (темир йўл устидан ўтган) кўприк 1972 йилда қурилган бўлиб, муқаддам умуман таъмирланмаган эди. Натижада, кўприк авариявий ҳолатга тушиб қолган. Зудлик билан кўрилган чоралар натижасида, қурилиш-таъмирлаш ишлари бошлаб юборилди, маҳаллий бюджетдан 26 миллиард сўм маблағ ажратилди.

Уч ой давомида кўприк янгитдан қурилди. "Тошкент кўприк қурилиш" корхонаси ишчилари жонбозлик кўрсатиб, туну кун иш олиб боришди. Агар эски кўприкнинг ўтказувчанлик қуввати 30 тоннани ташкил этса, янги кўприк 100 тонналик ўтказувчанлик қобилиятига эга ва кенглиги 26 метр. Наврўзи айём арафасида қурилиши якунланган кўприкни фаоллар ва нуронийларнинг оқ фотиҳаси билан фойдаланишга топширдик.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegramm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Hukumatning 2023-yil 4-martdagi farmoyishiga koʻra, ertaga 18-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oqqoʻrgʻon tuman hokimi A.Karimdjanovning 15-mart kungi farmoyishida ta’kidlab oʻtildi.

Farmoyishga k
oʻra, umumxalq hasharida “Mahallamga 10 tup daraxt – mening tuhfam” aksiyasi ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sugʻorish tizimini hisobga olgan holda mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashishga alohida urgʼu berilgan.

Hashar tumanimizda k
oʻtarinki kayfiyatda uyushqoqlik bilan o`tkaziladi. Barcha tumandoshlarimizni umumxalq hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича вазифалар ижроси муҳокама қилинди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось обсуждение исполнения задач по расширению использования возобновляемых источников энергии.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #GES

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🌸🌸🌸🌸🌸

#Diqqat_eʼlon

Biz, Siz Azizlarni Navro‘z shodiyonalariga chorlaymiz

Oqqoʻrgʻon tumanida bu yilgi ayyom tantanalari har qachongidan ham o'zgacha shukuh, koʻtarinki kayfiyat, hayrat va taassurotlarga boy tomoshalarga to'la bo'lishi kutilmoqda.

🎗Siz Azizlarni 19-mart kuni soat 11:00 dan boshlab “Birlik” mahallasi hududida joylashgan "Yoshlar bogʻi"da “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” nomli bosh g‘oya ostida o‘tkaziladigan Navro‘z sayliga taklif qilamiz.

🎼 Albatta, Siz sevgan, elimiz ardog'idagi dongʻi yurtimizu jahonga tanilgan san'atkorlar xizmatingizda bo'lishadi.

🙋🏻‍♀️ KELING, KO'RING, HORDIQ OLING VA ZAVQLANING!

📍Manzil: Lokatsiya 👈
#Hashar_elga_yarashar

Bugun erta tongdan yurtimizning barcha go`shalarida Umumxalq hashari boshlandi.

Xalqimiz uyushqoqlik bilan hasharni boshlab yuborishdi. Jumladan, "Mustaqillik" MFY va tuman mudofaa b
o`limi hamkorlikda mahallani obod qilish, ko`chat ekish ishlarni hamjihatlikda tashkil etishayotir.
#hashar_jarayon

Tumanimizdagi “Ishga marhamat” monomarkazida aynidamda hashar qizg‘in davom etmoqda.

Fotolarda ko‘chat ekish, daraxtlarga shakl berib, oqlash va yer shudgorlash jarayonlaridan lavhalar.