Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
March 15, 2023
#fotolavha
Fotoreportaj futbol
Suratlarda tumandoshimiz Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi Diyor Ortiqboyev

March 16, 2023
#faxr
Osiyoni zabt etishda Oqqoʻrgʻonning ham hissasi bor
Ayni kunlarda millionlar oʻyini sanalgan futbol ixlosmandlari nigohi poytaxtimizda yoshlar oʻrtasida oʻtayotgan U20 Osiyo kubugi chempionatiga qadalgan. Chempionatda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ham munosib oʻyin koʻrsatmoqda. Buni yosh futbolchilarimiz Janubiy Koreya bilan oʻyinda penaltilar seriyasida magʻlub etib, finalga chiqqanidan futbol ishqibozlarining xabari bor. 18-mart kuni “Iroq” va “Oʻzbekiston” terma jamoasi oʻrtasida kechadigan bahsda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.
Biz uchun ahamiyatlisi, faxrlanadigani Terma jamoamiz safida “Sultonobod” mahallasida dehqon oilasida voyaga yetayotgan Diyor Ortiqboyev asosiy tarkibda markaziy himoyachi sifatida Vatanimiz sharafini himoya qilayotganidir.
Diyor 2003-yilda Oqqoʻrgʻonda tugʻilgan. Bolaligidan maktab stadionida tengqurlari bilan toʻp tepib sportga boʻlgan mehri ortib borgan. Farzandining futbolga boʻlgan ishtiyoqini toʻgʻri anglagan otasi Shuxrat aka uni 12 yoshida “Paxtakor” futbol klubi maktabiga berdi. Ustozlar koʻmagida diyorbek tez fursatda murabbiylar eʼtiboriga tushib, ikkinchi va birinchi liga oʻyinlarida maydonga tushdi. 2021-2022-yillar mavsumida ijara asosida Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynayotgan Toshkentning “Olimpik” klubida ajoyib oʻyinlar koʻrsatib, terma jamoa bosh murabbay Ravshan Haydarov eʼtiboriga tushdi. Diyor ushbu ishonchni oʻz mehnati, ajoyib oʻyinlari bilan himoya qilib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oqqoʻrgʻonda aynan U-20 yoshlar musobaqasida tumandoshimiz Islom Inomov ham millionlab futbol ishqibozlari mehrini qozongan. Bugun uning izdoshlari futbol maydonlarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Eʼtiborlisi ikki futbolchimizning ham birinchi ustozi Sulaymon Boyboʻtayevdir.
Maʼlumot oʻrnida U-20 yoshlar terma jamoasi joriy yilda Indoneyziyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati yoʻllanmasini naqd qilib qoʻyishgan. Jahon chempionati bahslarida ham tumandoshimiz Diyorbek chiroyli oʻyinlari bilan futbol ishqibozlari mehrini zabt etishiga ishonamiz.
Olgʻa Oqqoʻrgʻon, yoshlari!!!
Yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlashdan charchamang aziz tumandoshlar!!!

#Ayni_paytda
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklari tomonidan tasdiqlangan qoʻshma qarorga asosan “5 tashabbus olimpiyadasi” doirasida barcha maktab oʻqituvchilari oʻrtasida “Sogʻlom tanda – sifatli taʼlim” shiori ostida Oqqoʻrgʻon tumanida sektor bosqichida gʻolib boʻlgan jamoalar oʻrtasida tuman bosqichi kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
Barchaga omad!!!